Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash
Reja:
1.
Temir-beton
va
tosh
konstruktsiyalarni
kuchaytirishni
loyihalash.
2.
Kuchaytirishni loyihalashning asosiy tamoyillari.
Tayanch so‘z va iboralar
: tosh konstruktsiyalar, haqiqiy mustahkamlik,
shikastlanish, darz, yuk ko‘tarish qobiliyati, deformatsiya, po‘lat halqa,
inhektsiyalash, kuchaytirish, oldindan zo‘riqtirilmagan, oldindan zo‘riqtirilgan,
temirbeton qoplama, adgeziya, mehnat sharoitini yaxshilash.
Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash.
Tosh
konstruktsiyalardan qurilgan bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilishda yuk
ko‘taruvchi elementlarning haqiqiy mustahkamligini baholash muhimdir. Bu
baholash armaturalangan va armaturalanmagan konstruktsiyalar uchun buzuvchi
yuklar usuli bilan zaminda, g‘ishtning, qorishmaning haqiqiy mustahkamligi,
po‘latning oqish chegarasini hisobga olib bajariladi. Bunda konstruktsiyaning yuk
ko‘tarish qobiliyatini ‘asaytirishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni: darzlar, katta
shikastlanishlar, termaning vertikallikdan og‘ishi, yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalar
orasidagi bog‘lanishni va shu kabilarni hisobga olish darkor. Tosh konstruktsiyalar
asosan siqiluvchi kuchlanishni o‘zlariga olganlari uchun, kuchaytirishning
samaraliroq usuli po‘lat, temirbeton va armaturalangan qorishmali xalqa bo‘lishi
mumkin (16.1-rasm).
Tosh termasi xalqada har taraflama siqilgan sharoitda ishlaydi. Bunda uning
ko‘ndalang deformatsiyasi anchagina kamayadi va uning oqibatida bo‘ylama
kuchga bo‘lgan qarshilik ortadi.
Rasm. 16.1. Tosh stolblarni kuchaytirish: po‘lat (a), temirbeton (b), armaturalangan qorishmali
xalqa (v) bilan kuchaytirish.
po‘lat xalqa 2 ta asosiy elementlardan iborat:
- tik po‘lat burchaklar, derazalar orasi devorining yoki tsement qorishmasidan
bo‘lgan stolblar burchaklariga o‘rnatiladi;
- ‘olosali yoki doira kesimli po‘latdan xomutlar.
Xalqaning terma ishiga kirishishini tahminlash uchun terma orasidagi
tirqishlarni yaxshilab tsement qorishmasi bilan inhektsiya qilish lozim.
Metall xalqa o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng uni korroziyadan metall to‘r
o‘rnatib, qalinligi 25-30 mm tsement qorishmasi bilan himoyalanadi. Temirbeton
xalqa sinfi V10 va undan yuqoriroq betondan bajarilib,bo‘ylama armatura sinfi A I,
A II, A III, ko‘ndalang armaturaning orasi 15 sm dan ko‘’ bo‘lmasligi lozim.
Xalqaning qalinligi hisoblash orqali aniqlanib 4-12 sm atrofida qabul qilinadi.
Armaturalangan qorishmali xalqa temirbetondan shunisi bilan farq qiladiki, unda
beton o‘rniga markasi 75-100 bo‘lgan tsement qorishmasi ishlatiladi. Xalqaning
uzunligi qalinligidan 2 va undan ko‘proq marta bo‘lsa uning elementlarini birgalikda
ishlashini tahminlash uchun qo‘shimcha ko‘ndalang bog‘lovchilar qo‘yish zarur,
ularni termaga rejada oralaridagi masofani ko‘pi bilan 1 m qilib, sonini esa kamida
2 ta olinadi. Ularning balandlik bo‘yicha qo‘yilishi 75 sm dan oshiq bo‘lmasligi
lozim. Devorni xalqalar bilan kuchaytirish bilan bir vaqtda termadagi mavjud
darzlarni tsement qorishmasini qo‘llab inhektsiyalash tavsiya etiladi (16.2-
rasm).
Rasm 16.2.
Oraliqni po‘lat xalqa bilan kuchaytirish:
1-g‘ishtli stolb; 2-po‘lat burchaklar; 3-plankalar; 4-ko‘ndalang bog‘lanma.
Inhektsiyalashning samaradorligini oshirish uchun markasi kamida M 400
maydalanish darajasi kamida 2400 sm
2
/g va tsement bo‘tqasining quyuqligi 20-25%
bo‘lgan portlandtsement qo‘llaniladi. Qorishma uchun yiriklik moduli 1-1,5 bo‘lgan
mayda qum ishlatiladi. Inhektsiyalash zararlangan termaga tsement yoki polimer
qorishmasini bosim ostida kiritish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Bunda
termaning umumiy yaxlitlanishi yuz beradi, yuk ko‘taruvchanlikning qayta
tiklanishi, ba’zan esa o‘sishi kuzatiladi. Inhektsiyalovchi qorishmalarga kam suv
ajralish, yetarli darajada qovushqoqlik, siqilishga bo‘lgan mustahkamlik va yuqori
tarmashish, baland sovuq bardoshlilik kabi yetarli darajada qattiq talablar qo‘yiladi.
Termada darzlar kam bo‘lganda epoksid smola ED 20, ED 18 asosidagi polimer
qorishmasini, hamda tsement qum qorishmasi qo‘llaniladi. Darzlarning ko‘proq
ochilish hollarida tsement-polimer qorishmalar (1 : 0,15 : 0,3 – tsement: polimer
PVA: qum) yoki tsement-qum qorishmalar qo‘llaniladi. Qorishma darzga 0,6 MPa
bosim bilan xaydaladi. Darzning to‘lalik zichligini 28 kundan keyin buzulmas
usullar bilan aniqlanadi.
Inhektsiyalash uchun ishlatiladigan qorishmaning siqilishga mustahkamligi
15-25 M’a ni tashkil etadi. Termani po‘lat xalqa va inhektsiyalash bilan birgalikda
kuchaytirish, uning yuk ko‘taruvchanligini ancha oshirish imkonini beradi va
ulardan ayrim foydalanish yetarli bo‘lmagan holda ishlatiladi.
G‘isht bino va inshootlarni ustqurma va rekonstruktsiya qilishda, hamda
devorning avariya xolatida, tosh konstruktsiyalarni to‘la almashtirish tavsiya
qilinadi. Deraza orasi devorini almashtirish lozim bo‘lganda, deraza osti
uchastkalariga tayanib peremichkalarni ushlab turuvchi tirgovich o‘rnatiladi. Deraza
orasi devorning kengligi 1 m dan ortiq bo‘lganda 2 yoki undan ko‘p tirgaklar
qo‘yiladi. Tirgaklarni ishga kiritish uchun qistirmalar qo‘yiladi. Yangi termani
yuqoriroq mustahkamlikka ega bo‘lgan, ammo markasi M 100 dan kam bo‘lmagan,
tosh materiallardan bajariladi qorishmaning markasini 100 dan kam bo‘lmasligi
kerak. Bunda g‘ishtning orasidagi chok yu’qa bo‘lishi uchun zich o‘tirishi amalga
oshiriladi. Yangi termaning tepasi eskisiga qadar 3-4 sm ga yetkazilmaydi va bu
tirqich, markasi 100 va undan ortiq bo‘lgan qattiq tsement qorishmasi bilan urib
chiqiladi. eski va yangi termaning zichligi lozim bo‘lganda hali qotmagan
qorishmaga tekis po‘lat ponalar qoqish orqali tahminlanadi. Vaqtincha qo‘yilgan
mahkamlagich-tirgaklar
yangi
terma
qorishmasi
o‘zining
loyihaviy
mustahkamligining 50% olib bo‘lgandan so‘ng chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |