Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash


Kuchaytirishni loyihalashning asosiy tamoyillari



Download 343,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.03.2022
Hajmi343,37 Kb.
#509639
1   2   3
Bog'liq
Temir-beton va tosh konstruktsiyalarni kuchaytirishni loyihalash (1)

Kuchaytirishni loyihalashning asosiy tamoyillari.
1. Qurilish konstruktsiyalarini kuchaytirish uchun u yoki bu usulni tanlash, bino 
rekonstruktsiyasining texnikaviy vazifasiga bog‘liq, unga hajmiy-rejaviy 
yechimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari, yuklar va ekspluatatsiya sharoiti kiradi. 
2. Qurilish konstruktsiyalarini kuchaytirishning oqilona variantini tanlashda 
ularni haqiqiy ish tavsifini, tushadigan yukni aniqlash muhimdir. Mavjud ustunning 
deformatsiyalangan sxemada hisoblash uning hisobiy yuk ko‘taruvchanligini 
oshirish imkonini beradi. Shu maqsadga yig‘ma rigellarni, orayopmalarni 


tomyopmalarni va umuman qurilish konstruktsiyalarni birga ishlashini hisobga olish 
orqali erishish mumkin. 
3. Mavjud konstruktsiyalarga tushadigan yukni aniqlashda texnologik 
qurilmaning va qurilish materiallarining xususiy og‘irligi haqidagi ma’lumotlardan 
foydalanish lozim, chunki bu kattaliklarning yangi qurilayotgan inshootlarni 
loyihalash uchun mehyorlashtirilgan qiymatini qabul qilish, haqiqiy tahsir etuvchi 
yukni anchagina oshirishga va buning orqasida konstruktsiyani asossiz, qimmatbaho 
kuchaytirishga olib keladi. 
4. Tekshiruv hisoblarini bajarishda po‘lat va betonning mustahkamlik 
tavsiflarini hisobga olish rekonstruktsiyalashda materialsarflilik va mehnatsarflilikni 
pasaytirishning mahlum rezervi hisoblanadi. Ammo materiallarning haqiqiy 
mustahkamlik tavsiflaridan foydalanish ayrim konstruktsiyalarning va umuman 
inshootning ekspluatatsiyaviy inshonchliligiga putur yetkazmasdan amalga 
oshirilishi lozim. 
5. Kuchaytirishda industrial konstruktsiyani yuksizlantirishni talab 
qilmaydigan usullarga ko‘proq afzallik berish lozim. 
6. Qurilish konstruktsiyalarini, xususan temirbeton konstruktsiyalarni 
kuchaytirish, qoida sifatida ko‘p mehnatsarfli va qimmatbaho jarayon, shu sababdan 
kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin yangi ekspluatatsiya sharoitlarida 
mavjud konstruktsiyalardan foydalanish imkoniyatini chuqur taxlil qilish lozim.
7. 
Kuchaytirish 
variantlarini 
tanlashda, 
kuchaytiriladigan 
konstruktsiyalarning 
kuchaytirish 
elementlari 
bilan 
birgalikda 
ishlashini 
tahminlovchi va qo‘shimcha tushuvchi yukning katta aniqlik bilan to‘ishga imkon 
beruvchi yechimga afzallik berish lozim. Bunda kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar 
nafaqat yukning istiqbolda oshishini hisobga olish, shu bilan birga tekshirish vaqtida 
aniqlangan nuqsonlarni: himoya qatlami kattaligi bo‘yicha loyihadan chekinish; 
armaturaning diametri, sinfi va miqdori bo‘yicha xatolar; betonning loyihaviy 
sinfining pasayishi, ustundagi vertikal bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydigan og‘ish, darz, 
siniq, o‘yiq va boshqalarni yo‘qotishni nazarga olish lozim.


8. Kuchaytirish loyihasi ko‘pgina dastlabki ma’lumotlarni hisobga olish orqali 
ishlab chiqiladi: qurilish konstruktsiyasi va ijro sxemalarining ishchi chizmalari, 
kesim va uzellarning haqiqiy o‘lchamlarini loyihaviy yechimdan chekinishi, 
maydonning injenerlik va gidrogeologik sharoiti, cho‘kish, egilish, kreplar, siljish 
va boshqalarni aniqlash uchun binoning geodezik shemkasi: texnologik yukning 
kattaligi va tavsifiga ko‘ra ekspluatatsiya muddati, beton va armaturaning fizik-
mexanik tavsiflari. 
9. Konstruktsiyani mustahkamlash ikki sxema bo‘yicha amalga oshirilishi 
mumkin: 
- qo‘shimcha yukni to‘la yoki qisman o‘ziga qabul qiluvchi yangi yuksizlantiruvchi 
yoki almashtiruvchi konstruktsiya barpo qilish; 
- mavjud konstruktsiyaning yuk ko‘taruvchanligini oshirish (uni hisobiy sxema va 
zo‘riqish holatini o‘zgartirmasdan yoki o‘zgartirib, kuchaytirishning maxsus 
usullarini qo‘llab amalga oshirish mumkin). 
10. Kuchaytirish elementlari uchun: 
1) Oldindan zo‘riqtirilmagan konstruktsiyalar uchun A-I, A-II, A-III sinfli ishchi 
armaturalarni qo‘llash tavsiya qilinadi; 
2) Oldindan zo‘riqtirilgan konstruktsiyalarni kuchaytirish uchun (shprengellar, 
tortqichlar) – A-IIIv, A-IV, A-V, A-VI. 
3) Tajovvuzkor sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadigan konstruktsiya uchun – A
t
-
IVK, A
t
-VCK. 
Po‘lat arqonlar va yuqori mustahkamsimli bog‘lamlar ochiq yoki pazlarda 
joylashgan kuchaytiruv konstruktsiyalarini faqat notajavvuzkor va zaiftajavvuzkor 
muhitlarda qo‘llash lozim. 
11. Kuchaytiriluvchi temirbeton konstruktsiyasini hisoblash materiallarning 
haqiqiy mustahkamlik tavsifi va armaturalash orqali amalga oshiriladi. 
Kuchaytirish elementining betoni kuchaytiriluvchi element betonidan bir sinf 
yuqori bo‘lishi lozim, ammo, V15 dan (er osti konstruktsiyalari uchun) va 
poydevorlar uchun V 12,5 dan (150, 200) kam bo‘lmasligi kerak. 


Teshiklarni berkitish, himoya suvog‘i va boshqalar uchun ishlatiladigan 
qorishmaning mustahkamlik sinfi V 12,5 dan oshiqroq qabul qilinadi. 
Portlandtsement markasi 400 dan yuqori bo‘lishi lozim. 
12. Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishning samaradorligi beton 
qorishmasining sifati, to‘ldiruvchining turi va yirikligi orqali aniqlanadi. Quyuq 
armaturalangan kuchaytirish elementlarida to‘ldiruvchining yirikligi armatura 
sterjenlari orasidagi toza masofaning 0,75 qismidan oshishi kerak emas. Qumning 
yiriklik moduli 2,2-2,5 dan kam bo‘lmasligi va g‘ovaklik miqdori 40% dan 
oshmasligi kerak. 
13. Kuchaytirish elementidagi oldindan zo‘riqtirilgan armaturaning beton 
himoya qatlami 20 mm qabul qilinadi. Ko‘proq mahsuliyatli kuchaytirish uzellarini 
doimiy namlanish mintaqasidan tashqarida joylanishi tavsiya etiladi. 
14. Kuchaytirish konstruktsiyasini hisoblash chegaraviy holatlarning I va II 
guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatdagi ekspluatatsiya sharoitlarida 
joylashgan konstruktsiyalar uchun kuchaytirish nuqsonlar va yuk ko‘taruvchanlikni 
pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, hisoblash faqat chegaraviy holatlarning I 
guruhi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
15. Kuchaytirilgan elementlarni mustahkamlikka hisoblash xuddi odatdagi 
konstruktsiyalardagidek, bo‘ylama o‘qqa nisbatan me’yoriy va qiya kesimlar 
bo‘yicha amalga oshiriladi, hamda yukning mahalliy tahsiriga, egilish, bosilish, uzib 
olishni keltirib chiqaradi. 
16. Kuchaytiruvchi elmentlar uchun beton va armaturaning mustahkamlik 
tavsiflarini mehyoriy va hisobiy qiymatlari QMQ 2.03.01-98 ga ko‘ra qabul qilinadi, 
kuchaytiriladigan element uchun shunday tavsiflar yuqorida berilgan tavsiyalarga 
ko‘ra qabul qilinadi. 

Download 343,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish