https://t.me/Yazdanov_biologiya
35
8.Quyidagi ma'lumotlardan nechtasi noto'g'ri emas: 1-kechki ovqat uyquga yotishdan 3 soat oldin yeyiladi, 2-sutkasiga 4
marta ovqatlanish kerak, 3-12-14 yoshli o'quvchilarda energiya sarfi 1900 kkal, 4-o'simliklar tarkibidagi kraxmal ichak va
oshqozon devori muskullarining qisqarishiga yordam beradi,5- 1 kaloriya 1 litr suvni 1 °C ga isitish uchun sarf bo'ladigan
energiyaga teng,6-soat 11:00 da bo'ladigan ikkinchi nonushta buterbrod yoki bulochka bilan choy yoki kofedan iborat
bo'ladi,7-katta yoshli odam bir sutkada 100-120 g oqsil va 80-120 g yog' iste'mol qilishi lozim,8-o'lim semirish dardiga
uchragan kishilar orasida boshqalarga qaraganda uch baravar ko'p uchraydi.
A) 5 tasi B) 3tasi C)6 tasi D) 2 tasi
9.Mehnat faoliyatining turiga qarab odamlarning bir sutkada sarflaydigan energiya miqdorini to'g'ri juftlashtiring: a-og'ir
jismoniy mehnat bilan mashg'ul kishilar; b-qisman mexanizatsiyalashgan mehnat kishilari; c-mexanizatsiyalashgan
mehnat kishilari; d-aqliy mehnat kishilari; e-12-14 yoshli o'quvchilar; j-8-11 yoshli o'quvchilar.
1-1900 kkal; 2-2400 kkal; 3-2200-2900 kkal; 4-2950-3200 kkal; 5-3450-3700 kkal; 6-3900-4300 kkal.
A)a-1;b-2;c-3; d-4;e-5; j-6 B) a-1;b-5; c-3; d-4;e-2; j-6 C) a-6;b-5;c-4; d-3;e-2; j-1 D) a-5;b-2;c-3; d-4;e-1; j-6
10.Katta yoshli odamlarda oziq moddalardan ajraladigan energiya(kkal) miqdori 8-11 yoshli bolalarning oziq
moddalardan ajraladigan energiyadan qanchaga farq qiladi?
A)600-700 kkal B)800-700 kkal C)900-1000 kkal D)1100-700 kkal
11. 5-7 yoshli bolalarda sutkalik ovqat ratsionidagi oqsillardan ajralgan energiyani (kkal) aniqlang?
A)266,5-307,5 kkal B)2400-2800 kkal C)265,6-308,5 kkal D)1800-2300 kkal
12. Otabek bir kecha kunduzda ovqati tarkibida 100 yog’, 80 g uglevod va 80 g oqsil iste’mol qilsa, otabekni tushligidan
ajralgan energiya miqdorini hisoblang.(ratsional ovqatlanish qoidasining yuqori foiziga amal qilgan)
A) 566 kkal B) 634,4 kkal C) 446,8 kkal D) 700 kkal
13.
Agar Sardorning bir kecha kunduzdagi ovqatidan ajralgan energiya umumiy 1750 kkal ga teng bo’lsa, va ovqati
tarkibida oqsil va uglevod miqdori teng bo’lsa, va yog’dan ajralgan energiya 930 kkal ni tashkil qilsa, Sardorning ovqati
tarkibidagi oqsildan ajralgan energiya miqdorini hisoblang.
A) 410 kkal B) 500 kkal C) 340 kkal D) 236 kkal
14. Dilnozaning bir kecha kunduzdagi ovqati tarkibidagi oqsil va yog’ umumiy 250 g ni tashkil qiladi,uglevod esa 60 g ni
tashkil qiladi. Yog’dan va oqsildan ajralgan energiyani farqi 315 kkal ga teng bo’lsa, yog’dan ajralgan energiya umumiy
ovqatdan ajralgan energiyani necha foizini tashkil qiladi?
A) 67 % B) 52 % C) 78 % D) 48 %
15. Botirning tana massasi 85 kg ga teng. Botir ratsional ovqatlanishni miqdor qoidasiga amal qilmasadan tushki
ovqtalanish paytda normadagiga nisbatan 6 % ko’p ovqat ite’mol qildi. Botirni bir kecha kunduzdagi tushki va
qo’shimcha ovqatlanishdan ajralgan energiya umumiy 1170,96 kkal ni tashkil qilsa, Botirni tushki ovqatidan ajralgan
energiya, umumiy ovqatdan ajralgan energiyani necha foizini tashkil qiladi?
A) 56,7 % B) 67,8 % C) 40 % D) 42,4 %
Do'stlaringiz bilan baham: