Sinxron raqamli iyerarxiya tarmoqlarining arxitekturasi.
1.10. SDH tarmoqlarining bazaviy topologiyalari
SDH tarmoqlarini qurish bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, loyixalash jarayonida har bir bosqichda texnik talablardan yuzaga kelgan turli funksional masalalar, muammolar yechiladi. Bu masalalarga, tarmoqning tuzilishini tanlash, tanlab olingan tarmoqning tuzilishiga qarab, tarmoq tugunlaridagi qurilmalarini aniqlash, tarmoqni boshqarish va sinxronizatsiya masalalari kiradi. Agar asosiy standart topologiyalar ma’lum bo‘lsa, bu masalalarni juda oson yechish mumkin. Shuning uchun SDH tarmoqlarida qo‘llaniladigan bazaviy topologiyalar va ularning xususiyatlarini qarab chiqamiz.
1.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi
Ikkita A va V tugunlarni bog‘lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida yeng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar yelektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo‘llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin.
2.3-rasm.( ТМ asosidagi ”nuqta-nuqta” topologiyasi).
Bu topologiya sodda bo‘lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka yega bo‘lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo‘llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko‘rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo‘llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori iyerarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o‘tishda, sinov uchun ham qo‘llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o‘tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o‘tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo‘llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil yetadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin.
“Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Bu topologiya tarmoqdagi trafiklarning faolligi yuqori bo‘lmaganda, tarmoqning bir necha joyida kirish va chiqish kanallarini tashkil qilish zarurati bo‘lganda multipleksorlarni qo‘llagandagi kabi, ajratuvchi/birlashtiruvchi nuqtalarda kirish/chiqishli multipleksorlarni qo‘llaganda ham foydalanish mumkin. Bu topologiyani, zaxiraga yega bo‘lmagan ketma-ket liniya zanjiri yoki 1+1 turidagi zaxiraga yega bo‘lgan murakkab ketma-ket liniya zanjiri ko‘rinishiga keltirish mumkin (1.10.-rasm). 1.10.-rasm.
2.3-rasm.( “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi ).
2.4-rasm. ( 1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi ).
“Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi. 1.11.-rasm. 1+1 turidagi Himoyaga yega bo‘lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi 1.10.3. Konsentrator funksiyasini qo‘llovchi “yuluzcha” topologiyasi Bunday topologiyada kommutatsiya markazi (masalan raqamli ATS) yoki markaziy xalqadagi SDH tuguni bilan ulangan olisdagi bir tarmoq tuguni, konsentrator vazifasini bajaradi. Bunday tugunda trafikning bir qismi foydalanuvchilarga, qolgan qismi yesa tarmoqdagi boshqa tugunlarga taqsimlanadi. Konsentratorlar bunday vazifani bajarish uchun faol va intellektual bo‘lishi kerak, ya’ni kross-kommutatsiyani amalga oshiruvchi kirish/chiqishli multipleksor bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda agar bunday sxemalarning kirishiga to‘liq bo‘lmagan STM-N oqimi (yoki bir pog‘ona pastdagi oqimlar) berilsa, uning chiqishida to‘liq STM-N oqimi bo‘lsa, bunday sxemalar optik konsentrator deyiladi. Aslida bunday topologiya markazi tugunda SDH multipleksori qo‘llanilgan “yulduzcha” topologiyasini eslatadi (1.12.-rasm). 1.12-rasm.
2.5-rasm. ( Kontsentrator funksiyasini bajaruvchi yulduzcha topologiyasi ).
Do'stlaringiz bilan baham: |