ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI MAGISTRATURA TALABASI SAFAROV ULUĜBEKNING MAXSUS FANDAN MUSTAQIL ISHI Tekshirdi : Narzullaeva N.S. MAVZU: Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlarni tashkil etish uslubiyoti. REJA: - Mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlar.
- Talabaning mustaqil ishidan maqsad va vazifalari .
- Mustaqil ishlarini tashkil etish o’ziga xos jihatlari
- Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari.
- Kurs ishidan maqsadi va tayyorlash metodikasi
Tayanch tushunchalar - mustaqil ta’lim mohiyati, tashkil etish, metodika, shakllar, kurs ishi(loyihasi), tayyorlash, metodika.
Mustaqil talim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: - mavzularni normativhuquqiy hujjatlar va oquv adabiyotlari yordamida mustaqil ozlashtirish;
- mavzular boyicha referat tayyorlash;
- seminar va amaliy mashgulotlarga tayyorgarlik korish;
- – ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
- – fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;
- – nazariy bilimlarni amaliyotda qollash;
- – amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
- – organilayotgan mavzu boyicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
- Talim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, oqitishning interfaol usullarini qollash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil talimini tashkil etish tizimli tarzda, yani uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta ozlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik korishi kerak. Mustaqil talim boyicha tavsiya etiladigan taxminiy mavzular:
Mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o’quv axborotini uning o’ziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. O’quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi. Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki paragraflarni sinchiklab o’qish, berilgan materialni o’rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo’llash mumkin. Kitob ustida ishlash talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Har yili qariyb 1millionga yaqin yangi kitob nashr qilinadi Juda ko’p talabalar o’qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o’qiganlarining ma'nosiga to’liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima? Nima sababdan o’quvchilar ham, talabalar ham o’quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko’rishadi? Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o’tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi: - Birinchidan, darsliklar, ko’pincha noaniq, mujmal yozilgan bo’ladi, hech bo’lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.
- Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so’zga duch kelgach, tipik holatda o’zini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qo’ya qoladi.
- Uchinchidan, o’quvchi, talabalar ko’pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko’zlashadi.
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim (B/B/B) - »Bu metod talabalarni kitob, ilmiy maqolalarni o’qishga, bilmaganlarini o’rganishga harakat qilishlariga yordam beradi.
- Barcha talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlaydi.
- Bu metodni qo’llashda o’qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi.
O’rganilgan mavzu bo’yicha savollar va ularning javoblarini, o’qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu bo’yicha bilish lozim bo’lgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi. Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu bo’yicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini ko’rsatishi uchun jadval chiziladi. MUSTAQIL ISHLAR
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o’qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talabaning mustaqil ishi vazifalari - yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
- kerakli ma'lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- axborot manbalaridan samarali foydalanish;
- an'anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;
- elektron o’quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
Talabaning mustaqil ishi vazifalari - internet tarmog’idan samarali foydalanish;
- berilgan topshiriqni muntazam va me'yorida bajarish;
- ma'lumotlar bazasini tahlil etish;
- topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
- natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko’rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash;
- ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxssislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo’lib, ularni bir qismi o’quv rejasida ko’zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya'ni talabalar o’z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.Mustaqil ishlarini tashkil etish o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi
Mustaqil ishlash jarayonida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.Mustaqil ishlash jarayonida bilimlarni egallash bilan birga, ko’nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |