AVU uzatish tizimi, SHTSlarning abonent liniyasidan qo'shimcha kanallar olish uchun qo'llaniladi. Bunda 0,3-3,4 kGts oraliqda signallarni uzatish buzilmaydi. Qo'shimcha kanalni yana taksafon uchun liniya sifatida qo'llasa ham bo'ladi. AVU tuzatish tizimidagi so'nish abonent liniyasining 3,5 km uzunlikdagi so'nish bilan mos tushadi.
KAMA uzatish tizimi ATS, ATS va ShTS (shaharlararo telefon stantsiyasi) orasida ulovchi liniyalarni tashkil qilish uchun qo'llaniladi. Bu uzatish tizimida yo'naltiruvchi muiit sifatida MKS, VTSPV, KSPPB , KSPPB va T turidagi kabellar ishlatiladi. KAMA uzatish tizimi ikki variantda ishlashi mumkin: bitta yo'nalishda 12...252 kGts chastota spektrida bir kabelli ikki polosali va teskari yo'nalishda 312-548 kGts spektrda, 12-248 kGts chastota spektri ikki kabelli bir polosali sxema bo'yicha 30 ta TCH kanalni tashkil qilish imkoniga ega. Tizim MKS, MKPV, KSPP va VTSP kabellari orqali ikki polosali bir kabelli kabi, T kabelini qo'llaganda ikki kabelli bir polosali rejimda ham ishlashi mumkin. MKS kabelini qo'llaganda kuchaytirgich uchastkasining uzunligi 14.3 km, uzatish masofasi esa 80 kmni, KSPP kabelini qo'llaganda kuchaytirgich usastkasi 8 km, uzatish masofasi esa 50 kmni tashkil etadi. T turdagi kabelni qo'llaganda, himoyalanganlik talabini qondiruvchi juftlikni tanlash lozim. Unda kuchaytirgich uchastkasining uzunligi shovqin sathlari yuqori bo'lganligi tufayli 3,3 kmni, aloqa masofasi esa 23 kmni tashkil etadi. Bitta kanal signalini uzatish uchun 8 kGts chastota ishlatiladi.
V-3-3s uzatish tizimi uchta TCh kanal va aloqa xizmati kanalini hosil qilish uchun mo'ljallangan. Ikkita TCh kanal orqali ikkinchi sinfli ovozli eshitirish kanalini hosil qilish kumkin. Uzatuvchi muhit sifatida aloqa liniyalari yoki maxalliy tarmoqlarning ulovchi liniyalari qo'llaniladi. Uzatish tizimi simli, ikki polosali tizim bo'yicha tuzilgan. Bitta yo'nalishda signallarni uzatish 4-16 kGts da, teskari yo'nalishda 18-30 kGts yoki 19-31 kGts oraliq chastotada amalga oshadi. 4 kGts gacha oraliq chastotada xizmat aloqa kanali tashkil qilinadi. V-3-3s uzatish tizimi tarkibiga oxirgi va masofadan ta'minot oluvchi xizmat talab qilmaydigan stantsiyalar kiradi. Ikkita oxirgi stantsiya orasida ikkita XTQyKP lari joylashadi. Bunday holda, mis zanjirlarni qo'llanganda maksimal aloqa masofasi 75 kmni tashkil etadi. V-3-3 S uzatish tizimida ikki chastotali ASB qurilmasi qo'llaniladi.
Nazorat chastota sifatida bitta yo'nalishda 4 va 16 kGts, ikkinchi yo'nalishda 18 va 30 yoki 19 va 31 kGts qo'llaniladi. ASB qurilmasi bilan faqatgina oxirgi stantsiyalar ta'minlangan, XTQyKP larida ASB qurilmasi yo'q.
Nazorat savollari
KChBA uzatish tizimlarida qaysi modulyatsiya turi ko'p qo'llaniladi va nima uchun?
KChBA uzatish tizimlariga qanday shartlar qo'yilgan?
Nima uchun chastotalarni ko'p marta o'zgartirish lozim?
Guruhli usulning afzalligi nimada?
KChBA uzatish tizimlarining liniya traktida va kanallarida hosil bo'luvchi shovqinlarning qanday turlarini bilasiz?
Shovqinlar qanday baholanadi?
Aloqa kanallaridagi shovqinlarning me'yori qanday?
Chiziqli o'zaro o'tuvchi shovqinlar qachon yuzaga keladi?
O'zaro o'tuvchi shovqin ta'siridan himoyalanganlikni qanday oshirish mumkin?
Kanal va traktlarda nima sababli buzilishlar yuzaga keladi?
Qanday buzilish turlarini bilasiz?
Chiziqli buzilishlar signal sifatiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
Chiziqli buzilishlar qanday sozlanadi?
Aloqa tarmoqlarida qo'llaniladigan qanday KChBA uzatish tizimlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |