Tekshirdim” O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Berdinov N. X. “ ” 014 -yil “B sinf 2014 -yil “V sinf 2014 -yil Mavzu: Muqaddima Dars maqsadi


Darsda fodalaniladigan texnologiya



Download 0,55 Mb.
bet18/63
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#76143
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
5-sinf Botanika 01

Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.

Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.

Dars vaqt taqsimoti rejasi:



Tashkiliy qism

5 daqiqa

Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish.

10-15 daqiqa

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Darsni yakunlash va uygavazifa berish.

5 daqiqa


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.

  3. O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.

  4. Yangi mavzuno o`rganish.

Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.

Tirik hujayralar ichidagi harakatni kuzatish hammani qi-ziqtiradi. Bu harakatni akvarmmda o'stirilgan elodeya suvo'tidan tayyorlangan preparatda ко'rish mumkin. Elodeyaning barglari bir qavat hujayralardan tuzilgan bo'ladi, uni mikroskopda butunligicha ko'rish mumkin (22- rasm).

Elodeya suvda o'sganligi uchun mikroskopdagi suv tom-chisida tabiiy sharoitda o'sgandek tirik bo'ladi. Shuning uchun

uning hujayralaridagi sito-plazmaning uzluksiz harakati aniq ko'rinadi. Sitoplazma bir yo'nalishda harakatlanadi, ya'ni hujayraning turli qis-midagi oziq moddalar va kis-lorodning harakat yo'nalishi tomon siljiydi. Hujayralar qobig'ida teshikchalar bo'lib, sitoplazmaning harakati da-vomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga shu teshikchalar orqali o'tadi. Bu jarayonni kuzatish uchun hujayra qobig'i vazifasini o'taydigan may da (ko'zga ко'rinmaydigan) teshikchali kichkina sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib, og'zi bog'lab qo'yiladi va stakandagi yodli suvga tushiriladi. Vaqt o'tishi bilan xamir ko'kish rangga kiradi. Bundan ko'rinib turibdiki, hujayralar qobig'i orqali ular ichiga moddalar o'tgan.

O'simliklarning har bir tirik hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi. Bu jarayon hujayralarda quyosh nuri ta'si-rida, suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo'lgan holdagina amalga oshadi.



Tabiiyki, tashqi muhitdan hujayralar ichiga zarur moddalar qanday qilib kirishi mumkin, degan savol tug'iladi. Hujayralar qobig'i va sitoplazma o'zi orqali hamma moddalarni ham о'tkazavermaydi. Masalan, tuproqdan hujayralar ichiga suv va unda erigan moddalar kiradi.

O'simliklar hujayrasi ichiga tashqaridan kirgan turli eritmalar qayta ishlanib, hayotiy zarur moddalarga aylanadi.



Shunday qilib, hujayralar ichiga tashqaridan turli moddalar kiradi. Bu hujayralarning hayotiy xususiyatlaridan biridir.

HUJAYRALARNING O'SISHI VA BO'LINISHI

Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan bin ularning o'sishi va bo'linishidir. Hujayralarning о'sishini mikroskopda kuzatish ancha murakkab bo'lsa-da, lekin ku­zatish mumkin.

Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo'lib, o'sgan sari yiriklasha boradi (23- rasm). Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma'lum o'lchamgacha o'sadi. O'sish jarayonida o'sim­liklar ning ayrim hujayralari shaklini o'zgartirmagani hoida, ko'pchilik hujayralar shaklini ma'lum darajada o'zgartiradi. Hujayralarning qobig'i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuola sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi. Bu belgi yosh va qari hujayralarni aj-ratish imkonini beradi. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag'iz butunlay yo'qolib, ularning o'rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo'ladi.

Siz endigina urug'dan unib chiqqan niholning vaqt o'tishi bilan о'sib kattalashib, turli o'lcham va shakldagi barg, poya, kurtak, gul, meva hosil qilishini yaxshi bilasiz. Sa-lobatli yong'oq, chinor, terak va boshqa daraxtlarning barcha organlari hujayralarning bo'-linib ko'payishi hisobiga vu-judga kelgan.



Hujayralar bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Shuni ham aytish kerakki, hamma hujayralar ham bo'linavermaydi. Faqat o'sish nuqtasidagi hujayralargina bo'linadi. Hujayralarning bo'linishida mag'iz katta rol o'ynaydi.

Qari hujayralardan yosh hujayralar yuzaga kelguncha ularda juda katta va murakkab biologik o'zgarishlar sodir bo'ladi, ya'ni mag'zi yiriklashib, oldingi shaklini va qobig'ini yo'qotadi (24-rasm).

Bo'linadigan hujayralarda dastlab mag'iz yiriklashadi, so'ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to'siq paydo bo'lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo'linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o'tadi. Hosil bo'lgan yosh hujayralar o'zidagi oziq moddalar hisobiga o'sishda davom etadi. Ular ona hujayra o'lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo'linadi. Shunday qilib, o'simliklarning o'sishi hujayralarning bo'linib ko'payishi va o'sishi hisobiga boradi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. O`quvchilarni baholash.

  3. Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.

5 “A” sinf

____ ____ 2014 - yil

Tekshirdim”

O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari

_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil

5 “B sinf

____ ____ 2014 -yil

5 “V sinf

____ ____ 2014 -yil

Mavzu: O`SIMLIK TO`QIMALARI

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish