Reklama va kompyuter grafikasi dizayneri
–
eng zamonaviy
kasblardan biri bo‘lib, u tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarning
buyurtmalariga ko‘ra, kompyuter yordamida badiiy bezash
ishlarini amalga oshiradi. U matbuot nashrlarini, reklama
mahsulot (qadoqlar, etiketka, buklet, vizitka, tovar belgilari va
shunga o‘xshash)larini, WEB
-sahifalarni badiiy va texnik bezash
loyihalarini ishlab chiqadi. Eskizlar va loyihalarni bevosita
tashkilot rahbari yoki mijoz bilan kelishilgandan so‘ng oxirgi grafik
maketlarni tayyorlaydi.
Reklama va kompyuter grafikasi
dizayneri kasbi
–
yoshlarning, ayniqsa, kormpyuter oldida soatlab
o‘tirib, turli animatsiyalar yaratishdan zavqlanadiganlarning asl
orzusi. Birinchi navbatda buyurtma berilayotgan ishga nisbatan
mijozning xohishlarini inobatga olishingizga to‘g‘ri keladi
.
Animatsiya va maketlarni kompyuterda ishlab chiqish,
maketeskizni mijoz bilan kelishish, zarur tuzatishlarni kiritish,
sahifa dizaynerlari yoki badiiy redaktorlar tomonidan badiiy
bezash ishlarini realizatsiya qilganda mualliflik huquqini nazorat
qilish
ham sizning zimmangizda bo‘ladi.
SHuningdek, badiiy bezash uslub va vositalarini, reklama,
matbuot dizayni, web-
dizaynning o‘ziga xos jihatlarini, tasviriy
san’at usullarini ham puxta o‘bo‘lishingiz maqsadga muvofiq.
Web-dizayn tushunchasi
Web-dizayn atamasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi - Web - bu
World Wide Web
–Butunjaxon o’rgimchak to’ri so’zlarining
qisqartmasi.Ikkinchi qismi "dizayn"
–inglizcha design so’zidan
olingan bo’lib, loyihalash, konstuksiyalash, rejalashtirish, chizish,
rasm h
osil qilish degan ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, ingliz
7
tilidan Web-dizayn atamasini "Web
–
loyiha" yoki "Internet uchun
loyihalash" deb tarjima qilish mumkin.
Web-dizayn maxsus uskunalar (kompyuter va tahrirlovchi
dasturlar), maxsus dasturlash tillari (JavaScript, Java, Perl, C++,
PHP va b.), gipermatnni belgilash tili HTML va tarmoq
texnologiyalari (CGI, CSS, SSI va b.) ni qollashga asoslangan
tasviriy san’atni
ng yangi janri hisoblanadi.
Web-dizaynning maqsadi Internetda joylashgan obyektlar
(websahifalar, bannerlar, appletlar, scriptlar, web-sahifalarning
ayrim elementlari) ni loyihalash (yaratish) dan iborat.
Web-dizayner (yoki Web-master, Web-usta) - Web-dizayn bilan
shug’ullanuvchi rassom
-dasturchi.
Web-dizayn fanini o`qitishdan maqsad
–
har bir mutaxassis o`z
kasbiy sohasida egallashi lozim bo`lgan web-dizaynga oid bo lgan
bilimlardan foydalanib turli hil saytlar yar
а
tish va unga ishlov
berish imkoniyatlari haqidagi ko`nikma va malakalarni
shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Web-dizayn fanining
vazifasi:
Web-texnologiyalar va ularning asoslari;
zamonaviy axborot
texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil
qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;
Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlar bilan
tanishtirish;
Web dizaynda loyihalarni amalga oshirishda bizga Figma, Adobe
Illustrator kabi dasturlar yaqindan yordam beradi.
Keyingi mavzularda biz Adobe Illustrator dastur haqida batafsil to’xtalib
o’tamiz
8
Do'stlaringiz bilan baham: |