Telekomunikatsiya axborot texnalogiyalari va



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#362658
Bog'liq
Shayzaqov Sh 1-m



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

SAMARQAND 

FILIALI 

“TELEKOMUNIKATSIYA AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA 

“KASB TA’LIM” FAKULTETI 

“TA’LIM PSIXOLOGIYASI”FANIDAN 

 

MUSTAQIL ISHI 



 

 

 



 

 

 



Bajardi:

Shayzaqov Sh. 



Tekshirdi:

Musinov S. 



  (301-g) 

 

Samarqand



  2021 


Mavzu

 :

 

O‘quv faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. 



Reja : 

1.

 



Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida. 

2.

 



O‘qituvchi-pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati.

 

3.

 



Muloqot yohud muomala madaniyati haqida tushuncha. 

4. Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish 

shartisifatida. 

Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida. Muloqot (arabcha so‘z bo‘lib- “uchrashish, 

ko‘rishish; qabul qilish maʼnosini anglatadi”) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va fikr 

almashuv  shaklining  bir  turi.  Shunday  yekan,  inson  muloqot  jarayonida  ijtimoiy  tajriba, 

taʼlim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy meʼyorlar, g‘oya va mafkura omillari taʼsirida 

yashab ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba 

va amaliy faoliyat shundan dalolat beradiki, insonni jamiyatdan va shaxslararo bo‘ladigan 

o‘zaro  muloqotidan  ajratib  qo‘yish  uning  shaxs  sifatida  shakllanishiga  imkon  beradigan 

ijtimoiy sifat, xususiyat hamda fazilatlardan mahrum bo‘lishiga olib keladi. Chunki muloqot 

inson  amaliy  faoliyatining  moddiy-maʼnaviy  shakllarini  hamda  uning  yehtiyojlarini  aks 

yettiradi.  “Hech  kimga  sir  yemaski,  deb  yozgan  edi  polyak  psixologi  E.Meliburd,- 

shaxslararo munosabat biz uchun nafas olayotgan havodek zarurdir”.Bu xususda fransuz 

yozuvchisi Antuan de –Sent Yekzyuperining “Yagona haqiqiy boylik bu insonlar orasidagi 

munosabat va muloqot boyligidir” degan fikrlari diqqatga sazovordir. Shu o‘rinda tarixga 

bir nazar solib, buyuk yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu)ning muloqot madaniyatiga doir 

ibratli sifatlarini yesga olsak yomon bo‘lmaydi. U Afinada maktab- Likey tashkil yetib, bu 

maktabni  13  yil  boshqargan.Aristotelning  maktabi  Likeydagi  taʼlim  uslubi  va  o‘quv 

texnologiyasi  haqida  fikr  yuritadigan  bo‘lsak,  taʼlim  jarayonida  ko‘p  sonli  tinglovchilar 

orasida  o‘zaro  tenglik,  bahs-munozara,  yerkin  fikr,  o‘zaro  hurmat  hukm  surgan.  Yaʼni 

muloqot madaniyati, muomala madaniyati, bahs-munozara yuritish madaniyati, muzokara 

madaniyati, nihoyatda kuchli, nafis, yehtirosli bo‘lganligidan darak beradi. Shu maʼnoda 

muloqot  va  muomala  madaniyatining  tarkibiy  qismi  nutq  madaniyatidir.  Chunki  nutq  va 

unda  ifodalangan  so‘z  ohangi  kishiga  taʼsir  yetuvchi  qudratli  psixologik  (ruhiy)  kuchga 

yega,  u  nafaqat  so‘zning  mazmuni,  balki  so‘zlovchining  aytayotgan  fikrini  ifoda  qilish 

uslubi bilan ham uning taʼsir darajasi va qudrati yana-da ortishi mumkin. Masalan “Salom” 

so‘zining turli ohangda ifodalanishining 10 dan ziyod shakli, yaʼni maʼnosi bor: 

1.Salom! – “Keling” degan maʼnoda. 

2. Salom! – “Xo‘sh, xizmat” degan maʼnoda. 

3. Salom! – “Yana keldingmi?” degan maʼnoda. 

4. Salo-o-m! – “Juda vaqtida kelding” degan maʼnoda. 




5. Salom?! – “Men sizni tanimayapman” degan maʼnoda. 

6. Salom!!! – “Gap tamom” degan maʼnoda. 

7. Salom! – “Ha, ishing tushdimi!” degan maʼnoda. 

8. Salom! – “Bir pas kutib turing” degan maʼnoda. 

9. Salom! – “Vaqtim yo‘q, ketaver!” degan maʼnoda. 

10. Salom! – “Mana ishim bitdi, gapir yendi” degan maʼnoda va hokazolar. 

Shuningdek,  “Ha”  so‘zini  ifodalashning  50  dan  ortiq  shakli  bor  bo‘lsa,  “yo‘q”  so‘zini 

aytishning  ham  xuddi  shunday  ohangdagi  maʼnosi  mavjud,  ammo  bir,  yaʼni  bu  so‘zni 

yozishning faqat bir uslubi bor”Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik 

qochirim  yashiringan.  Zotan,  kishilar  muloqotining  asosida  so‘z-fikr  turar  yekan,  fikrni 

bayon  yetish  ifodasi  har  bir  kishining  saviyasi,  maʼnaviy  dunyosi  hamda  madaniyatiga 

bog‘liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladigan miqdor, 

sifat,  meʼyor  tushunchalari  insoniy  muloqot  madaniyati  uchun  ham  to‘la  muofiq  keladi, 

binobarin , muomalada ham meʼyorni bilish zarur. Muhimi shundaki, muloqot jarayonida 

kishilar  o‘rtasida  fikriy  mushtaraklik,  o‘zaro  taʼsir  hamda  axborot  almashinuvi  yuzaga 

kelishi bilan birga, ular ijtimoiy  maʼnoda bir-biriga tarbiyaviy o‘zlashtirib olish mumkin 

yemas. Buyuk mutafakkir Ahmad Donish taʼbiri bilan aytganda. Olamdagi jonli narsalarda 

hayvoniy va shaytoniy sifatlar bor. Bu quvvatlar birlashtirilib «hosil bo‘lgan hamirdan bir 

jonli  narsa  yaratilib,  uning  otini  inson  deb  aytganlar,  haqiqatdan,  –  deb  davom  yetadi 

mutafakkir- inson ulug‘ olamdir»  . Insonning fazilatlari hamda nuqsoni haqida u shunday 

yozadi:  «Agar  sen  tafakkur  daryosiga  cho‘msang,  yetti  osmonni  xayoling  qutichasiga 

joylaysan:  agar  qahri  g‘azabing  kelsa,  yo‘lbarsni  mushukdek  ham  ko‘rmaysan,  agar 

mehribonliging tutar yekan, bechora chumolini kipriging ustida saqlaysan; agar sahiyliging 

jilva  qilsa, kiygan  to‘ningni  muhtojga berib, o‘zing  yalang‘och  qolasan; agar  baxilliging 

tutsa,  qumursqa  og‘zidagi  donni  talashasan»2.2.  Muloqot  yohud  muomala  madaniyati 

haqida  tushuncha.  Muomala  madaniyati.  Kundalik  faoliyatimizda  kishilar  bilan  bo‘lgan 

muloqot,  suhbat  hamda  muzokaralarda  haqiqatni  anglatadiga  yagona  tushuncha  bu 

mantiqiylik deb hisoblanib, barcha xatti-harakatlarimizni mantiqiylik va mantiqsizlik degan 

tushuncha bilan baholashga o‘rganib qolgan edik.Shu o‘rinda ibratli bir rivoyatni yeslash 

o‘rinli:  «Iskandardan  so‘rabdilar:  «Ozgina  sarmoya  va  oz  sonli  askar  bilan  bunday  ko‘p 

mamlakatni qanday hislat bilan qo‘lga kiritding?» Iskandar: «Lutf va yumshoq muomala 

bilan  dushmanlarni  qo‘lga  kiritim.  Ahd-paymon  yo‘li  bilan  do‘stlarni  yo‘lga  soldim,  shu 

jihatdan  ko‘p  mamlakatni  yegalladim»,  deb  javob  berdi.Mustaqillik  davriga  kelib  yesa 

pedagoglar  va  psixologlarning  konsepsiyasi  asosida  muloqot  madaniyaining  o‘ziga  xos 

tomoniga  daxldor  bu  tasavvurlar  o‘zgarib  ketdi.  Ularning  ko‘rsatishicha,  insonning  xulq 

madaniyati ikki kuch-tafakkur va hissiyot, aql va qalb o‘rtasidagi musobaqa natijasi yemas, 

balki, bu ikki kuchning qo‘shilishi hamda unga taʼsir qiluvchi tajriba (jismoniy va madaniy) 

muhit kabi ko‘plab omillar asosida shakllanadi. 




Zero,  kishilarning  bir-birlari  bilan  o‘zaro  munosabatlarida  shirinsuxanlik,  go‘zallik, 

so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik “Muosharat odobi” deyiladi. Mushorat odobi, yaʼni ilk 

muomala madaniyati bolaning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllanadi. Shu bois 

ham  xalqimiz  “Qush  uyasida  ko‘rganini  qiladi”  deb  bejiz  aytmagan.  Bola  taʼlim 

muassasasida,  ulg‘aygach  yesa,  ijtimoiy  muhitda  va  jamoada  ko‘nikma  hosil  qilish 

jarayonida oilasida o‘rgangan muosharat odobining kuch-qudratida yosh avlodda muosharat 

odobini,  yaʼni  muomala  madaniyatini  shakllantirishda  o‘qituvchi-pedagogning  o‘zi 

xushmuomalaligini  namoish  yetib,  o‘quvchi-talabalar  qalbiga  va  yo‘l  topa  olishi, 

mehribonligi,  ular  bilan  hamdard,  hamfikr  bo‘lib,  o‘rnak  bo‘lishi  muhim  ahamiyatga 

yegadir.  Muomala  va  munosabatda  o‘quvchi-talabalar  qalbiga  yo‘l  topaolgan,  xushfeʼl, 

shirinsuxan,  adolatparvar,  muomalasi  yaxshi,  tili  shirin  o‘qituvchi-pedagog  va 

tarbiyachilarni  dildan  yoqtirishadi  va  hurmat-eʼtibor  qilishadi,  ulardan  ibrat  ham 

olishadi.Shunday yekan, insonning tili shirin, muomala madaniyati yuksak yega bo‘lsa u 

qisqa vaqt ichida xalq orasida katta obro‘-eʼtibor topadi.Darhaqiqat, o‘qituvchi-pedagog va 

tarbiyachilarning muomala madaniyati, aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy 

saviyasi,  tafakkuri  maʼlum  darajada  so‘zda  ifoda  yetiladi.  Muomala  madaniyatida  so‘z 

aqldan  kuch,  tildan  ixtiyoroladi.  Shunday  yekan  o‘qituvchi-pedagog  va  murabbiylar  o‘z 

so‘ziga,  tiliga  nihoyatda  yehtiyot  bo‘lmog‘ilozim.  Yeng  avvalo,  o‘quvchi-talabalarga 

muomala madaniyatini, yoshi kattalar oldida o‘zini tuta bilishini, ularning gapini bo‘lmaslik 

va yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatishi zarur.Shunday qilib, bizning kelajagimiz 

bo‘lgan  yoshlarning  butun  ichki  dunyosini,  maqsadini,  muomala  va  so‘zlashuv 

munosabatlari  nihoyatda  go‘zal  va  muloyim  bo‘lishini  hayot  taqozo  yetadi.  Shu  bois 

o‘quvchi-talabalar feʼl-atvorini o‘zgartirish, ularni bir-biriga, qolaversa insonlarga mehru-

muruvvatli  bo‘lishga  o‘rgatish  diniy  aqidaparastlik,  jaholat  tomir  otayotgan  hozirgi  davr 

uchun jamiyatni insonparvarlashtirish yeng muhim dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Aslida 

bu vazifa inson va jamiyat paydo bo‘lgandan buyon kun tartibida turgan bo‘lib, hali-hanuz 

muloqot  va  muomala  madaniyatini  takomillashtirish  umuminsoniy  yehtiyoj  sifatida  o‘z 

ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Atoqli  adib  Bernard  Shou  so‘zlari  bilan  aytganda:  “Biz  hozir 

havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o‘rganib olgan bo‘lsak-da, bizga bir 

narsa,  yerda  insondek  yashashni  o‘rganib  olish  yetishmaydi”.Shunga  ko‘ra,  muloqot  va 

muomala madaniyatiga bo‘lgan yehtiyojni oqilona anglab olish muhim ahamiyatga yega. 

Zero,  pedagogik  muloqot  va  muomala  madaniyati  asosida  yerishiladigan  yutuqlar 

o‘qituvchi-pedagogning  ijodiy  mehnati  mahsulidir.  Xullas,  o‘qituvchi-pedagog  har  bir 

vaziyatni oqilona baholashi, uni to‘g‘ri rejalashtirishi, taʼlim va tarbiya jarayonlarida aql-

idrok  bilan  muloqot  va  muomala  madaniyatini  tashkil  yetishi  lozim.tarbiyalanuvchilarda 

shaxslararo  insonparvar-axloqiy  muloqotni  tarbiyalashMuloqot  –-  bu  bir  vaqtda  boshqa 

insonlar  bilan  harakatlar,  fikrlar,  sezgilar,  hayajonlar  almashish  hamda  insonning  o‘z 

qalbiga,  xotiralariga,  vijdoniga,  orzulariga  murojaat  yetishidir1.Muloqot  –  ijtimoiy-faol, 

individual-ijodiy, amaliy-predmetli  faoliyatdir. Muloqotda  asosiysibirdamlik, do‘stonalik, 

bag‘rikenglik, fidokorlik hisoblanadi. 

 



Muloqot  –  bu  «Shaxsning  yeng  yaxshi  tomonlarini  aniqlash  va  ochib  berishga  yordam 

beruvchi ijodkorlik shaklidir. U boshqa insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, insoniyat 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  axloq,  odatlarning  oddiy  qoidalariga  amal  qilishga 

asoslanishini»  yesda  saqlash  zarur.Muloqotning  nazariy  asoslarini  L.S.Vigoskiy, 

V.N.Leontev,  M.G.Davleshin,  E.G‘oziyev,Sh.K.Mardonovlar  o‘rganganlar,  ushbu 

tushunchaning faoliyatdagi mantiqiy-metodologik izohlarini ishlab chiqqanlar. Amerikalik 

olimlar madaniyatlararo muloqotlar imkoniyatlarini o‘rganishgan. Bu tadqiqotlar bizuchun 

maʼlum  ahamiyatga  yega  bo‘lib,  ayniqsa,  turli  yoshdagi,  ijtimoiy  va  yetnik  guruh 

vakillarining birgalikdagi faoliyatlari, o‘zaro aloqalari hamda muloqotlarini ko‘zda tutuvchi 

kommunikativ  vaziyatlarda  idrok  yetish  tuzilmalarining  shakllanishi  hamda  rivojlanishi 

muammosi  qiziqarlidir.Shuningdek, L.A.Radzixovskiy, A.V.Brushlinskiy,  A.N.Xaritonov 

va  boshqa  olimlar  muloqotda  (so‘zlashuv)ning  o‘rni  muhimligini  alohida  ko‘rsatib 

berganlar. Ular fikrlashning rivojlanishini o‘qitishning faol dialogik metodlari, idrok yetish 

va  ijtimoiy  rivojlanishini  boshqarish  orqali  o‘rganganlar.  Shaxslararo  muloqot 

funksiyalarini  amalga  oshirish-muloqot  subyektining  maʼnaviy  axloqiy  ko‘rsatmalari, 

shuningdek, insonparvarlik, yemotsional-ijobiy, shaxsiy yondashuv, individuallik va o‘ziga 

xoslik  kabi  yo‘nalishlari  bilan  belgilanadi.Muloqot  funksiyasi  faqat  muloqot 

subyektlarining  maʼnaviy-axloqiy  yo‘nalishigina  yemas,  balkiko‘p  jihatdan,  uning 

insonparvar-axloqiy  mazmuniga  bog‘liq  bo‘ladi.  Muloqotning  shakli,  lahzali,  tasodifiy, 

tematik  rejalashtirilgan  –  bayon  yetish, axborot, xabar, suhbat, suhbatlashish, gaplashish, 

munozara  kabilardan  iborat.  Eʼtibor  berish,  qiziqish,  maʼqullash,

 

hamdardlik,  istiqbolni 



ko‘ra  bilish  yordamida  taʼsir  ko‘rsatish,  tushunilgan  va  anglab  yetilgan  motivatsiya 

asosidagi  faoliyat  kabilar  muloqot  turiga  kirib,  masalani  hal  yetishga  yo‘naltirish, 

yemotsional  muhit  yaratish,  rag‘batlantirish,  yo‘naltirish  bilan  hamkorlikdagi  harakatlar 

yakunini  yasashga  yo‘naltirish,  shuningdek,  muloqotning  samaraliligi,  uning  mavzusiga 

ijobiy motivatsiyasi, eʼtibori, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Motivatsiya muloqot jarayonining 

boshqaruvchisi sifatida maʼno, onglilik, ishonch va qatʼiylikni talab qiladi. 

Muloqotning  maʼnoli  jihatlariga  uning  maqsad  hamda  umumiylikka  yerishishda 

o‘zindividualligini ko‘rsatishi, shuningdek, muloqotning turli funksiyalaridan foydalanish – 

qo‘zg‘atuvchi,  yekspressiv,  tashkiliy,  informativ,  yemotsiyali,  dalilga  asoslanganligi  va 

boshqalarni kiritish mumkin. Shaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda individning potensial-

shaxsiy,  kasbiy-yehtiyojli  hamda  amaliy-idrok  yetish  jaraëni  sodir  bo‘ladi.  “Muloqot  va 

faoliyat” tushunchasiga ijtimoiy faollikning o‘ziga xos shakli va ayni bir vaqtda individual 

mustaqillik  sifatida  qaraladi.  Bu  yerda  muammoni  qo‘yish,  uning  maqsadi,  vazifasi, 

masalalari, muloqot vaziyat-sharoit, muhit omillari, yelementlari, muloqot subyektiga talab 

(bir so‘z bilan aytganda, bu faoliyat subyekti bilan shaxslararo muloqotni modellashtirish) 

muhim  hisoblanadi.  Bu  jarayonda  boshqa  insonning  qadr-qimmatini  hurmat  qilish, 

insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan odob, axloq, yetiket bo‘yicha oddiy qoidalarga amal 

qilish zarur. Shu bilan birga, yemotsional-ijobiy omil, simpatiya, yempatiya  muhim  o‘rin 

tutadi. So‘z, nutq, hikoya qilib berish, xabardor qilish, gapirish, suhbatni olib borishni bilish 

(sherigiga  eʼtibor,  diqqat,  tushunish  va  hurmat  bilan  qarash,  so‘zsiz-yemotsional  tipdan 




mohirona foydalanish) muhim ahamiyatga yega. Muloqot, albatta, maʼnaviy, insonparvarlik 

hamda  yuksak  odoblilik  darajasida  bo‘lishi  kerak,  asosiysi-shaxslararo  muloqotda  o‘zini 

suhbatdoshi o‘rniga qo‘yishni bilishi zarur. Shaxslararo muloqot-o‘zaro aloqali, o‘zaro bir-

birini tushunish, idrok yetish, axborot almashish, o‘rgatish, rivojlantirish, tarbiyalash, o‘zini 

namoyon yetish, o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini tasdiqlash, ijtimoiy o‘zaro aloqalar orqali 

taʼsir ko‘rsatish xususiyatlariga yega. Insonparvarlik (lotincha humfnis-insoniylik) –inson 

o‘z huquqlari va qadr-qimmati, shaxs sifatidagi qimmatini hurmat qilishni ifoda yetuvchi 

qarashlar  to‘plami,  uning  farovonligi,  har  tomonlama  rivojlanishi,  hayoti  uchun  qulay 

sharoitlar  yaratish  to‘g‘risidagi  g‘amxo‘rlikdir.  Insonparvarlik-insonning  oliy  qadriyat 

sifatida  eʼtirof  yetilishiga  asoslangan  qarashlar  to‘plamidir.  Shaxslararo  muloqotni 

insonparvarlashtirish  jihati  suhbatdosh-larning  intellektual  maʼnaviy

 

imkoniyatlarini 



faollashtirish va shaxsiy-ijtimoiy o‘zligini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mana shunday 

muloqotda  o‘quvchi-talabalar  shaxsi  shakllantiriladi,  chunki  bu  jarayonda  ularning  ichki 

imkoniyatlari,  shaxsiy  insonparvarligi  to‘la  namoën  yetiladi.  Bu  yerda  bo‘lajak 

mutaxassislarni  shaxs,  inson  va  insoniylik  sifatlari  to‘g‘risidagi  bilimlari  va  muloqot 

madaniyati namoyon bo‘ladi. 

Insonparvarlik asosidagi muloqot – bo‘lajak mutaxassislar uchun shaxsiy, ijtimoiy, hayotiy 

va kasbiy faoliyatlarining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyalari va qadriyatlarini amalga 

oshirishning muhim shart-sharoitlari hisoblanadi. Bu davlat taʼlim siyosati hamda “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”ning  asosiy  qoidalariga  mos  keladi.Muloqotning insonparvarlik 

jihatlari maʼnaviy-amaliy asosga –axloqiylikka asoslanadi. Inson ijtimoiy hayoti jarayonida 

ishlab  chiqilgan  (avlodlar  hayotiy  tajribalari  asosida)  va  axloqiy  kategoriyalarda  aks 

yettirilgan  g‘oyalar,  ideallar,  qoidalar  –  meʼyoriy  axloqiylikka  asoslanadi.  Shaxslararo 

muloqotni  insonparvarlashtirish  quyidagi  qoidalarga  asoslanadi:-  muloqotda  asosiysi-

insondir;  muloqotda  asosiysi-insonparvarlarcha  muloqotda  bo‘lish  –  do‘s-tonalilik, 

samimiylik, inoqlik,totuvlikdir. Ushbu muloqotda suhbatdosh o‘zini obyekt sifatida yemas, 

balki muloqotda teng ishtirokchisifatida his yetadigan yo‘l, vosita, metod hamda shakllarini 

topishi zarur. Shunday qilib, muloqot jarayoni yerkin, tabiiy, qiziqarli, bir-birini boyituvchi, 

bir-biriga  taʼsirko‘rsatuvchi,  o‘zini  namoyon  yetuvchi  bo‘lishi  kerak.  Quyidagilar 

insonparvarlik  asosiga  quriladi:  suhbatdoshi  (sherigi)  shaxsiga  eʼtibor,  do‘stona  suhbat, 

muloqot sharoitlariga mos, suhbatning ritorikjihati ko‘zda tutiladi. Suhbatlashuvchi odob, 

axloq,  maʼnaviy  sifatlarini  namoyon  yetadi,  suhbatdoshida  kerakli  sezgilarni  uyg‘otib, 

istalgan fikr va mulohazalarni yuzaga keltiradi. Shyerigiga maqsadli taʼsir ko‘rsatish uchun 

muloqot subyekt-obyekt xususiyatida, insonparvarlashtirilgan mazmunda mahsuldor-ijodiy 

asosda amalga oshiriladi. Muloqotda insorparvarlik – bu suhbatdoshiga o‘zaro aloqa obyekti 

sifati  yemas,balki  o‘zini  namoyon  yetuvchi  obyekt  sifatida  qarashdir.  4.  O‘qituvchi-

pedagoglarning  tarbiyalanuvchilar  bilan  pedagogik  muomala  madaniyati  Hozirgi  kunda 

o‘sib kelayotgan yosh avlodning aql-idrokini o‘stirish, ilmu maʼrifat ziyosidan bahramand 

qilish  uchun  o‘qituvchi-pedagogning  bilim  saviyasi,  kasbiy  mahorati  va  muomala 

madaniyatyuksak  bo‘lishi  hayotiy  yehtiyojdir.  Ayniqsa,  pedagog-ustoz  bo‘lish  uchun 

pedagogik faoliyatda tarbiyalanuvchilarga pedagogic tashxis qo‘ya bilish qobiliyati muhim 




rol  o‘ynaydi.  Taʼlim-tarbiyani  aniq  maqsadlar  asosida  amalga  oshirish  o‘quvchi-

talabalarning holati, aqliy va jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash hamda ularga amaliy 

jihatdan  ko‘mak  berish  kabi  bir  qator  pedagogik  talablarga  rioya  qilishni  taqozo  yetadi. 

Tashxis har bir o‘quvchi-talabaning ichki va tashqi qiyofasini aniqlash, taʼlim-tarbiyaning 

zamon  talablariga  mosligini  eʼtiborga  olish  o‘quvchi-talabalarning  har  tomonlama 

rivojlanishiga  taʼlim-tarbiya  metodlari  samarasini  belgilab  olish,  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni amaliëtga tatbiq yetish va o‘quvchi-talaba shaxsi qobiliyatining rivojlanish 

darajasini,  meʼyor-larini  aniqlash  imkonini  beradi.  O‘qituvchi-pedagog  jamoa  bilan 

o‘quvchi-talabalar  guruhlari,  ayrim  ayrim  gaplasha  olishi  kerak.  U  darsni  samarali  olib 

borish uchun gapirishni bilishi, suhbat, maʼruza, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi, 

umuman, butun taʼlimtarbiya jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ya 

olishi  lozim.  O‘quvchi  –talabalar  jamoasi  bilan  muomala  ko‘pincha  suhbat,  maʼruza, 

axborot va hokazolar shaklida bo‘ladi. Birinchi navbatda, suhbatni qanday boshlash, qanday 

qilib  o‘qituvchining  gaplariga  o‘quvchi-talabalarning  diqqatini  tortish,  ularni  qiziqtirish 

mumkinligi  haqida  quyidagi  fikrlarni  bildiramiz.  Mavzuga  o‘quvchi-talabalar  diqqatini 

tortishga  urinib  ko‘rish  lozim.  Bunda  mavzuni  bayon  yetishni  yerkin,  qiziqarli  faktni 

maʼlum  qilishdan  boshlash  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Keyin  uni  tushuntirish  va  tahlil 

qilish  yesa  muomalaning  mazmunini  tashkil  yetadi.  Suhbat  o‘quvchi-talabalarda  doimiy 

qiziqish uyg‘otishi uchun bir qator murakkab bo‘lmagan usullardan foydalanish zarur. Yeng 

muhim so‘zlar va iboralarni intonatsiya bilan ajratib ko‘rsatish va aksincha, intonatsiyani 

o‘zgartirish,  unchalik  muhim  bo‘lmagan  materialni  bayon  qilish  kerak,  ovoz  va  nutq 

ohangini  o‘zgartirish  foydalidir.Hamkorlik  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  uchun  o‘qituvchi-

pedagog  maʼlum  yo‘l-yo‘riqlarga  yega  bo‘lishi,  o‘quvchi-talabalar  bilan  hamkorlikni 

muayyan  natijaga  yerishishning  zarur  sharti  deb  bilishi,  hamkorlikka  barcha  o‘quvchi-

talabalarning  jalb  yetilishi,  hamkorlik  jarayoniga  o‘zining  hissiy  jalb  qilinganligi  zarur 

yekanligini  anglab  yetishi  lozim.Agar  o‘quvchi-talabalarning  faoliyati  jamoa  faoliyati 

sifatida  tashkil  yetilsagina  o‘qituvchipedagogning  o‘quvchi-talabalar  bilan  hamkorligi 

paydo bo‘ladi, yaʼni hamkorlik qilishni talab yetadi va buning uchun shart-sharoit yaratadi. 

Hamkorlik  vujudga  kelishi  uchun  jamoada  tashkil  yetilishi  lozim  bo‘lgan  ishlar  uchun 

dolzarb bo‘lishi yoki o‘quvchi-talabalarning xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘quvchi-

talabalarni biror faoliyat sohasiga, biror aniq ishga jalb yetar yekan, o‘qituvchi- pedagog 

ularga  psixologik  va  pedagogic  jihatdan  to‘g‘ri  vazifa  qo‘yishi,  yaʼni  to‘g‘ri  yo‘l-yo‘riq 

berishi  kerak.O‘quvchi-talabalar  belgilangan  narsani  amalga  oshirishga  kirishgan-larida 

o‘qituvchi-pedagog  ayni  bir  vaqtning  o‘zida  ham  ishtirokchi,  ham  kuzatuvchi,  ham 

maslahatchi vazifasini bajaradi.Muomala bilish jarayonidir. Bilish o‘quvchi-talabalarning 

miqdorlar  tizimini  o‘zlashtirish  va  hosil  qilish  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  U  o‘quvchi-

talabalarga  olamni  va  unda  o‘zini  tushunish  imkonini  beradi.  Bilish  faoliyati  va  uning 

jarayonidagi  muomala  o‘quvchi-talabalarga  o‘zlarining  bilishga  doir  qiziqishlari  va 

mayllariga  to‘garak  mashg‘ulotlarida,  ilmiy  jamiyatlarda,  olimpiada  va  tanlovlarda 

ro‘yobga  chiqarish  imkonini  beradi.  Muomala  har  qanday  axborotni  idrok  yetishga  va 

ularning  o‘quvchi-talabalar  tomonidan  talqin  qilinishiga  ham  taʼsir  o‘tkazadi.  O‘quvchi-

talabalarning muomalasini tashkil yetish pedagogik taʼsir ko‘rsatishning shunday guruhiga 




kiradiki,  u  faqat  alohida  bir  o‘quvchi-talabaga  qaratilib  qolmasdan,  balki  o‘quvchi  -

talabalarning  muayyan  birligiga-taʼlim  muassasasi  jamoasidan  tortib  o‘rtoqlari  guruhiga 

ham mo‘ljallangan. Shu munosabat jarayonining mazmuni o‘quvchi-talabalar jamoasining 

mazmuni  asosiga  aylanadi.  Jamoada  muomalani  tashkil  yetish  butun  taʼlim-tarbiya 

jarayonidan va jamoaning butun faoliyatini tashkil yetishdan ajralib qolgan qandaydir bir 

narsa yemas.Taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligining yeng muhim sharoitlaridan biri – bu 

jarayonning o‘quvchi-talabalar muomalasi uchun maʼlum darajada imkon yaratib berishdir. 

Taʼlim  muassasasidagi  taʼlim-tarbiya  ishining  butun  mazmuni  amalda  o‘quvchi-talabalar 

muomalasi mazmunining asosi hisoblanadi. Biroq o‘qituvchi-pedagoglar har bir o‘quvchi-

talabani  o‘z  subyektiv  vaziyatiga  qo‘yish  uchun  taʼlim-tarbiya  jarayonini  tashkil 

yetganlaridagina  bu  imkoniyatni  faollashtirish  sodir  bo‘ladi.  Bir  qator  shart-sharoitlar 

mavjud  bo‘lganda,  o‘quvchi-talaba  jamoa  faoliyatining  subyektiga  aylanadi.  Bu  shart-

sharoitlarning  yeng  muhimligiga  to‘xtalib  o‘tamiz.Birinchidan,  jamoaning  faoliyati  o‘z 

mazmuniga  ko‘ra  xilma-xil  bo‘lsa,  ikkinchidan,  bu  faoliyatni  o‘qituvchi-pedagoglar 

boshqarib  borishi  lozim.  Uchinchidan,  o‘quvchi-talabalar  jamoasida  tashkil  yetiladigan 

faoliyat, ularning ijodkorligiga katta imkoniyatlar yaratib bersa, to‘rtinchidan, bu faoliyat 

o‘quvchi-talabalar  jamoasini  uyushtrishining  xilma-xil  shakl-larini  birga  qo‘shib  olib 

borishi lozim.O‘quvchi-talabalarning jamoa topshiriqlarini bajarishlarining boshqa shaxslar 

–  yuqori  sinf  o‘quvchilari  ëki  yuqori  kursdagi  talabalar  o‘z  jinsidagi  va  boshqa  jinsdagi 

tengdoshlari  bilan  aniq  maqsadga  qaratilgan  muomalasini  taqozo  yetadi.  Katta  yoshdagi 

o‘smir  jamoat  topshirig‘ini  bajarar  yekan,  ko‘pincha  faoliyatning  tashkilotchisi  maqeida 

bo‘ladi. Uning oldida birgalikda bajariladigan ishga o‘rtoqlarini jalb yetish zarurati bo‘ladi. 

Xilma-xil  pedagogik  vazifalar  doimo  vujudga  kelib  turadigan  pedagogik  faoliyatda  hal 

qilishning  mazkur  tarkibiy  qismi  alohida  ahamiyat  kasb  yetadi.  Chunki  u  biror  faktga 

pedagogik  faoliyatning  umumiy  materiallariga  baho  berish  imkonini  beradi.  Tasavvur 

qiling: siz darsda savol berdngiz va o‘quvchi –talabalar qo‘l ko‘tardilar. Yendi kimdandir 

so‘rash  kerak.  Vazifami?  Ha,  ancha  oddiy  bo‘lib  tuyuladi.  Ko‘pdan  beri  hech  kimdan 

so‘ramagan  bo‘lsa,  shuni  turg‘azaman  deb  o‘ylaysiz  yoki  vaqt  oz,  Jamshiddan  yoki 

Anvardan so‘rayman ularning ikkalasi ham har gal to‘g‘ri javob beradi deysiz. Tarbiyaviy 

jarayonni  yoki  alohida  tarbiyalovchi  taʼsirni  rejalashtirish  faqat  pedagogik  taʼsir 

ko‘rsatishning  shakllari,  usullari  va  yo‘llarini  aniqlashdangina  iborat  bo‘lmay,  balki 

pedagogik muomala tizimini, albatta, aniqlashni ham bildiradi. 

 



 

 

Xulosa :  

Men bu mavzudan shuni tushun dimki, inson hayotida momila madaniyati juda 

kerakli ekan. Inson bor ekan suxbat dosh kerak bo’ladi, ta’lim soxasidami , yoki 

ish soxasidami , ko’chadami …… voxakazolar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 

https://eurodomik.ru/uz/postrojjki/referat-osobennosti-

mezhlichnostnyh-konfliktov-vidy-

mezhlichnostnyh.htmlhttp://library.navoiy-uni.uz

 

https://hozir.org/umumiy-psixologiya-v3.html?page=12



 

 



 

 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish