40- §. Nerv sistemasining funksiyasi
1.Noto'g'ri bo'lmagan fikrlarni ajrating: a-qo'zg'alish daqiqasiga 4,4 m dan 100 m gacha tezlikda o'tkaziladi,b-qo'zg'alish
tasirida organizmda javob reaksiya -refleks hosil bo'ladi, c-qo'zg'alish nerv signallar holatida miyaga,miyadan esa
organlarga uzatiladi, d-organizmdagi har qanday harakat refleks orqali amalga oshadi, g-refleks yoyi 4 qismdan tashkil
topadi, h-tormozlanish kuchsizlansa,qo'zg'alish kuchayadi, i-qo'zg'alish va tormozlanish o'rtasida bog'lanish mavjud emas.
A)a,c,d,h B)c,d,i,h C)b,c,d,h D)i,b,c,d
2.Refleks yoyida nerv signallari o'tadigan yo'lni ko'rsating: a-oraliq neyron, b-sezuvchi neyron, d-ishchi organ,e-
retseptorlar,f-harakatlantiruvchi neyron
A)1-f, 2-b,3-a,4-e,5-d B)1-e,2-b,3-a,4-f,5-d C) 1-f, 2-a,3-b,4-e,5-d D) 1-d, 2-f,3-a,4-d,5-e
3.Terminlarni ularga mos keluvchi tushunchalar bilan birga juftlab yozing: a-mediator, b-sinaps,d-reflektorlik,e-refleks
yoyi,f-refleks. 1-qo'zg'alishlarni o'tadigan yo'l, 2-nerv hujayralarining neyronlar tutashgan joyi, 3-nerv signallari sinaps
bo'shlig'iga ajratadigan modda, 4-refleks hosil qilish, 5-organizmning tashqi va ichki muhit ta'siriga javob reaksiyasi.
A)a-3,b-2,d-4,e-1,f-5 B) a-5,b-2,d-4,e-1,f-3 C) a-2,b-3,d-4,e-1,f-5 D) a-3,b-2,d-1,e-4,f-5
4.Nerv impulslari 100 m/sekund tezlikda o'tkaziladi. Bo'yi 2,1 m odamning oyog'iga zirapcha kirsa, u qancha vaqtdan
so'ng og'riq sezib oyog'ini tortib oladi?
A)0,018 B)0,021 C)0,21 D)0,18
5.Harakat neyron refleks yoyida nechanchi qismga to'g'ri keladi? A)1 B)2 C)5 D)4
6.Nerv sistemasining funksiyasiga nima bilan bog'liq? A)reflektorlik faoliyati B)qo'zg'alish jarayoniga
C)tormozlanish jarayoniga D) B va C javoblar togri
7.Nerv impulslari qanday tabiatga ega? A)elektr B)o'tkir C)keskin D)reflektor
8.Tormozlanishning butunlay yo'qolishi ba'zan nimaga olib keladi?
A)kuchli qo'zg'alishga B)nerv sistemasining toliqishi va kasallanishi C)o'limga D)b.j.to'g'ri
9.Neyronlardagi qo'zg'alish nimadan iborat?
A)reflektorlik reaksiyalarlarining paydo bo'lishida B)reflektorlik reaksiyalarining kuchayishidan
C)A va B javoblar D)reflektorlik reaksiyalarining pasayishi yoki butunlay yo'qolishidan
10.Quyidagilardan nechtasiga xilma-xil degan fikrni ishlatish mumkin? a-reflekslar,b-retseptorlar,c-aksonlar,d-
dendritlar,g-sinapslar,e-mediatorlar.
A)2 tasiga B)1 tasiga C)6 tasiga D)3 tasiga
11.Nerv impulslari sezuvchi neyronlardan keyin qayerga o'tadi? A)markaziy nerv sistemasiga
B)oraliq neyronlarga C)harakatlantiruvchi neyronlar D) A va B javoblar
12.Refleks yoyi nimadan boshlanadi? A)tashqi muhitdan B)retseptordan C)nerv markazidan D)t.j.berilmagan
https://t.me/Yazdanov_biologiya
44
13.Refleks yoyidan ishchi organdan oldin joylashgan qismni belgilang? A)retseptor B)sezuvchi neyron
C)harakatlantiruvchi neyron D)oraliq neyron
14.Ayni tush payti bosh ko'tarib quyoshga qaragan kishi ixtiyorsiz aksa urib yuboradi. Nima uchun shunday bo'ladi?
A)yorug'lik nuri ko'zning nervini qo'zg'atib,aksirish markaziga ta'sir qiladi
B)chunki yorug'lik bunda faqat qitiqlagich vazifasini bajarib, havo asosiy vazifani bajaradi.
C)aniq sababini bilmayman D)yorug'lik nuri ko'zning nervini qo'zg'atib nafas olishning quyi nerv markaziga tasir etadi
15. Simpatik nerv sistemasiga xos xususiyatlarni aniqlang.1) ter ajralishini kuchaytiradi 2) nafas yo’llarini toraytiradi 3)
bu joylashgan sohada joylashgannerv markazi oyoqning oldingi yuzasigacha bo’lgan to’qima va organlarning sezish va
harakatlanish funksiyasini boshqaradi 4) muskullar tarangligini orttiradi 5) yoz faslida oshqozon-ichak harakati uchun
faoliyati kuchayadi 6) 26-chi segmentda joylashgan 7) yurak urishini sekinlashtiradi 8) arteriya qon tomirlarini toraytiradi
9) chanoq bo’shlig’ida joylashgan organlarga boradi 10) bosh va yuz sohasida organlar ishini ta’minlaydi
A) 1.3.5.8 B) 1.4.5.8 C) 4.6.8.10 D) 1.5.6.8
Do'stlaringiz bilan baham: |