Tekshirdim” O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Berdinov N. X. “ ” 014 -yil “B sinf 2014 -yil “V sinf 2014 -yil Mavzu: Muqaddima Dars maqsadi


Darsda fodalaniladigan texnologiya



Download 0,55 Mb.
bet55/63
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#76143
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Bog'liq
5-sinf Botanika 01

Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.

Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.

Dars vaqt taqsimoti rejasi:



Tashkiliy qism

5 daqiqa

Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish.

10-15 daqiqa

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Darsni yakunlash va uygavazifa berish.

5 daqiqa


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.

  3. O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.

  4. Yangi mavzuno o`rganish.

Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.

Yashil barglar hujayrasida fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'lishi bilan bir qatorda nafas olish jarayoni ham boradi. Demak, o'simliklarning boshqa organlari qatori barglari ham nafas oladi. Bund a ular xuddi hayvonlar kabi havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi.

O'simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda barglarda organik moddalar hosil bo'lmay, aksincha, ular parchalanadi. Yana bir muhim farqi, nafas olish uchun yorug'lik talab etilmaydi. O'simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi. Kunduzi barglar hujayrasida organik moddalarning hosil bo'lishi va hujayralarning nafas olish jarayoni bir vaqtda о'tadi. Lekin bu jarayonlarning har ikkalasi ham bizga sezilmaydi. O'tgan darslarda barglar hujayrasida organik moddalar hosil bo'lishida kislorod ajralib chiqishini aytgan edik. O'simliklar ana shu oziq moddalar hosil qilish jarayonida ajratib chiqargan kislorodning bir qismidan o'zi nafas olishda foy-dalanadi va karbonat angidrid gazi ajratib chiqaradi. O'sim­liklarning nafas olishini tajriba qilib ko'rish mumkin. Buning uchun og'zi shisha plastinka bilan mahkam berkiladigan ikkita shisha stakan oling va ularga yangi kesib olingan bargli novdalarni soling. Har ikkala stakan ichiga yonib turgan cho'pni tushiring, cho'plar o'chmaydi, demak, stakan ichidagi havoda kislorod bor. Har ikkala stakanning og'zini shisha plastinka bilan zich berkiting. Stakanlarning birini yorug'lik yaxshi tushib turadigan joyga, ikkinchisini esa qorong'u joyga qo'ying. Bir necha soatdan keyin unga yonib turgan cho'pni tushirib, har qaysi stakan ichidagi havoning tarkibini tekshiring. Tajribalardan xulosa chiqaring va yozib oling (58- rasm).

O'simlik — bir butun organizm. Uning hamma tirik hujay-ralari nafas oladi va o'sib rivojlanadi.


BARGLARNING SUV BUG'LATISHI

О'simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv bug'latishdir. Suv bug'lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so'rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo'ylab harakat qiladi. Suv bug'latish o'simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tekshirib ko'rish mumkin. Masalan, gultuvakda o'sib turgan o'simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og'zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o'tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo'lganini ko'rish mumkin (59- rasm).

Bu о'simliklar bargidan bug' shaklida ajralgan suvdir. Suv barglardagi og'izchalar orqali bug'lanib chiqadi. Bir tup o'simlikdagi barglar qancha suv bug'latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun bug'latishi. o'simlikning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug'lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoqtosh qo'yib, pallalar muvoza-natga keltiriladi. Barglar suvni bug'latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada, shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko'tariladi. Oradan bir sutka o'tgandan keyin tarozi pallalari qadoqtoshlar yordamida yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug'langanligi aniqlanadi. О'simliklar turiga va qayerda о'sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug'latadi. Issiq va qumq sharoitda o'sadigan o'simliklar suvni nisbatan kam bug'latadi. Chunki ayrim cho'l o'sim­liklar ining barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda) yoki shaklini o'zgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan (60- rasm). Boshqa bir tur o'simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug'latadi. Ayrim cho'l o'simliklari (shuvoq, qora boyalich va boshqalar) suv kam bug'lanishi uchun yoz 03d arid a barglarini to'kib yuboradi. Olimlarning aniqlashicha, bir tup g'o'za yoz davomida o'z vaznidan 500—600 hissa ko'p suv bug'latadi. Bir tup makkajo'xori yoz davomida bug'latgan suv 200 /ga to'g'ri keladi. Bir tup o'rta yoshdagi (30—40 yillik) shirinmiya (qizilmiya) yoz davomida 500—600 / suv bug'latadi.

Shuni alohida qayd qilish kerakki, o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan suv bug'lanishi jarayoni barglardagi og'izchalar orqali amalga oshadi.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. O`quvchilarni baholash.

  3. Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.

5 “A” sinf

____ ____ 2014 - yil

Tekshirdim”

O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari

_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil

5 “B sinf

____ ____ 2014 -yil

5 “V sinf

____ ____ 2014 -yil


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish