Vatan, vatan, deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango na g‘am qolur, avlodima o‘yu vatanim.
A) Avloniy # B) Fitrat
C) Hamza D) Furqat
87. Quyidagi she’r muallifini toping?
Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!
Javlon urib yashaydurg‘on vatanimizsan!
Seni sotmoq mumkinmidur, o‘zing o‘yla!
Tiling bo‘lsa, hasratlaring tuzuk so‘yla.
A) Abdulla Oripov B) Usmon Nosir
C) Abdulla Avloniy # D) Erkin Vohidov
88. «Sohibqiron» dramasi muallifi kim?
A) Mirkarim Osim B) Mirtemir
C) Abdulla Oripov # D) Erkin Vohidov
89. «Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!», – deya qalbiga xitob qilgan ijodkorni toping.
A) Erkin Vohidov B) Mirtemir
C) To‘ra Sulaymon D) Usmon Nosir #
90. Quyidagi fikrlar qaysi she’riy asarning nasriy bayonidan olingan?
«Kimki to‘g‘rilik yo‘lini bilmoqchi bo‘lsa, bilsinki, bu ikki xil bo‘ladi. Biri shuki, kishining so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Yana biri shuki, yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalganidan to‘g‘ri deydi».
A) «Nasihatlar» B) «Hibat ul-haqoyiq»
C) «Hayrat ul-abror» # D) «Mahbub-ul qulub»
91. Qaysi asarda oralarida bir-birlariga nisbatan paydo bo‘lgan muhabbatga hatto osmon ham hasad qiladigan ikki do‘st haqida gapiriladi?
A) «Sher va durroj» hikoyatida# B) «Bulbul» ertagida
C) «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida D) «Susambil» ertagida
92. Quyidagi fikrlar qaysi ijodkor haqida?
«Yetti yoshida O‘qchi mahallasidagi boshlang‘ich maktabga o‘qishga boradi, uni 1890-yilda tugatgach, shu mahalladagi madrasada tahsil oladi. Keyinroq tahsilni Shayxontohurdagi madrasada davom ettiradi. Qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘ladi».
A) Abdulla Avloniy # B) Abdulla Qodiriy
C) Sa’diy Sheroziy D) Muqimiy
93. Quyidagi fikrlar qaysi shoirning ijodi haqida?
«Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so‘ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash».
A) Mirtemir # B) Usmon Nosir
C) Erkin Vohidov D) Hamid Olimjon
94. A.S. Pushkin, M.Y. Lermontov, N.A. Nekrasov, T.G. Shevchen-ko she’rlarini, dostonlarini o‘zbekchaga o‘girgan ijodkorni toping.
A) Mirtemir # B) Usmon Nosir
C) Maqsud Shayxzoda D) Oybek
95. Usmon Nosir she’riyatida nima «gul»ga, «barglari ko‘m-ko‘k palak»ka, go‘zal «malak»ka o‘xshatilgan?
A) bolalik # B) yor C) vatan D) ezgulik
96. «Tingla, hayot!» to‘plami muallifi kim?
A) G‘afur G‘ulom B) Usmon Nosir
C) Mirtemir # D) Oybek
97. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asari haqida «sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi» deya baho beradi?
A) «Cho‘l havosi»# B) «Urushning so‘nggi qurboni»
C) «Ikki eshik orasi» D) «Dunyoning ishlari»
98. Bir necha marta xalq deputatligiga saylangan, Oliy Majlisda qo‘mita raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan ijodkorni toping.
A) Abdulla Oripov B) O‘tkir Hoshimov #
C) Xurshid Davron D) Erkin Vohidov
99. «Avval bobosi qo‘lida va eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko‘radi». Gap qaysi adib haqida ketmoqda?
A) Mirtemir # B) Turob To‘la
C) Asqad Muxtor D) Usmon Nosir
100. «Eng dahshatli sukunat shoir jim yursa!» misrasi muallifi kim?
A) Usmon Nosir B) Oybek
C) Abdulla Oripov D) Xurshid Davron#
101. «O‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari yalingansimon qaraydigan… qalbi shafqatga, mehrga, bir so‘z bilan aytganda, insoniy hislarga limmo-lim to‘la» bo‘lgan qahramonni toping?
A) Sobir baqqol B) Dadaqo‘zi ota
C) Qora buvi D) Fanorchi ota#
102. Qaysi ijodkor o‘z hikoyasini «O‘sha darvesh men o‘zim edim», – deb tugatadi?
A) Zavqiy B) Mashrab C) Gulxaniy D) Sa’diy Sheroziy #
103. Quyidagi misralar muallifi nomini nuqtalar o‘rniga qo‘ying.
… she’rin ko‘rib ichi qoralar,
Do'stlaringiz bilan baham: |