Tema: Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari inventarizatsiyasining xususiyatlari Kirish


Avtomobil yoqilg’ilarining hisobi



Download 39,93 Kb.
bet2/4
Sana03.05.2023
Hajmi39,93 Kb.
#934681
1   2   3   4
Bog'liq
Амир

2. Avtomobil yoqilg’ilarining hisobi
Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida yoqilg’i - moylash materiallari alohida o’rin tutadi. Chunonchi, ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmatjlar tannarxida yoqilgi va moylash materiallari xarajatlarining hissasi 45-55 %ni tashkil qiladi. Shu bois ham, avtotransport korxonalarida yoqilg’i -moylash materiallarini tejab-tergab sarllash, ularing norasional chiqimlarigayo'l qo'ymaslik avtotransport xizmatlari tannarxini kamaytirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Avtotransport korxonalari hisob tizimi avtomobil yoqilg’ilari v a y o g ia sh materiallarini turgan joylari hamda turlari bo'yicha aks ettirish talablariga javob berishi lozim. Buning uchun buxgalteriya hisobi ishchi schotlar rejasida quyidagi maxsus schotlari ochish maqsadga muvofiq: 1030 «Ombordagi yoqilg’i»; 1031 «Haydovchilar javobgarligidagi yoqilg’i». Ushbu schotlari yuritish avtotransport korxonalarida ulari yoqilg1 i - m oylash material lari bilan ta’minlashning tanlab olingan usuliga bevosita bog1 liq. ! lozirgi paytda avtotransport korxonalarida A lVlam i yoqilg1 i hamda yog'lash materiallari bilan ta’minlashning ikkita usuli qoilanilmoqda. Bular: 1.O'zida tashkil qilingan AYOQSH orqali. 2. Boshqa yuridik shaxslarning AYOQSHlari orqali. Birinchi usulni q o ila y o tg a n avtotransport korxonalarida avtom obil yoqilgilari- moylash materiallari asosan neftmahsulotlari bo'yicha ta’minotsotish bilan shug’ullanuvchi maxsus korxonalardan (ncftebazalardan) tuzilgan shartnomalar asosida sotib olinadi. Shuningdek, avtom obil yoqilg’ilari va moylash materiallari boshqa tashkilotlardan beg’araz olinishi, ta’sischilar tom onidan ta’sis badali sifatida kiritilishi ham m um kin. Shaharlararo transport qatnovlarini amalga oshirayotgan ATVlar bo'yicha ulam ing haydovchilari zarurat b oigandayoqilg'i - m oylash materiallarini o 'z hisobidan yoki berilgan bo'nak hisobidan ham dayo1 lovchi tashishdan tushgan tushum hisobidan naqd sotib olishlari ham mumkin. Ta’minot-sotuvchi korxonalardan avtomobil yoqilg'ilari va moylash materiallari AYOQSH xo’jaligi mudiri yoki ekspeditorlari tomonidan ularga berilgan ishonchnomalar asosidaolib kelinadi. Yoqilg’i- moylash materiallari olib kelinganligiga guvohlik benivchi asosiy hujjatlar ta'minot-sotuvchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan schot-fakturalar va tovar-transport nakladnoylari hisoblanadi. Ushbu hujjatlaida yoqilg’i - moylash materiallarining nomi, markasi, sig’imi, temperaturasi miqdori (kilogramm va litrlarda), kelishuv bahosi, kelishuv bahosidagi qiymati, QQS summasi.jami to’lov summasi aks ettiriladi. QQS to'lovchi avtotransport korxonalarida ta’minotchi-sotuvchi tomonidan berilgan schot-fakturalar asosida kelib tushgan avtomobil voqilg'ilariga buxgalteriyada quyidagi yozuvlar qilinadi:
a) yoqilg'ining sotib olish qiymatiga (QQSsiz):
Debet 1030 « Ombordagi yoqilg'i»;
Kredit 6010 «Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar»;
b) ta’minotchilarga to’lanadigan QQS summasiga:
Debet 4410 «Budjetga soliqlar va yig'imlar bo'yicha bo’nak to’lovlari»; Kredit 6010 «Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar».
Agar yoqilg’i bo’yicha ta’minotchilarga to’langan QQS summasi kelib tushganda to’liq 4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schotning debetiga olingan bo’lsa, u holda oy oxirida shahar voMovchi transporti uchun ishlatilgan yoqilg'i hisob-kitobi asosida ularga to’g’ri keluvchi QQS summasi yoqilg’i tannarxiga tiklanadi. Ushbu tiklangan summaga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 1030 «Ombordagi yoqilg’i»; Kredit 4410 «Budjetga soliqlar bo’yicha bo'nak to’lovlari». Ixchamlashtirilgan soliq rejimida ishlovchi avtotransport korxonalarida ta'minotchilardan kelib tushishi yoqilg’ining qiymati yuqorida keltirilgan yozuvda QQS summasi bilan birgalikda aks ettiriladi. ATVlari yoqilg’i bilan boshqa yuridik shaxslaring AYOQSHlari orqali ta’minlash ham shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ushbu usulda avtotransport korxonasi shartnoma tuzilgan yuridik shaxsga oldindan to’lov summasini o’tkazadi. Yoqilg’ini olish uchun avtotransport korxonasi o"z ekspeditoriga yuridik shaxs bo’lgan AYOQSH nomiga ishonchnoma hamda rasmiy xat bilan yoqilgi quyiladigan ATVlaring ro’yxatini beradi. Yuridik shaxs bo’lgan AYOQSHda berilgan ishonchnoma hamda yoqilg’i quyiladigan ATVlaring ro’yxati asosida avtotransport korxonasi nomiga har oyga alohida tarqatish qaydnomasi ochiladi, yoqilg’i berilgan sana. ATVning davlat belgisi raqami, yo’l varaqasi raqami, berilgan yoqilg’i turi, uning miqdori, summasi, haydovchining familiyasi, ismi ko’rsatiladi. Olingan yoqilg’i miqdorini haydovchilar qaydnomada o’z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Oy oxirida tarqatish qaydnomasida berilgan yoqilg’ining miqdori va summasi jamlanadi. U yuridik shaxs bo’lgan AYOQSH boshlig’i, bosh hisobehisi vayoqilg’ini bergan operator tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Tarqatish qaydnomasining bir nusxasi schot-faktura bilan birgalikda avtotransport korxonasiga taqdim etiladi.
Avtotransport korxonasida yuridik shaxs bo‘lgan AYOQSHdan bevosita haydovchilar javobgarligiga olingan yoqilg‘i taqdim etilgan schot faktura va tarqatish qaydnomalari asosida buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg'i»;
Kredit 6010 «Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar».
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs bo’lgan AYOQSHlar savdo korxonalari sifatida QQS to‘lovchilari bo’lib hisoblanmaydilar. Shu bois ham, ulardan olingan yoqilg‘i bo‘yicha avtotransport korxonasida QQSga doir buxgalteriya yozuvlari bo‘lmaydi. Haydovchilar tomonidan safar davrida o‘z hisobidan olingan yoqilg‘i summasiga yuridik shaxs hisoblangan AYOQSH nazorat-kassa mashinasi cheki asosidabuxgalteriyada quyidagi yozuv qilinadi: Debet 1031 «Haydovchilar javobgarligidagi yoqilg‘i»; Kredit 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar». Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATV haydovchilari tomonidan yoqilg‘ini yo‘ldayoiovchi tashishdan terilgan tushum hisobidan sotib olinishiga yuridik shaxs hisoblangan AYOQSH nazorat-kassa mashinasi cheki asosida buxgalteriyada quyidagi yozuv qilinadi: Debet 1031 «Haydovchilar javobgarligidagi yoqilg‘i»; Kredit 9030 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar». Avtotransport korxonalarida boshqa shaxslardan beg‘araz yordam sifatida kelib tushgan yoqilg‘ i tuzilgan shartnoma va schot-faktura asosida buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 1030 «Ombordagi yoqilg‘i» yoki; 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg‘i»; Kredit 8530 «Beg‘araz olingan mulk». Avtotransport korxonalari balansiga ularing ta’sischilari tomonidan ta’sis badali sifatida kiritilgan yoqilg‘i summasi buxgalteriya hisobida ta’sis shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasi, kirim dalolatnomasi yoki schot-faktura asosida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 1030 «Ombordagi yoqilg‘i»; Kredit 4610 «Ta’sischilaring ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzlari».
Avtotransport korxonalarida AY OQSHlarga kirim qilingan yoqilg‘i asosan haydovchilarga ATVlar yordamida ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadida yo‘l varaqalarida dispetcher tomonidan ko‘rsatilgan miqdorda beriladi. Yoqilg‘ini haydovchilaigaberilishi tarqatish qaydnomasi yoki limit qo‘yish qaydnomasi (varag‘i) bilan rasmiylashtiriladi. Haydovchilaring qaydnomalardagi imzosi ular tomonidan olingan yoqilg‘i miqdorini tasdiqlaydi. Bu qaydnomalar ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi AY OQSH mudirida qoladi, ikkinchi nusxasi esa u tomonidan tuzilgan «Yoqilg‘i harakati to‘g‘risida hisobot» bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Yoqilg’ini haydovchilarga berilishi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 1031 «Haydovchilarjavobgarligidagi yoqilg‘i»; Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i». Yoqilg‘ining ichki almashishi nakladnoylar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 1030 «Ombordagi yoqilg‘i» (oluvchi shaxs); Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i» (beruvchi shaxs). Avtotransport korxonalaridaAYOQSHgakirim qilingan yoqilg‘i zarur hollarda tuzilgan shartnoma hamaa rahbaming ruxsati asosida boshqa yuridik shaxslarga sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi mumkin. Yoqilg‘ining bunday chiqimlari schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Schot-fakturalar asosida yoqilg‘ining chiqib ketish yo‘nalishiga ko‘ra buxgalteriyada quyidagi yozuvlar qilinadi: 1. YoqilgM sotilganda: a) sotish qiymatiga (QQSsiz) Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi». b) QQS summasiga Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi»; Kredit 1030 «Ombordagi yoqilg‘i». g) sotishdan olingan foyda summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi»; Kredit 9320 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishidan olingan foyda». d) sotishdan ko ‘rilgan zarar summasiga Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi». 2. Yoqilg‘i bepul (beg‘araz) berilganda: a) kelishuv qiymatiga (QQSsiz) Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi». b) QQS summasiga Debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»; Kredit 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi»; Kredit 1030«Ombordagi yoqilg‘i». g) bepul berishdan ko ‘rilgan zarar summasiga Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». 3. Yoqilg‘i ta’sis badali sifatida kiritilganda: a) kelishuv qiymatiga (QQSsiz) Debet 0600 «Uzoq muddatli investisiyalari hisobga oluvchi schotlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi». b) QQS summasiga Debet 0600 «Uzoq muddatli investisiyalari hisobga oluvchi schotlar»; Kredit 6410 «Budjetga toiovlar bo‘yicha qarzlar». v) yoqilg'ining sotib olish qiymatida hisobdan chiqarilgan summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi»; Kredit 1030 «Ombordagi yoqilgi». g) ta ’sis badali sifatida kiritishdan olingan foyda summasiga Debet 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi»; Kredit 9320 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishidan olingan foyda». d) ta ’sis badali sifatida kiritishdan ko ‘rilgan zarar summasiga Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»; Kredit 9220 «Boshqa aktivlaring chiqib ketishi». Avtotransport korxonalarida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan yoqilg’i - moylash materiallari sarfi buxgalteriyada haydovchilaring yo‘l varaqalari asosida har bir ATV bo‘yicha uning tipi, markasi, bosib o‘tgan yoii, tashilgan yuk miqdori, shuningdek har 100 km masofaga yoqilgi sarfining belgilangan asosiy me’yorlarigako‘raaniqlanadi. Yoqilgining ushbumaqsadlarda ishlatilishi va bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga kiritilish tartibiga keyingi bobda alohida to‘xtalariz.


Download 39,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish