Taktli sinxronizatsiya tarmoqlarida asosiy boshqarish sxemalar
Sinxronizatsiyaning asosiy masalalari va asosiy tushunchalari xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) G.810 [6] tavsiyalarida berilgan, ular raqamli TOAT uchun dolzarbdir.
Taktli sinxronizatsiyaning maqsadi — birlamchi taktli interval uzunligi xo yoki taktli chastota f o haqidagi axborotlarni bir tarmoqning barcha qurilma/tugunlariga yoki barcha o'zaro ta'sirlashuvdagi tarmoqlarga talab etiladigan aniqlikda uzatishdan iborat. Bu maqsadga erishish tarmoq operatoriga sinxronizatsiya manbayining berilgan aniqligi uchun tanlangan vaqt oralig‘ida minimum yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sliplar soni haqida axborotga ega bo'lish imkonini beradi. Bu barcha tarmoq tugunlarida eng yuqori sifatli saqlovchi manba yoki taymerni o'rnatish bilan barobar. Ko‘rsatilgan masalani soddalashtirish mumkin: tarmoqning markaziy tugunida bitta yuqori aniqlikh generatomi o’rnatish va bosliqa larmoq tugunlarida uning ko'rsatkichlarini translyatsiya qilish hamda ko'paytirish.
Buning uchun nafaaqat yuqori aniqlikdagi birlamchi generatorga, balki ishonchli sinxronizalsiya signalini taqsimlovchi tizim (SSTT)ga ham ega bo'lish kerak. Agar tarmoq katta bo‘lsa, u (sinxronizatsiya maqsadiga erishish uchun) bir necha regional tarmoqlarga boMinishi mumkin, har bir regional tarm oqda birlamchi generator o ‘rnatiladi va sinxronizatsiya signalini taqsimlash xizmati tashkil etiladi. Bu tizim TTSning uch muqobil sxemalari bo'yicha tuzilishi mumkin (3- rasm);
-bir sathli yulduzcha sxemasi (3-a rasm), bunda tarmoqning hamma tugunlari taktli impulslaming (yulduzcha markazida joylashgan) birlamchi etalon generator (BEG) (uni birinchi sathli saqlovchi manba deb ataymiz) manbayi bilan ta’minlanadi;
(O — tarmoqning sinxronizatsiyalanadigan tugunlari, SB— sinxronizatsiya bloklari, M ChBG — mahalliy chastota bemvchi generator);
— bir sathli taqsimlangan sxema (3-b rasm), bunda har bir (yoki har bir ikkinchi) tarmoq tuguni BEG yoki uning ekvivalenti
— BEG signallarini qabul qilgich (masalan, GLONASS yoki GPS tizim) bilan jihozlanadi; — iyerarxik ko‘p sathli sxema (3-d rasm)da BEG (iyerarxiyaning birinchi sathi) joylashtiriladigan, bazaviy nuqta aniqlanadi.
3-rasm:Taktli tarmoq sinxronizatsiyasini tuzish usullari: bir sathi yulduzcha sxemasi (a), bir sathli taqsimlangan sxema (b), iyerarxik ko‘p sathli sxema (d)
Xulosa: Bizga malumki aloqa sohasida sinxronizatsiya muhim ahamiyatga ega.Shu bilan birga optic aloqa tarmog’ida ham sinxronizatsiya o’rni bo’lakcha.Sinxronizatsiyani qo’llashdan asosiy maqsad signallar tologa kirish va chiqish sinxron ravishda amalga oshishi, analogdan -raqamliga va raqamlidan analoga o’tish bosqichlarida sinxronizaysiya muhim ro’l o’ynaydi.Men bu mavzu bo’yich o’zimga kerakli malumotga ega bo’ldim.