Differensial magnit zanjirga ega (10.2-rasm,a) releda ikkita havo 1 va 2 tirqishlari bor. Qutblovchi oqim ikkita parallel zanjirlar Фq1 va Фk2 bo‘ylab tarmoqlanadi va 1 hamda 2 tirqishlarda turli (soat strelkasi bo‘ylab va qarshi) yo‘nalishlarga ega bo‘lishadi. Ishchi Фi oqim ikki tirqishda ham bir yo‘nalishga ega va doimiy magnit zanjiriga tarmoqlanmaydi, chunki magnitni qarshiligi kattadir.
Agar elektr magnit o‘chirilgan va δ2<1 bo‘lsa, unda Фq2>Фq1 va f2>f1 bo‘ladi, bundagi f1, f2 – yakorga 1 va 2 tirqishlarda ta’sir etadigan kuchlar. Yakorga, havo tirqishlarida hosil bo‘ladigan kuchlar ayirmasi, ta’sir etadi va yakor o‘ng o‘zakda ushlab turiladi. Elektr magnit 10.2-rasm,a da ko‘rsatilgan qutblik bilan ulansa, Фi oqim soat strelkasiga qarshi yo‘naltirilgan bo‘ladi. Havo tiqishlaridagi natijaviy oqimlar Ф1 = Фi + Фq1; Ф2 = Фi – Фq2 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |