Hisobot mazmuni.
2-laboratoriya ishi bo‘yicha har bitta talaba 2tadan topshiriqlarni bajaradi.
1-chi topshiriqda talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM va YOKI mantiqiy elementlari yordamida (Electronics WorkBench dasturida) yasab, rostlik jadvali tuziladi va hisobot elektron va qog‘oz shakllarida topshiriladi.
2-laboratoriya ishi bo‘yicha 1-chi topshiriq variantlari quyidagicha:
2.5-jadval.
Variant №
|
Berilgan funksiya
|
Variant №
|
Berilgan funksiya
|
1.
|
f=AC+BC+AB
|
9.
|
f=A+C+BD
|
2.
|
f=AB+C+D
|
10.
|
f=BD+AC+CD
|
3.
|
f=ABC+D
|
11.
|
f=ABC+ABD
|
4.
|
f=AB+CDE
|
12.
|
f=ABE+CDE+BC
|
5.
|
f=BC+AC+D
|
13.
|
f=BC+AB+AD+BD
|
6.
|
f=ABD+CE
|
14.
|
f=ABCD+BE+AE
|
7.
|
f=BD+A+CEB
|
15.
|
f=ABC+BCD+CDE
|
8.
|
f=AB+AC+CD
|
16.
|
f=AC+BE+BD+AD
|
2. 2-chi topshiriqda talabalar berilgan funksiyaning elektron sxemasini HAM va YOKI mantiqiy elementlari yordamida yasashi (Electronics WorkBench dasturida) va rostlik jadvalini (elektron shaklda) tuzishi kerak.
2-chi topshiriq bo‘yicha laboratoriya ishi hisoboti qog‘oz shaklda topshiriladi.
2-laboratoriya ishi bo‘yicha 2-chi topshiriq variantlari quyidagicha:
2.6-jadval.
Variant №
|
Berilgan funksiya
|
Variant №
|
Berilgan funksiya
|
1.
|
f=(AC+B)(D+E)
|
9.
|
f=(AB+C+D)E
|
2.
|
f=A(CE+BD)+BC
|
10.
|
f=(A+CD)BE
|
3.
|
f=(A+C)(B+E)D
|
11.
|
f=(A+B)(C+DE)
|
4.
|
f=(A+BD)CE
|
12.
|
f=(A+BE)CD
|
5.
|
f=(AC+BC)D
|
13.
|
f=(BC+AD)E
|
6.
|
f=AB(C+D)+E
|
14.
|
f=(A+B)C+D
|
7.
|
f=(AB+C)DE
|
15.
|
f=(A+C)BD
|
8.
|
f=(AB+CD)E
|
16.
|
f=(AC+D)B
|
Mustaqil bajarish (tayyorlanish) uchun savollar
HAM mantiqiy elementi Electronics Workbench dasturida qanday tasvirlanadi?
YOKI mantiqiy elementi Electronics Workbench dasturida qanday akslantiriladi?
HAM va YOKI mantiqiy elementlari yordamida 2HAM-EMAS ME i qanday yasaladi?
HAM va YOKI mantiqiy elementlari yordamida n-HAM EMAS ME i qanday yasaladi?
HAM mantiqiy elementi sxemasi qanday ko‘rinishda?
YOKI mantiqiy elementi sxemasi qanday elementlari asosida yasaladi?
YOKI funksiyasining rostlik jadvali tuzing.
HAM funksiyasining rostlik jadvali tuzing.
Bul qo‘shuv funksiyasi deb qaysi funksiyaga aytiladi?
Bul ko‘paytirish funksiyasi deb qanday funksiyaga aytiladi?
3 laboratoriya ishi. EMAS mantiqiy elementini o‘rganish
Laboratoriya ishining maqsadi. EMAS mantiqiy elementini tadqiq etish. Sxemada belgilanishi. Rostlik jadvali. HAM-EMAS ME asosida EMAS MEini yasash. YOKI-EMAS ME asosida EMAS MEini yasashni o‘rganish.
Laboratoriya ishi topshirig‘i.
2.1. EMAS mantiqiy elementini sxemada belgilanishi o‘rganish.
2.2. EMAS mantiqiy elementini rostlik jadvalini bilish.
2.3. HAM-EMAS ME asosida EMAS MEini yasash.
2.4. YOKI-EMAS ME asosida EMAS MEini yasash.
Nazariy ma’lumotlar
EMAS mantiqiy elementi. Bul algebrasida qo‘shuv va ko‘paytirish operatsiyalari mavjud, ammo bo‘lish va ayirish operatsiyalari mavjud emas. Lekin Bul algebrasida yana bir fundamental operatsiya, ya’ni inversiya (to‘liqlash) operatsiyasi mavjud. 3.1-rasmda ko‘rsatilgan o‘zgartkich sxemasini ko‘rib chiqamiz.
3.1-rasm. A va Ā o‘zgaruvchilarining parallel ulanishi.
U 2ta bog‘langan o‘zgartkichlardan iborat. Agar ularning biri yopiq bo‘lsa, ikkinchisi albatta ochiq bo‘ladi. 3.1-rasmda ochiq o‘zgartkich Bul o‘zgaruvchisi A bilan hamda yopiq o‘zgartkich esa Bul o‘zgaruvchisi Ā bilan ifodalangan. YUqori o‘zgartkich uchun A=0 bo‘ladi, sababi bu o‘zgartkich ochiq, pastki (quyi) o‘zgartkich uchun esa Ā=1 bo‘ladi, sababi yuqorgi o‘zgartkich ochiq. Aytishlaricha A inversiyasi bu Ā yoki A-EMAS. Bundan kelib chiqadiki, A o‘zgaruvchini tepa chizig‘i o‘zgaruvchi inversiyasini (yoki inkor) ifodalaydi.
f = A + Ā funksiyasining rostlik jadvali 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval.
Jadvalga asosan A=0 va Ā=1 bo‘lganda f=1 bo‘ladi hamda A=1 va Ā=0 bo‘lganda f=1 bo‘ladi. Bu esa nuqtalar orasida barcha vaqt ulanish (aloqa) mavjudligini bildiradi. Bu sxemaning tenglamasi A + Ā = 1 algebraik ko‘rinishda ifodalanadi (to‘liqlashtirish teoremasi). Bundan kelib chiqadiki A * Ā = 0 bo‘ladi.
f = A * Ā funksiyasining o‘zgartkichli kontakt sxemasi 3.2-rasmda va bu sxemaning rostlik jadvali 3.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
3.2-rasm. A va Ā o‘zgaruvchilarining ketma-ket ulanishi.
3.2-jadval.
Invertor 3.3-rasmda keltirilgan elektron sxema yordamida belgilanishi mumkin. Agar sxemaning kirishida mantiqiy «0» bo‘lsa, u holda sxemaning chiqishida mantiqiy «1» bo‘ladi va teskari.
3.3-rasm. EMAS elementining belgilanishi.
3.4-rasmda ko‘rsatilganidek, agarda 2ta invertor ketma-ket ulangan bo‘lsa, unda 2-chi invertor kirishi Ā bo‘ladi va uning chiqishi Ā ning inversiyasi bo‘ladi hamda uni ko‘rinishida yozish mumkin. Lekin sxemadan ko‘rinadiki, 2-chi invertor chiqishidagi signal 1-chi invertor kirishidagi signal bilan mos keladi hamda shu sababli A = bo‘ladi.
3.4-rasm. 2ta EMAS elementining ketma-ket ulanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |