FDDI kompyuter tarmog’i
FDDI - inglizcha Fiber Distributed Data Interface ya’ni ma’lumotlarni optik tolada tarqatish interfeysi hisoblanib, lokal mahalliy tarmoqlarning yangi standarti bo’lib, Amerikaning milliy institute tomonidan ANSI standarti taklif qilingan. Ushbu tarmoqdagi ma’lumotlar uzatish tezligi 100 Mbit/sek. mo’ljallangan. Bundan tashqari, ushbu tarmoqning yutug’i bu juda yuqori darajada tashqi xalaqitlardan himoyalanganligi, uzatilayotgan ma’lumotlarni maksimal sirliligini saqlashdan iboratdir. Katta tezligining yutug’i bu video tasvirlarni real vaqtda etkazib berish va uzatish kanallarining uzunligi bir necha kilometrgacha kuchaytirgichsiz ishlatilishi hisoblanadi.
FDDI standarti asosida IEEE 802.5 (Token-Ring) tarmog’i yaratilgan. Ushbu tarmoq xalqasimon topologiyasiga ega. Ushbu IEEE 802.5 (Token-Ring) halqasimon strukturaga ega bo’lgan kompyuter tarmog’i 2 ta optik kabelda yaratilgan bo’lib, kabelning biri zahirada (rezerv) ya’ni ikki tomonlama dupleks rejimida ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Shuning uchun uzatish tezligi 200 Mbit/sek. Yulduzsimon va xalqa topologiyasi birgalikda ishlatilishi mumkin. FDDI tarmog’ining asosiy texnik Harakteristikalari quyidagicha: Tarmoqdagi maksimal abonentlar soni– 1000ta; Xalqasimon tarmoqning maksimal uzunligi – 20 km; Tarmoqdagi abonentlarning maksimal oralig’i – 2 km; Ma’lumotlar uzatish aloqa kanallari sifatida ko’p modali optik tolali kabellari ishlatiladi. Uzatish tezligi – 100 Mbit/sek (dupleksda – 200 Mbit/sek. FDDI tarmog’ining Fast Ethernet ga nisbatan yutug’i tarmoqning kattaligi va ulanish vaqtining juda kichikligi hisoblanadi, ya’ni tarmoqning umumiy uzunligi 20 km bo’lganligi bilan signalning so’nishligi farq o’ynamaydi, eng asosiysi tarmoqqa kirish va uzatish vaqtining kichikligi hisoblanadi. Bir modali optik kabel ishlatilganda abonentlar orasidagi masofa 45 km gacha, umumiy masofa 200 km gacha bo’lishi mumkin. Agar UTP elektr kabelining 5 kategoriyasini ishlatib RJ-45 konnektori orqali bog’langanda ham abonentlar orasidagi masofa 100 metrdan oshmaydi.
FDDI tarmoq stanstiyasining abonentlari va konstentratorlaridan tashqari yonlab o’tish (bypass switch) konstentratorlari ishlatilishi mumkin. Ushbu kommutatorlar uzilgan abonentlarning elektr signallari orqali o’ziga ulatib tarmoqqa bog’lab qo’yadi. Albatta, yonlab (aylanib) o’tish davrida qo’shimcha signallarni so’nish darajasi oshadi ya’ni 2,5 dB gacha bir kommutator uchun. IEEE - Institute of Electrical and Electronics Engineers - «Elektrotexnika va elektronika muxandislar instituti» tomonidan qabul qilingan ushbu FDDI tarmoq standarti asosida uzatilayotgan ma’lumotlar marker jo’natish prinstipida ishlaydi. Ya’ni ma’lumot uzatmoqchi bo’lgan abonent xalqasimon tarmoqga marker jo’natadi. Qabul qiluvchi abonent markerni qabul qilib nusxalaydi va belgi qo’yib qayta jo’natadi. Uzatgan abonent uni qayta qabul qilib o’chiradi va xabarini jo’nata boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |