O‘tni o‘chirish uskunalari. O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi.
Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. «Yong‘inga qarshi qalqon» 16.6-rasmda aks ettirilgan.
Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k.
Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» loyihalashtiriladi.
Undagi suv bochkasining hajmi 200 l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3m3 atrofida bo‘ladi.
16.6-rasm. Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi
1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3-yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6-konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.
O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(SO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat NaHSO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida, sulfat javhari N2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(SO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.
Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. CHunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |