Telekomunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent davlat



Download 376,85 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi376,85 Kb.
#593455
  1   2
Bog'liq
D.Raxmatullayeva.School library word


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
TELEKOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI.
Fan nomi: School library

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Maktab kutubxonalariga jalb etish metodikasini yaratish


Guruh:691-19
Bajardi: Raxmatullayeva Dilbaroy
Tekshirdi: Rahimova Shahnoza




TOSHKENT-2021
MAVZU: Maktab kutubxonalariga jalb etish metodikasini yaratish
Kutubxonachilik-bibliografik savodxonlik – kitobxonning kutubxonaning ma’lumotnoma-bibliografiya apparati va jamg’armasidan samarali foydalanishni ta’minlovchi bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi. O’z ichiga kutubxona jamg’armasining strukturasi, kutubxona kataloglari kartotekalarining tarkibi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqidagi bilimlarni, kerakli axborot manbalarini bibliografik qo’llanmalardan, kataloglardan va kartotekalardan qidirib topish va ularga kitobxonlik so’rovlarini to’ldirish malakasini o’z ichiga oladi.

Maktab kutubxonasi – shaxs kamoloti manbai:
Maktab kutubxonasi – bu o’quvchilar amaliyot bilan shug’ullanadigan joy bo’lib, bu yerda ular o’z zehnlarini charxlaydilar va savollar tuzish hamda javoblar qidirish uchun keng imkoniyatga ega bo’ladilar. O’quvchilar tizim sifatidagi kutubxona bilan, maslahatchi sifatidagi kutubxonachi bilan va ta’limning maqsad sari yo’naltirilgan vositasi bo’lmish axborotning katta ko’lami bilan o’zaro ta’sirga kirish orqali mustaqil o’quv ko’nikmalarini hosil qiladilar, axborotga ishlov berish qobiliyati va loyihalar hamda topshiriqlar bilan ishlay borib, ularni o’z bilimlariga aylantiradilar.

Maktab kutubxonasi – bu qobiliyati va bilim saviyasidan qat’iy nazar foydalanuvchilarga tenglik asosida, ularning ehtiyojlariga muvofiq tarzda xizmat ko’rsatadigan makondir. Kutubxonachining bu jarayondagi vazifasi kitobxonga ko’proq mos keladigan usullar strategiyasini yaratishdan iborat. Agar tegishli malakani hosil qilish ishi o’quvchining biror o’quv topshirig’i yoki loyiha ustidagi ishlarni boshlashdan oldin amalga oshirilsa, u holda bu narsa ikki karra samarali bo’ladi, ya’ni o’quv me’yoriga – malakani egallashning real zaruriyatiga hamda bu malakani darhol amalda qo’llash imkoniyatiga – mos keladi.

Maktab kutubxonasi – bu o’qituvchilar va kutubxonachilarning dars rejalarini tuzishda, loyihalashda va amalga oshirishda, ta’lim dasturlaridagi axborot texnologiyalarini integratsiyalagan holda o’quvchilarni dasturga muvofiq rivojlantirishda, ularga maslahatlar berishda, bolalarning axborot olishga doir bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishda birgalikda yonma-yon turib ishlaydigan maskan.

Axborot olish texnologiyalaridan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlash uchun turli xil o’quv fanlarini o’zlashtirish paytida hosil qilingan imkoniyatlardan foydalangan holda ushbu texnologiyalarni o’quv dasturiga kiritish darkor. O’quvchilar ayrim masalalarni yechishda kompьyuterdan foydalanar ekanlar, axborot olish bo’yicha amaliy ko’nikmalarnigina emas, balki malakalarni ham egallaydilar, axborotni qidirib topish jarayonining o’zi haqida ham tushunchaga ega bo’ladilar.


O’quvchilarga o’qishning mustaqil ko’nikmalarini singdirish uchun butun maktab o’quv dasturida shunga alohida e’tibor berish kerak. Dasturni kutubxonachilik fani mazmunini boshqa o’quv fanlariga integratsiyalab hamda tijorat ta’limidan foydalanib, barcha o’qituvchilar jamoasi va kutubxonachilar hamkorligida ishlab chiqish lozim.

Shunday maktab kutubxonasigina ta’limiy muhitning hayotiy bir qismi sifatida tan olinadi va ta’lim standartlarida belgilangan muvaffaqiyatlarga erishishda qo’shgan salmoqli hissasi uchun maktab rahbariyati tomonidan yuksak baholanadi, o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan qadrlanadi.

Mamlakatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, O’zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi, islohotlarning ahamiyati va mustaqillikning mohiyatini ochib berishda kutubxonalarning o’rni alohida. Bu esa hozirgi axborot, fikrlar va g’oyalar kurashi davrida maktab oldiga ham muayyan vazifani qo’yadi. Ya’ni maktab bitiruvchisi kerakli bilimlarni mustaqil ravishda olish, ularni amaliyotda qo’llash, mustaqil, tanqidiy fikrlash, axborot bilan savodli ishlash, ma’lum muammoni hal etish uchun zarur dalillarni to’play olish, ularni tahlil qila bilish, asosli xulosalar chiqarish, olingan xulosalarni amalda qo’llash, muloqotga tez kirisha olish qobiliyatiga ega, o’z axloqi, aql-zakovati, madaniy saviyasi yuqori bo’lishi lozim

O’quvchilar bilim saviyasiga qo’yilayotgan talablarning ortib borayotganligi ularning turli xil axborotlarga bo’lgan ehtiyojini ham oshirmoqda. Kutubxonada kitobxonni faqat kitoblargina emas, balki yangi axborot tashuvchilari, axborotni qidirish va zarur materiallar bilan ishlashga o’rganish mumkinligi ham qiziqtirayapti. Ota-onalar, pedagoglar, maktab kutubxonachilari kitobxonning yagona o’quv-biluv jarayoni qatnashchilariga aylanmoqdalar.

Maktab kutubxonasining yangi bilimlar manbai sifatidagi o’rni – axborotni ommalashtirish va shaxsning o’z-o’zini qaror toptirishiga ko’maklashishida ko’rinadi.

Umumiy ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, kitobxonning axborot olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur sharoitlarning yaratilishini taqozo etadi. Bu ta’lim jarayoniga yaqindan qo’shilishga intilayotgan maktab kutubxonalarining innovatsiyaga bo’lgan imkoniyatlarini faollashtirmoqda.
Xo’sh, innovatsiya o’zi nima? Bu tushuncha kutubxona faoliyatidagi tub o’zgarishlar – u ham bo’lsa, o’z ishiga yangiliklar olib kirish bilan bog’lanadi. Yangiliklar olib kirish o’zgartirishlarning chuqurligi, ijro etish sifatiga qarab turlicha bo’ladi.

Innovatsiyalar hamma vaqt rivojlanish jarayoniga hamrohlik qiladi, faoliyat sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, xodimlarning ijodiy kuch-g’ayratini rag’batlantiradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, basharti kutubxona innovatsiya sari intilar ekan, demak, u yangi imkoniyatlarni izlashda bo’ladi.

Innovatsiyalar kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash, kutubxonachilik texnologiyasini takomillashtirish, yangi texnikani, istiqbolli ish metodlari va tashkiliy boshqaruvni takomillashtirish imkonini beradi. Innovatsiyalar o’z imkoniyatlariga ko’ra quyidagilarga ajratiladi: radikal (tayanch) yangiliklar olib kirish, bunday innovatsiya printsipial yangi mahsulot, texnologiyalar, boshqaruv metodlarini yaratishni ko’zda tutadi; takomillashtiruvchi (modifikatsion) yangiliklar olib kirish, bular dastlabki tanlangan printsiplarni, faoliyat shakllarini to’ldiradi va eng ko’p tarqalgan innovatsiya turi sanaladi. Kombinator yangiliklar olib kirish, bunda innovatsiyalarning turli xil birikuvlaridan foydalaniladi.


Download 376,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish