Kibernetika Jamiyat taraqqiy etgan sari boshqariladigan obyektlar soni ko‘payib, boshqarish muammolari murakkablashib boradi. Murakkab mashina va dastgohlar, korxona va muassasalar, hatto odamning o‘zi ham, jamiyat ham boshqarish obyekti hisoblanadi. Bunday obyektlarni kibernetikada murakkab dinamik (harakatdagi) tizimlar deb ataladi. Ana shunday tizimlarni boshqarishga oid umumiy qonunlarni o‘rganish, odam qo‘liga boshqarish sirlari kalitini topib berish hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Natijada boshqarish fani, ya’ni kibernetika paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |