mo„ljallangan.Tizimning ichki formati MARC 21 formati asosida yaratilgan. Tizim
interfeysi uch tilda (o„zbek, rus va ingiliz) yaratilgan. Tizimdan foydalanish qulay
-Korporativ kataloglashtirish texnologiyasining mavjudligi tayyor bibliografik
yozuvlardan foydalanib tezda va sifatli o„z EK bazasini shakllantirish imkoniyatini
oshirilganligi kitobxonlarning bevosita kutubxonaga kelmasdan elektron katalogdan
foydalanib va foydalanmay buyurtmalar berish va buyurtmalarni qabul qilinganligi,
26
-Tizim bibliografik tavsif yaratishda O„zbekistonda ishlab chiqilgan (xalharo)
standartlar tizimiga rioya qiladi;
-Tizim ishlatish uchun juda qulay bo„lib, u O„zbekiston kutubxonachilarining
bugungi kundagi malaka va ko„nikmalarini e'tiborga olib yaratilgan;
-Tizimdan foydalanuvchilar uchun sodda va barchaga tushunarli tilda
multimediali uslubiy qo„llanma yaratilgan;
Tizimni tatbiq qilish, AKM, ARM va kutubxona xodimlarini tizimni
boshqarishga o„rgatish maqsadida maxsus o„quv kurslari tashkil qilingan. Kelajakda
masofadan o„qitish tizimini ishga tushirish mo„ljallanmoqda.
Tizim tarkibiga kiritilgan maydonlarni yaratuvchi maxsus “Konstruktor”
ixtiyoriy tildagi va kerakli xossaga ega bo„lgan maydonlarni tuza oladi. Bu esa o„z
navbatida ichki va tashqi formatlarni kutubxona texnologiyalariga moslab loyihalash
imkoniyatini yaratadi.
Elektron katalog bazasini shakllantiruvchi kataloglashtiruvchi uchun EK
maydonlariga kiritilayotgan ma'lumotlar to„g„risida axborot (yordam) berilgan.
Maydonga kiritilayotgan ma'lumotlar shakli misollar orqali ko„rsatilgan.
Elektron katalog bazasini shakllantirishda ma'lumotnomalar (dinamik
bazalar)dan foydalanish EK bazasini to„ldirish jarayonini tezlashtiradi va tayyor
ma'lumotlardan foydalanish yo„lga qo„yilganligi tufayli xatoliklar kamayadi.
Tizim axborotlarni AKAT bazasiga kiritishda va ularni tarmoq bo„yicha
uzatishda xalqaro kutubxona-bibliografik va kommunikativ formatlarni, tasniflash
tizimlari hamda kodlashtirish qoidalarini (KBT, O„UK, UNIMARC, MARC21,
USMARC va boshqalarni) qo„llab-quvvatlaydi. Bu esa o„z navbatida boshqa
tizimlardan bibliografik yozuvlarni ko„chirib olish va jahon axborot-kutubxona
tarmog„i bilan integrallashuviga imkoniyat yaratadi.
Tizim elektron katalogiga ko„' tomlik kitoblar va davriy nashrlar bibliografik
tavsif elementlarini kiritishda o„ziga xos texnologiyaga ega.
27
Ushbu tizimni BMI ishida tanlanishinig yana bir jihati shundaki hozirgi vaqtga
kelib Respublikamizdagi Oliy va o„rta-maxsus talimining ARMlarinig aynan
ARMAT asosiy dasturiy vosita sifatida foydalanilayotganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: