«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi 2021-yilda «Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Respublikadagi ayni paytdagi 9309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi va har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi. Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday konkurs bilan tanlangan bo‘lsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq konkurs asosida, tajribali, obro‘-e’tiborli, tadbirkor ayollar orasidan lavozimiga qo‘yiladi. Ya’ni, mahallada endi yaxlit tizim tashkil etiladi.
Bundan buyon: hokim yordamchisi — kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga; yoshlar yetakchisi — yoshlar siyosati va yoshlar balansiga; xotin-qizlar faoli — esa, ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi ishlashga javob beradi. Ushbu 3 ta yo‘nalish bo‘yicha, ularning aniq moliyaviy mablag‘lari bo‘ladi. 2022 yil 1 maydan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi: xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming so‘m) miqdorida; xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida; xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida. 2022 yil 1 avgustgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda video-konferens-aloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan ta’minlanadi.
Fuqarolar yiginida ish yuritishning qulayligini ta’minlash maqsadida quyidagi yigmajildlar yuritiladi: fuqarolar yigini faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar; fuqarolar yiginining (fuqarolar vakillari yigilishining) hujjatlari; fuqarolar yigini kengashi majlisining hujjatlari; fuqarolar yigini faoliyatining asosiy yonalishlari boyicha komissiyalar hujjatlari; fuqarolar yigini huzuridagi taftish komissiyasi hujjatlari; “Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi hujjatlari; fuqarolar yigini vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boyicha hujjatlar. Yigmajildlar fuqarolar yigini va uning organlari togrisidagi nizomlar asosida tuziladi. Yigmajildlarni yuritishda hujjatlar nomenklaturasi va ularni saqlash muddati korsatilishi lozim.