Temir birikmalari - Temirning bir nechta karbonili maʼlum. Pentakarbonil F e(SO)5 — sariq rangli, uchuvchan, zaharli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —20°, qaynash temperaturasi 102,5°, zichligi 1460 kg/m³; 60° da parchalana boshlaydi. Organik erituvchilarda eriydi. 180—200° va 16—20 MPa bosim ostida FeQ5SO> Fe(SO)5 reaksiyasi asosida olinadi. Fe2(SO)9 — oltinsimonsariq kristallar; parchalanish temperaturasi 100°. Organik erituvchilarda oz eriydi. Havoda astasekin oksidlanadi. Osongina dissotsiyalanadi:Fe2(SO)9 >Fe(SO)5 Fe(SO)4; hosil boʻlgan Fe(SO)4 tezda turli ligandlarni (fosfinlar, toʻyinmagan organik birikmalar va boshqalar) biriktirib olib komplekslar beradi. Fe(SO)5 ni fotoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Fe3(SO)|2 — qoramtiryashil kristallar; 140—150° da parchalanadi. Organik erituvchilarda oz eriydi. Fe2(SO), ni qizdirish yoʻli bilan olinadi. Temir karbonillari magnitlar, magnitofon lentalariga yugurtiriladigan oʻta yupqa qatlam, turli detallar, pigmentlar, ferritlar, katalizatorlar tayyorlash uchun qoʻllanadigan karbonil temir kukunlari ishlab chiqarish.da, temirorganik birikmalar sintezida ishlatiladi.
Fe moddasining fizik xossalari - Toza temir – kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolgʻalanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall boʻlib, issiqlik va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, suyuqlanish xarorati 1534,83C, qaynash xarorati 2770C, zichligi 7874 kg\m3 izotop soni 16 ta.
- Fe elementining birikmalari.+2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: FeO, Fe(OH)2, FeCl2 Aralash birikmalar (+2 va +3) Fe3O4, FeO, Fe2O3. +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: Fe2O3, Fe(ON)3, FeCl3
Temirning kimyoviy xossalari: - Fe(II) va Fe(III) ionlaridagi reaksiyalar
- FeCl3+3NaOH→Fe(OH)3+3NaCl;
- Fe(OH)3→Fe2O3+3H2O;
- 4Fe(OH)2+2H2O+O2→4Fe(OH)3;
Ishlatilishi. Temir boshqa elementlar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bogʻliq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblangan – poʻlat va choʻyandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida – qora metallar deb, boshqa metallardan ajralgan. Bu toʻgʻrisida ma’lumotni keyinroq beramiz.Biologik ahamiyati. Temir moddasi ion holida juda koʻplab oʻsimliklar, hayvonlar organizmida uchraydi va fermentlar tizimiga kiradi. U qonda kislorod va karbonat angidridni tashiydigan eritratsitlarning asosini tashkil etadi, oziq moddalarni organizmning barcha qismiga yetkazib beradi, qonni gemoglabin bilan taminlaydi, kamqonlikda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini ta’minlab beradi. Temir moddasi muskul toʻqimalarida 0,0185, ilikda 0,03-3,85, qonda 447mg/l miqdorda boʻladi. - Ishlatilishi. Temir boshqa elementlar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bogʻliq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblangan – poʻlat va choʻyandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida – qora metallar deb, boshqa metallardan ajralgan. Bu toʻgʻrisida ma’lumotni keyinroq beramiz.Biologik ahamiyati. Temir moddasi ion holida juda koʻplab oʻsimliklar, hayvonlar organizmida uchraydi va fermentlar tizimiga kiradi. U qonda kislorod va karbonat angidridni tashiydigan eritratsitlarning asosini tashkil etadi, oziq moddalarni organizmning barcha qismiga yetkazib beradi, qonni gemoglabin bilan taminlaydi, kamqonlikda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini ta’minlab beradi. Temir moddasi muskul toʻqimalarida 0,0185, ilikda 0,03-3,85, qonda 447mg/l miqdorda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |