Fe(II) va Fe(III) ionlaridagi reaksiyalar
FeCl3+3NaOH→Fe(OH)3+3NaCl;
Fe(OH)3→Fe2O3+3H2O;
4Fe(OH)2+2H2O+O2→4Fe(OH)3;
Ishlatilishi. Temir boshqa elementlar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bogʻliq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblangan – poʻlat va choʻyandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida – qora metallar deb, boshqa metallardan ajralgan. Bu toʻgʻrisida ma’lumotni keyinroq beramiz.
Biologik ahamiyati. Temir moddasi ion holida juda koʻplab oʻsimliklar, hayvonlar organizmida uchraydi va fermentlar tizimiga kiradi. U qonda kislorod va karbonat angidridni tashiydigan eritratsitlarning asosini tashkil etadi, oziq moddalarni organizmning barcha qismiga yetkazib beradi, qonni gemoglabin bilan taminlaydi, kamqonlikda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini ta’minlab beradi. Temir moddasi muskul toʻqimalarida 0,0185, ilikda 0,03-3,85, qonda 447mg/l miqdorda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |