... maqomi dilfuzo,
Ko‘chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga, obishor ekan.
A) Roshidon B) Zohidon C) Vodil# D) Oltiariq
17. «Sayohatnoma»da qayer «yer ostida zindon», «dushmanlari mehmon» deya ta’riflanadi?
A) Roshidon B) Zohidon C) Chimyon# D) Oltiariq
18. Muqimiy «Sayohatnoma»sida «Qo‘qondan Farg‘onaga» va «Qo‘qondan Isfaraga» yo‘nalishlarining har ikkalasida ham uchraydigan joy nomlarini toping.
A) Nursux, Rafqon, Yayfan# B) Beshariq, Roshidon, Oltiariq
C) Chimyon, Rafqon, Yayfan D) Yayfan, Roshidon, Oltiariq
19. Muqimiy qayerda selda qolib ketganiga ishora qilib: «to‘n shilta, ho‘l ezor ekan», – deya ta’rif beradi?
A) Roshidon B) Zohidon C) Chimyon D) Oltiariq#
20. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida «Qo‘qondan Farg‘onaga» yo‘nalishidagi joy nomlarini aniqlang.
1) Qudash; 2) Nursux; 3) Yakkatut;
4) Beshariq; 5) Yayfan; 6) Rafqon.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5, 6# D) 1, 3, 5, 6
21. Muqimiyning «Sayohatnoma»sidagi zebo sanamlari, qoshi qalam jononlari bisyor qishloq nomini toping.
A) Chimyon B) Tikkarabot C) Yayfan # D) Yakkatut
22. Muqimiyning «Sayohatnoma»sidagi oliy imorat joylari bo‘lsa-da, mehmonni yomon ko‘radigan xalq yashaydigan qishloq nomini toping.
A) O‘ltarma B) Rafqon C) Nursux D) Oqyer#
23. «Sayohatnoma» asaridagi quyidagi ta’rif qayer haqida?
Mingboshi Eshdavlat akam,
Ammo quruq savlat akam,
Qilsa chiqim gar bir diram,
Uyqu qochib, bedor ekan.
A) Nursux B) Tikkarabot C) Chimyon D) Yakkatut#
24. Muqimiy «Sayohatnoma»ning qaysi yo‘nalishini quyidagi misralar bilan boshlaydi?
Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun,
Ko‘rdiki, bir ahlifunun
Charx anga kajraftor ekan.
A) Qo‘qondan Farg‘onaga B) Qo‘qondan Shohimardonga#
C) Qo‘qondan Isfaraga D) Qo‘qondan Yayfanga
25. Muqimiy «Sayohatnoma»ning qaysi yo‘nalishini Qudash ta’rifi bilan boshlaydi?
A) Qo‘qondan Farg‘onaga# B) Qo‘qondan Shohimardonga
C) Qo‘qondan Isfaraga D) Qo‘qondan Yayfanga
26. Muqimiy «Sayohatnoma»da qaysi yo‘nalishni quyidagi misralar bilan boshlaydi?
Aflok kajraftor uchun,
Har dam ko‘ngul afgor uchun,
Ho‘qand tang-u tor uchun,
Sahro chiqish darkor ekan.
A) Qo‘qondan Farg‘onaga B) Qo‘qondan Shohimardonga
C) Qo‘qondan Isfaraga# D) Qo‘qondan Yayfanga
27. «Sayohatnoma»da olma, anor o‘rniga tok, zang yetishtiradigan qishloq qaysi?
A) Roshidon B) Zohidon C) Chimyon D) Nursux#
28. «Sayohatnoma»da Muqimiy sayohatlari davomida Mirza Umar, Burhon, mingboshi Xol sarkorga qayerda duch keladi?
A) Yakkatutda B) Tikka Rabotda C) Rabotda# D) Chimyonda
29. «Sayohatnoma»da muallif qaysi qishloqda bir juvonning do‘konda qo‘shiq aytishini eshak hangrashiga o‘xshatadi?
A) Roshidon B) Rafqon# C) Yayfan D) Nursux
30. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida «Qo‘qondan Isfaraga» yo‘nalishidagi joy nomlarini toping.
1) Yakkatut; 2) Yayfan; 3) Chimyon;
4) Rafqon; 5) Tikkarabot; 6) Nursux.
A) 1, 2, 4, 5, 6 # B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5
31. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi ta’rif qayer haqida?
Anhor-u soy-u cho‘llari,
O‘ynab keladur suvlari,
Shirinki zardolilari,
Qand-u asal bekor ekan.
A) Nursux B) Isfara# C) Chimyon D) Beshariq
32. Muqimiy «Sayohatnoma»da qaysi qishloqni «serchashma-yu kamchang» deya ta’riflaydi?
A) Qudash# B) Yayfan C) Chimyon D) Nursux
33. Muqimiy «Sayohatnoma»da qaysi qishloqqa kirmay ortga qaytadi?
A) Zohidonga B) Konibodomga #
C) Tikka Rabotga D) Yayfanga
34. Muqimiy «Sayohatnoma»da «olma-uzum o‘rniga ham bog‘ida tok-u zang» deya qayerning ta’rifini keltiradi?
A) Rafqon B) Tikka Rabot C) Chimyon D) Nursux#
35. Muqimiy «Sayohatnoma»sida qayerni ko‘rmaganligidan armon qiladi?
A) Rafqon B) Tikka Rabot# C) Chimyon D) Nursux
36. «Sayohatnoma»da qayerga «Bir ko‘cha ketguncha do‘kon», «Sho‘x odami, ichmay piyon. Mast, otasi bezor ekan» ta’riflari beriladi?
A) Nursux B) Tikka Rabot C) Roshidon D) Zohidon#
37. «Sayohatnoma»da keltirilishicha, bir tanga pulga bir qurut sotadigan insofi yo‘q baqqol qaysi qishloqda yashaydi?
A) Nursux B ) Tikkarabot C) Chimyon D) Yakkatut#
38. «Sayohatnoma»da «maqomi dilfuzo, ko‘chalari dilkusho» deya ta’riflangan joy nomini toping.
A) Nursux B) Rafqon C) Chimyon D) Vodil#
39. «Sayohatnoma»da qayer odamlarining yengilnamoligi, bo‘lar-bo‘lmasga jang qilaverishi ta’riflanadi?
A) Beshariq B) Rafqon C) Yayfan# D) Vodil
40. «Sayohatnoma»da keltirilishicha, qo‘shtegirmonlik Iso badkor qaysi qishloqda yashaydi?
A) O‘ltarma# B) Rafqon C) Nursux D) Oqyer
41. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi ta’rif qaysi qishloqqa berilgan?
Ozodadin to‘pori ko‘p,
Dukchisidin attori ko‘p,
Choyxo‘ridin ko‘knori ko‘p,
Bir rasta nos-u bang ekan.
A) O‘ltarma B) Rafqon# C) Nursux D) Oqyer
42. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi ta’rif qayer haqida?
Mingboshi Eshdavlat akam,
Ammo quruq savlat akam,
Qilsa chiqim gar bir diram,
Uyqu qochib, bedor ekan.
A) Nursux B) Tikkarabot C) Chimyon D) Yakkatut#
43. Quyidagi obraz ta’rifi Muqimiy «Sayohatnoma»sining qaysi qismida uchraydi?
Boz izdihomi voizi,
Badkayf-u ochilmas ko‘zi,
Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko‘knor ekan
A) Qo‘qondan Shohimardonga# B) Qo‘qondan Farg‘onaga
C) Qo‘qondan Isfaraga D) Qo‘qondan Namanganga
44. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida qaysi qishloq haqida «Yetim haqi – go‘shti baliq, Qilmishlari nayrang ekan» deya yetim haqini yeyishlari haqida gapiriladi?
A) Rafqon B) Tikkarabot C) Beshariq# D) Qudash
45. Muqimiyning «Sayohatnoma»sida boshga to‘n yopingan ma’rakadagi besh yuz xotinning va’z tinglab turgani haqidagi voqea qaysi qishloqda bo‘lib o‘tgan?
A) Beshariq B) O‘ltarma# C) Nursux D) Vodil
46. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi ikkinchi misraning ma’nosi nima?
Bordim shahardin Yakkatut,
Baqqoli duzdi badburut,
Bir tanga sotkay bir qurut,
Insofi yo‘q tarror ekan.
A) Baqqoli shop mo‘ylovli insofli kishi ekan.
B) Baqqoli kalta soqolli o‘g‘ri kishi ekan.
C) Baqqoli shop mo‘ylovli o‘g‘ri kishi ekan. #
D) Baqqoli kalta soqlli insofli kishi ekan.
47. «Sayohatnoma»da «mullolari chaqqon, garang. Omilari ham mullarang» deya ta’riflangan joy nomini toping.
A) Nursux B) Rafqon# C) Chimyon D) Isfara
48. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi ta’rif qayer haqida?
... kabi ham yurt yo‘q,
Bog‘dor-u dehqon qorni to‘q,
Masjidlari ham ko‘p uluq,
Turfa farah osor ekan.
A) Nursux# B) Tikkarabot C) Chimyon D) Yakkatut
Do'stlaringiz bilan baham: |