Temir rudasining yana bir turi magnetit deb nomlanadi. Magnetit molekulasida uch atom temir va to‘rt atom kislorod mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, temir rudalarida albatta doimo katta miqdorda turli silikatlar va boshqa aralashmalar yo‘ldosh bo‘ladi.Odamlar temirni sof holda ajratib olishlarini o‘rganishlariga eng katta to‘sqinlik qilgan narsa ham aynan shu silikatlar bo‘lgan. Shuningdek, kisloroddan qutilishni o‘rganish ham oson bo‘lmagan. Temirni sof metall holida olish uchun rudani koks va ohaktosh bilan birgalikda domna pechi vositasida qizdirish orqali ajratishni o‘rganib olishgachgina, ajdodlarimiz temirdan istagan narsani tayyorlay oladigan zamonga qadam qo‘yishgan.Domna pechlarida eritib olingan temirni quyma cho‘yan deyiladi. Chunki, bunday temir keyinchalik alohida holda yana eritiladi va qolipga quyilib, kerakli shaklga keltiriladi. - Temir rudasining yana bir turi magnetit deb nomlanadi. Magnetit molekulasida uch atom temir va to‘rt atom kislorod mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, temir rudalarida albatta doimo katta miqdorda turli silikatlar va boshqa aralashmalar yo‘ldosh bo‘ladi.Odamlar temirni sof holda ajratib olishlarini o‘rganishlariga eng katta to‘sqinlik qilgan narsa ham aynan shu silikatlar bo‘lgan. Shuningdek, kisloroddan qutilishni o‘rganish ham oson bo‘lmagan. Temirni sof metall holida olish uchun rudani koks va ohaktosh bilan birgalikda domna pechi vositasida qizdirish orqali ajratishni o‘rganib olishgachgina, ajdodlarimiz temirdan istagan narsani tayyorlay oladigan zamonga qadam qo‘yishgan.Domna pechlarida eritib olingan temirni quyma cho‘yan deyiladi. Chunki, bunday temir keyinchalik alohida holda yana eritiladi va qolipga quyilib, kerakli shaklga keltiriladi.
Quyma cho‘yan tarkibida ko‘p miqdorda boshqa aralashmalar ham mavjud bo‘ladi. Aralashmalar ichida asosiysi - uglerod bo‘lib, u cho‘yanga koksdan o‘tadi. Quyma cho‘yan tarkibida 2% dan 4,5% gacha uglerod bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quyma cho‘yanda 2,5% atrofida kremniy, hamda, juda oz-ozdan bo‘lsa-da, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar mavjud bo‘ladi.Quyma cho‘yan yetarlicha pishiq va qattiq bo‘lib, u temir mahsulotlari ichida eng arzoni sanaladi. Cho‘yandan tayyorlangan detallar bosim va og‘irlik doim bir xil bo‘ladigan o‘rinlarda qo‘llanishi mumkin. Lekin, cho‘yan zarbalarga nisbatan, hamda, bosim o‘zgarishlariga nisbatan chidamsiz. U mo‘rt metall bo‘lib, tez yediriladi va qiyshayib, sinib ketishi ham mumkin.Cho‘yanni qayta ishlash va unga ohaktosh va yana temir rudasi bilan ishlov berish orqali sof temir metallini ajratib olish mumkin. Lekin, sof temir quyma cho‘yandan ko‘ra yumshoq va oson egiluvchan bo‘ladi. - Quyma cho‘yan tarkibida ko‘p miqdorda boshqa aralashmalar ham mavjud bo‘ladi. Aralashmalar ichida asosiysi - uglerod bo‘lib, u cho‘yanga koksdan o‘tadi. Quyma cho‘yan tarkibida 2% dan 4,5% gacha uglerod bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quyma cho‘yanda 2,5% atrofida kremniy, hamda, juda oz-ozdan bo‘lsa-da, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar mavjud bo‘ladi.Quyma cho‘yan yetarlicha pishiq va qattiq bo‘lib, u temir mahsulotlari ichida eng arzoni sanaladi. Cho‘yandan tayyorlangan detallar bosim va og‘irlik doim bir xil bo‘ladigan o‘rinlarda qo‘llanishi mumkin. Lekin, cho‘yan zarbalarga nisbatan, hamda, bosim o‘zgarishlariga nisbatan chidamsiz. U mo‘rt metall bo‘lib, tez yediriladi va qiyshayib, sinib ketishi ham mumkin.Cho‘yanni qayta ishlash va unga ohaktosh va yana temir rudasi bilan ishlov berish orqali sof temir metallini ajratib olish mumkin. Lekin, sof temir quyma cho‘yandan ko‘ra yumshoq va oson egiluvchan bo‘ladi.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |