Telegram kanalida bepul tarqatdi


ERTAK-DOSTON HAQIDA TUSHUNCHA



Download 1,87 Mb.
bet11/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

ERTAK-DOSTON HAQIDA TUSHUNCHA.
(Darslikda 73–88 betlar)

1. Hamid Olimjonning zamonaviy mavzuda yozgan she’riy dramasi qaysi?


A) «O‘zbekiston» B) «Jinoyat» #
C) «Oygul bilan Baxtiyor» D) «Muqanna»

2. Hamid Olimjonning asarlari jami necha jildni tashkil etadi?


A) 10 jild# B) 20 jild
C) 30 jild D) 40 jild

3. «Oygul bilan Baxtiyor» ertagida Oygulning vatani qayer?


A) Jambil # B) Jayhun
C) Jurjon D) Susambil

4. Hamid Olimjonning ilk to‘plami qan­day nomlangan?


A) «Zaynab va Omon» B) «Oygul bilan Baxtiyor»
C) «Ko‘klam» # D) «Semurg‘»

5. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida Jambildagi qo‘zg‘olonga kimlar boshchilik qiladi?


A) keksa qul Darxon va uning o‘g‘li Baxtiyor
B) keksa qul Tarlon va uning o‘gli Baxtiyor
C) keksa qul Tarlon va uning qizi Oygul
D) keksa qul Darxon va uning qizi Oygul#

6. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni hamda «Tohir va Zuhra» ertaklaridagi qaysi voqealar o‘xshash?


A) har ikkala asarda ham qul Tarlon obrazining uchrashi
B) sandiqqa solinib oqizib yuborilish voqeasi#
C) real tarixiy voqealar yoritilganligi
D) faqat nasriy shaklda voqealar bayon qilinishi

7. Hamid Olimjon qalamiga mansub tarixiy mavzudagi she’riy drama qaysi?


A) «Oygul bilan Baxtiyor» B) «Jinoyat»
C) «Semurg‘» D) «Muqanna»#

8. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida xon ag‘darilgandan keyin Jambilga kim podshoh bo‘ladi?


A) Tarlon# B) Baxtiyor
C) Oygul D) Darxon

9. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida Baxtiyorning yurtini toping.


A) Jurjon B) Susambil#
C) Jayhun D) Jambil

10. Hamid Olimjonni oilasida adabiyotga ixlosmand qilgan shaxs kim?


A) xolasi Malika opa B) xolasi Komila opa
C) onasi Malika opa D) onasi Komila opa#

11. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni ketma-ketlikda belgilang.


«Hamid Olimjon … yil umr ko‘rgan, … yoshga yetar-yetmas O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan va … yoshida akademik unvonini olgan».
A) 33; 30; 34 B) 30; 34; 33
C) 34; 30; 33# D) 34; 33; 30

12. Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» asarining janrini toping.


A) ertak-doston # B) ertak-qissa
C) she’riy ertak D) A va C
13. Oygul baliq ichidan nima topib olgan edi?
A) ikki dona zumrad tosh B) katta kumush tanga
C) ikki katta halqalik gavhar# D) katta halqalik oltin

14. Hamid Olimjon qalamiga mansub «Jinoyat» asari qanday asar hisoblanadi?


A) zamonaviy mavzudagi she’riy drama#
B) tarixiy mavzudagi she’riy drama
C) zamonaviy mavzudagi nasriy drama
D) tarixiy mavzudagi she’riy doston

15. Hamid Olimjonning doston va balladalarini toping.


A) «Jinoyat», «Muqanna», «Roksananing ko‘z yoshlari»
B) «Zaynab va Omon», «Semurg‘», «Muqanna»
C) «Zaynab va Omon», «Semurg‘», «Jinoyat»
D) «Semurg‘», «Zaynab va Omon», «Roksananing ko‘z yoshlari»#
16. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni necha bo‘g‘inli she’riy yo‘lda yozilgan?
A) 6 bo‘g‘inli B) 7 bo‘g‘inli #
C) 8 bo‘g‘inli D) 9 bo‘g‘inli

17. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida keltirilgan quyidagi misralardagi «xirs» so‘zining ma’nosini toping.


«Qizning oldida bu xirs, Ko‘rsatib yovvoyi hirs».
A) fors-tojikcha «ayiq» # B) arabcha «ayiq»
C) fors-tojikcha «nafs» D) arabcha «xunuk nafs»

18. Dostonlar yaratilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?


A) 2 xil: tarixiy dostonlar va fantastik dostonlar
B) 2 xil: xalq dostonlari va adabiy dostonlar#
C) 2 xil: qahramonlik dostonlari va tarixiy dostonlar
D) 2 xil: zamonaviy dostonlari va tarixiy dostonlar

19. Ertak-doston yana qanday nomlanadi?


A) adabiy ertak B) she’riy ertak#
C) nasriy ertak D) badiiy ertak

20. Quyidagilardan ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratgan jahon adabiyoti namoyandalarini toping.


1) A. Ekzyuperi. 2) J. Rodari. 3) A.S. Pushkin.
4) S. Marshak; 5) U. Zokoniy; 6) K. Chukovskiy.
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6#

21. Quyidagilardan ertak-dostonlarning ajoyib namunalarini yaratgan o‘zbek adabiyoti namoyandalarini toping.


1) X. To‘xtaboyev; 2) A. Qahhor; 3) N. Hikmat;
4) A. Avloniy; 5) Z. Diyor; 6) M. Shayxzoda;
7) H. Olimjon; 8) Q. Muhammadiy; 9) P. Mo‘min;
10) Q. Hikmat.
A) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9 B) 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 #
C) 1, 3, 6, 7, 8, 9, 10 D) 1, 3, 5, 6, 7, 10

22. Ertak-doston va ertakning farqli tomonini toping.


A) Voqealarda badiiylik kuchli bo‘ladi.
B) Shaklan qisqa va ixcham bo‘ladi.
C) Voqealar she’riy usulda bayon etiladi. #
D) Voqealar nasriy usulda bayon etiladi.

23. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida Baxtiyor qaysi mashhur qahramonga qiyoslanadi?


A) Alpomishga B) Ravshanga
C) Shiroqqa D) Rustamga#

24. Adabiy dostonlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni toping.


1) Muallifi aniq bo‘lmaydi.
2) U baxshilar tomonidan kuylanadi va og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tganda ba’zi bir o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.
3) Shoirlar tomonidan ijod qilinadi.
4) Muallifi aniq bo‘ladi.
A) 1, 3 B) 2, 4
C) 3, 4# D) 1, 2, 3

25. Hamid Olimjon necha yoshida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan?


A) 30 yoshida # B) 33 yoshida
C) 34 yoshida D) 35 yoshida

26. Hamid Olimjon necha yoshida akademik unvonini olgan?


A) 30 yoshida B) 33 yoshida #
C) 34 yoshida D) 35 yoshida

27. H. Olimjonning ilk to‘plami qan­day nomlangan va qachon nashr etilgan?


A) «Shu’lalar qo‘ynida», 1926 B) «Oygul bilan Baxtiyor», 1937
C) «Ko‘klam», 1929 # D) «Birinchi daftar», 1928
28. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonidagi joylarning nomlarini toping.
A) Susambil, Jambil, Koson B) Jambil, Susambil, Jurjon#
C) Jambil, Jurjon, Koson D) Jambil, Koson, Susambil

29. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida Oygulni zindondan kim qutqaradi?


A) keksa qul Tarlon# B) keksa qul Darxon
C) Baxtiyor D) Oygul

30. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida baliq qornidan Oygulni kim qutqaradi?


A) Tarlon B) Baxtiyor #
C) Darxon D) do‘stlari

31. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida sandiqqa solingan Oygulni kim topib oladi?


A) o‘tinchi chol # B) qul Tarlon
C) qul Darxon D) baliqchi

32. «Oygul bilan Baxtiyor» asarida Jambil xoni qayerda qo‘lga olinadi?


A) qo‘rada B) omborda
C) og‘ilda # D) saroyda

33. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni qahramoni Oygul kimning qizi?


A) o‘tinchi cholning B) baliqchi cholning
C) Darxonning # D) Tarlonning

34. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida o‘zini daryoga tashlagan Oygul qaysi baliqning tomog‘idan qilt etmay o‘tib ketadi?


A) Laqqa baliq B) Jurjon baliq
C) Jayhun baliq # D) Oltin baliq

35. «Оygul bilan Baхtiyor» ertagida Оygulni sandiqqa sоlib, оqizib yubоrgan kim?


A) baliqchi B) qul Tarlоn #
C) Baхtiyor D) Darхоn



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish