Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


II BOB. 4G MOBIL ALOQA TARMOQLARI XIZMAT KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASH



Download 0,64 Mb.
bet9/27
Sana16.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#493172
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
mobil aloqa tizimlarining 4 avlodi xizmat korsatish sifatini baholash

II BOB. 4G MOBIL ALOQA TARMOQLARI XIZMAT KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASH

2.1. Harakatdagi radioaloqa tizimlarining vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchami


Harakatdagi radioaloqa tizimilari(XRT)ni vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchamlariga bog’liq ravishda 4 sinfga ajratish mumkin:

  1. Xizmat ko’rsatish zonasi bitta nurda 400-800 km va orbitaning balandligiga bog’liq ravishda bir sun’iy yo’ldosh uchun 3000-8000 km diametrdagi sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari;

  2. Ta’sir etish radiusi 0.3 dan 35 kmgacha bo’lgan uyali harakatdagi radioaloqa tizimlari;

  3. Xizmat ko’rsatish zonasi antennaning ko’tarilish balandligiga qarab 2 dan 50 km gacha bo’lgan radiusda ishlovchi professional mobil (Tranking) radioaloqa tizimlari;

  4. Sota o’lchamlari 0.3 km radiusgacha bo’lgan simsiz telefoniya tizimlari.

Turli sinflardagi tizimlar orasidagi farq, avvalo, taqdim etiladigan xizmat turlari va sifatidan iborat. Yuqoriroq sifatni ham mobil, ham stasionar (umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ISDN va boshqalar) abonentlar uchun ikki tomonlama radioaloqa xizmatlarini taqdim etadigan sotali tarmoqlar va simsiz telefoniya tizimlari ta’minlaydi. Aynan shu xizmatlar, lekin kamroq imkoniyatlar bilan sun’iy yo’ldoshli tizimlarda ishlatiladi. PMR tizimlarida esa asosiy xizmat ko’rsatish turlari yarim dupleksli aloqa va abonentlarni guruhli chaqirish hisoblanadi [19].
Xizmat ko’rsatish zonalarining o’lchamlari xizmat ko’rsatiladigan hudud bo’yicha abonentlarning zichligi va taqsimlanish xarakteriga bog’liq. Abonentlar soni yuqori zichlikli joylarda 100m gacha radiusli femtosotalar va pikosotalar yaratiladi, ko’p binoli va aholisi yuqori zichlikda joylashgan hududlarda esa mikrosotalar (0.1-0.5 km) tashkil etiladi. Shahar va shahar atrofidagi zonalarni qamraydigan makrosotali zonalarning ta’sir etish radiusi 30-35 kmdan oshmaydi. Olis va borish qiyin tumanlarda qishloq joylarida abonentlarga xizmat ko’rsatish ham sotali, ham sun’iy yo’ldoshli tizimlarda amalga oshirilishi mumkin.
Sotali tarmoqlar va simsiz telefoniya tizimlari bir kvadrat kilometrli hududda 10000 erlangacha bo’lgan katta zichlikda joylashgan abonentlarga xizmat ko’rsatishi mumkin. Tranking tarmoqlar esa trafik hajmi 1-2 erl/kv.kmdan oshmagan hollarda samaraliroq hisoblanadi. Sotali tizimlarda spektral samaradorlikni oshirish uchun TDMA va CDMA ko’p stansiyali ulanish texnologiyalari qo’llaniladigan keng polosali kanallardan foydalaniladi. Shu bilan bir vaqtda PMR tarmoqlarda asosan FDMA yoki TDMA li qisqa polosali kanallar qo’llaniladi.
Boshqa farqlar aloqani tashkil etish sxemasida bo’ladi. Sotali aloqa va simsiz telefoniya tizimlarida abonentlar orasida individual chaqiruvlar amalga oshiriladi. Bunda so’zlashuvning o’rtacha davomiyligi bir necha minutlarga еtishi mumkin. PMR tizimlarining odatiy ish rejimi esa qisqa uzatishga, lekin tez-tez chaqiruvlarga (1 minutdan kam) asoslangan. Chaqiruvlar to’g’ridan-to’g’ri, yoki dispetcher orqali amalga oshirilishi mumkin. PMR tizimlarida aloqa o’rnatish vaqti qoidaga ko’ra, 0.3s dan oshmasligi kerak.
Chastotaviy resursdan foydalanish usuli bo’yicha harakatdagi radioaloqa tizimlari ikki sinfga ajratiladi:

  • abonentlarga kanallar qattiq biriktirilgan aloqa tizimlari;

  • umumiy xizmat ko’rsatish zonasida abonentlarning talabi bo’yicha kanallarni taqdim etishli tizimlar.

Kanallarning o’zgartirilmasdan biriktirishli tizimlarda yuqori operativ aloqa ta’minlanadi. Kanallarni o’zgartirilmasdan biriktirish prinsipi PMR konvensional tizimlarida keng tarqaldi. Tranking tizimlar erkin ulanishli tizimlar qatoriga kiradi. Ular tanlangan chastotalar guruhi ichida istalgan kanalda ishlash imkoniyatini beradi; binobarin, aniq (konkret ) bir kanal ajratilgan resursga biriktiriladi. Sotali aloqa va simsiz telefoniya tizimlarida abonent bir xizmat ko’rsatish zonasida joylashganida talab bo’yicha kanalni taqdim etish ta’minlanadi.
XRTda yangi tizimiy va texnik еchimlardan foydalanish signal/shovqin7 nisbatini (inglizcha Eb /N0) yaxshilash imkoniyatini berdi. Agar analog tizimlarda Eb /N0 nisbat 17-18 dB bo’lgan bo’lsa, unda raqamli tizimlarda bu ko’rsatkich 7-9 db ga teng bo’ldi.
Harakatdagi radioaloqa еr usti tizimlari uchun (sun’iy yo’ldoshli tizimlardan tashqari) o’zaro nisbiy xarakteristikalar 2.1-jadvalda keltirilgan. Keltirilgan tizimlar ro’yxati yetarlicha to’liq bo’lmasada, baribir, u yoki bu tizimni qurishdagi farqlarni baholash imkonini beradi.
“Signal-shovqin” nisbati bu 1 bitli signal energiyasini 1Gs dagi shovqinlar quvvati zichligiga nisbatidir (Eb /N0). XRTda bu parametr ko’rsatkichi qanchalik past bo’lsa, tizimning aloqa sifat shunchalik yuqori bo’ladi. Eb /N0 ko’rsatkichi katta amaliy ahamiyatga ega, chunki xatoli bitlarning paydo bo’lish tezligi bu nisbatning (kamayuvchi) funksiyasi hisoblanadi.(2-jadval)

2-Jadval.



Standart

2-avlod sotali aloqa tizimlari

Simsiz telefoniya

PMR raqamli tizimlari

Xarakteristika

GSM

D-AMPS

cdmaOne

PDC

CT-2

DECT

TETRA

APCO-25

Tetrapol

Chastotalar diapazoni, MGs

890-915/1710-1785; 935-960/1805-1880

824-849; 869-894

824-849; 869-894

810-826; 940-956; 1429-1453 1477-1501

864-868

1880-1900

380-400; 410-430 (450-470)

138-174; 406-512; 746-869

70... 520

Chastota polosasi kengligi, MGs

25

25

25

25

24

20

20

n/o

5

Dupleksnыy raznos, MGs

45/95

45

45

48(130)

Yo’q

Yo’q

10

n/o

10

Kanalnыy raznos, kGs

200

30

1250

25 (50)

100

1728

25

12,5/6,25

12,5/10

Dupleks kanallar soni

124

832

20

640

40

10

n/d

n/d

400

Mnogostansionnыy dostup

TDMA

TDMA

CDMA

TDMA

FDMA

TDMA

TDMA

FDMA

FDMA

Metod dupleksirovaniya kanalov

FDD

FDD

FDD

FDD

TDD

TDD

FDD

FDD

FDD

Bitta eltuvchiga to’g’ri keladigan kanallar soni

8 ili 16

3(6)

55

3(6)

1

12

4

1

1

Modulyasiya usuli

GMSK

π/4 DQPSK

QPSK (BS) OQPSK (M)

π/4 DQPSK

GFSK

GFSK

π/4 DQPSK

C4FM CQPSK

GMSK

Ma’lumotlar uzatish tezligi, kbit/s

270,8 (EDGE)

48,6

1288

42

72

1152

32 (vkl. 4 log.kanala)

9,6

8

Ovoz kodeki turi

RPE-LTP

VSELP

QCELP

VSELP

ADPCM

ADPCM

ACELP

IMBE

RPCELP

Ovoz kodeki tezligi, kbit/s

13 ili 6,5

7,95

13 ili 8,5

6,7

32

32

4,5

4,4

6

Ovoz uchun kanalli kodlash

R=l/2, K=5

R=l/2

R=l/3,R=l/2

R=l/2

n/d

CRC

R=2/3

R=l/2, Goley

n/d

Kadr uzunligi, ms

4,6

40

20

20

2

10

57

180

20

MS quvvati o’rtacha (maksimal (pikovaya)), Vt

GSM-900: 0,1-8 (0,6-20)
GSM-1800: 0,25 - 1(0,03 -0,125)

3,0 (9); 1,6(4,8); 1,6(1,8)

0,6 (6,3); 2,5; 1,0

0,66 (2)

0, 005 (0,01)

0,01 (0,25)

2.5 (10); 0,75 (3); 1(0,25)

n/o

10 (avtom.)

Otnosheniе Eb/No

9

16

6-7

17

20

12

19

n/o

n/o

Xendover

Bor

Bor

Bor (myagkiy)

Bor

Yo’q

Yo’q

Bor

n/o

n/o




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish