Telekomunikatsiya texnologiyalari



Download 1,6 Mb.
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#294014
1   2   3   4
Bog'liq
Javliyev Javohir

. V3=16.7

DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI

Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sabab bilan birga o’rganadigan bo’limini dinamika deyiladi. Dinamikaning asosini 3 ta qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. Shu sababli ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi.

Nyutonning birinchi qonuni tashqi ta’sirsiz harakatlanayotgan jismlarning mexanik holati haqidadir. Bu qonunni shunday bayon etish mumkin: tinch holatdagi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa yoki ularning ta’siri kompensatsiyalansa, bu jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.

Nyutonning 2-qonuni jism harakat tezligining o’zgarishini shu jismga ta’sir etayotgan tashqi sabab - kuch bilan bog’laydi. Bunda kuch jismlarning o’zaro ta’sirini xarakterlaydigan fizik kattalik sifatida qaraladi. Tajriba ko’rsatadiki, bir xil kuch bilan har xil jismlarga ta’sir etsak, ular har xil tezlanish oladi, bunga sabab ularning har xil massaga ega bo’lishidir. Shu sababli Nyutonni 2- qonuni formulasi F=m*a

F-kuch , m-massa a-jism olgan tezlanish

Bu tenglamaga ko’ra kuch vektor kattalikdir, lekin massa - skalyar kattalikdir. Bu qonunda massa jismni tezlantiruvchi kuchlarga nisbatan qarshi turaolish qobiliyatini bildiradi, ya’ni inertligini ifodalaydi. Massa birligi XBS da kilogramm deb ataladi. Xalqaro bitimga asosan massa birligi kg etaloni sifatida maxsus platina — iridiy qotishmasidan yasalgan etalon qabul kilingan, bu etalon Parijda saqlanadi. Kuch birligi (1) formula asosida aniqlanadi va Nyuton deb ataladi



Tekis va to’g’ri chiziqli (ya’ni inertsiyasi bilan) harakatlanayotgan (yulduzga nisbatan) sanoq sistemasi inertsial sanoq sistemasi bo’ladi. Agar biron inertsial sanoq sistema boshqa shunday sistemaga nisbatan tezlanish bilan harakatlansa u holda bu sistema noinertsial sanoq sistema bo’ladi.       Nyuton qonunlari faqat inertsial sanoq sistemalarida o’rinlidir.

Noinertsial sistemalarda bu qonunlar o’rinli emas.

Masalan, tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan absolyut silliq vagonda m massali shar va bir kuzatuvchi turgan bo’lsin. Ikkinchi kuzatuvchi Yerda vagon o’tadigan joy yaqinida turibdi. Demak, ikkala kuzatuvchi ham inertsial sanoq sistemalari bilan boglangan. Endi Yerdagi kuzatuvchi oldidan o’tish paytida vagon tezlanish bilan harakatlana boshlasa, u noinertsial sistema bo’lib qoladi. Bunda vagondagi shar vagon tezlanishiga teng tezlanish bilan qarama-qarshi tomonga harakatlanadi.

Massa markazidan o’tgan qo’zgalmas o’q atrofida o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanayotgan disk olaylik. Disk bilan birgalikda uning markaziga prujina bilan bog’langan jism ham aylanma harakat qilishi mumkin. Tinch holatda bo’lgan disk ustidagi jism aylanish o’qdan ma’lum bir masofada joylashgan bo’lsin. Disk aylanma harakatga keltirilsa, sharchaga radius bo’ylab markazga intilma kuchga teskari yo’nalishda markazdan qochma inertsiya kuchi ta’sir qilib prujinani cho’zadi.

Tekis aylanma harakat qlayotgan sistemaning har bir nuqtasi markazga intilma kuch ta’sirida bo’lib, u bilan bogliq sanoq sistemasi noinertsial sistemani hosil qiladi. Tezlanuvchan harakat qiluvchi ushbu sistemadagi inertsiya kuchini ko’raylik.

Bu kuch bilan prujinaning elastiklik kuchi tenglashganda sharchaning siljishi to’xtaydi.

Bu holatdagi sharchaning chiziqli tezligi v bo’lsa, markazdan qochma inertsiya kuchi

Shunday qilib ω burchak tezlik bilan aylanuvchi har qanday sistema noinertsial sanoq sistemasini hosil qiladi. Bu sistemada joylashgan jismlarga markazdan qochma inertsiya kuchlari ta’sir qiladi. Bunday kuchlar ta’sirida aylanayotgan diskdagi mayatnik muvozanat holatidan ma’lum burchakka og’adi.



E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish