2. INDIVIDUAL LOYIHANING BA’ZI BIR BO‘LIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
2.1. Individual loyihaning to‘liqligi.
Individual loyiha tarkibiga quyidagi qismlar kiradi:
- Titul varog‘i;
- Mundarija
- Kirish qismi;
- Nazariy qism;
- Amaliy qism;
- Xulosa;
6
- Adabiyotlar ro‘yxati;
- Ilovalar – zaruriyat bo‘lganda.
2.2. Titul varog‘i.
2.2.1. Titul varog‘ini rasmiylashtirish 1-rasmda ko‘rsatilgan.
2.2.2. Yuqorida markazdan katta xarflar bilan vazirlik nomi yoziladi,
so‘ng tagidan universitet nomi yoziladi, kafedra nomi, Individual loyiha,
topshirgan talaba familiya, ismi sharifi va guruhi, qabul qilgan o’qituvchi.
2.2.3. Titul varog‘ining markazida ish nomi va uning tagida ko‘rsatma nomi,
pastda esa shahar va chop etish yili joylashtiriladi.
1-rasm. Titul varog‘ini rasmiylashtirish
7
2.3. Kirish qismi.
Individual loyihanining kirish qismida talaba tanlagan
mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati,
o’rganilganlik darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o’rganishga
qaratilganligi, va individual loyiha bo’yicha o’z oldiga qo’ygan masalalar
mazmunini qisqa bayon etadi.
2.4. Nazariy va amaliy qismlarda
belgilangan savollarni yoritishda masalaga
uzviy bog’liq bo’lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan
to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar yoritiladi va tahlil qilinadi.
Olingan natijalar, yangiliklar, g’oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va
o’rganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to’plangan
ma’lumotlar to’la tahlil qilinadi. Ushbu yo’nalishda bajarilgan ishlarning
mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga
muvofiq. Agar talaba mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa
individual loyihaning qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati
yanada kengroq ochishda mavzuga doir rasm, chizma va jadvallarni ko’rsatib
o’tish mumkin.
2.5. Jadvallar.
2.5.1. Raqamli materialni jadvalga kiritish tavsiya etiladi.
2.5.2. Jadvallar bo‘lim chegaralarida arab raqamlari bilan nomerlanadi.
Jadvalning
yuqoridan
o‘ng burchagi ustida jadvalning tartib nomeri
ko‘rsatiladigan “Jadval” yozuvi joylashtiriladi. Jadvalning nomeri nuqta bilan
ajratilgan bo‘limning nomeri va jadvalning tartib nomeridan tashkil topadi.
2.5.3. Har bir jadval mazmunli sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha mos
jadval ustida “Jadval” so‘zi ostida joylashtiriladi Sarlavha bosh harfdan
boshlanadi (2-rasm).
2.5.4. Jadvalga ko‘rsatishda "jadval" so‘zidan oldin uning to‘liq nomeri
ko‘rsatiladi. Masalan, "1.1-jadvalda", "1.2-jadvalga qarang". Bir necha jadvallarga
ko‘rsatishda "jadval" so‘zi faqat bir marta yoziladi. Masalan, "1.1, 1.2 va 1.3-
jadvallarda".
8
2-rasm. Jadvalni rasmiylashtirish
2.6. Xulosa qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |