Buxoro. Qo'shmadrasa majmuasi
XVI asr. Qo'shmadrasa bir-biriga qarama-qarshi joylashgan Modari Abdullaxon (Abdullaxon onasi) va Abdullaxon madrasalaridir. Gumbaz va devorlarida saqlangan yozuvlarga ko'ra, Modari Abdullaxon madrasasi Abdullaxon tomonidan onasiga atab 1566-1567 yillari qurdirilgan. O'zining nomidagi madrasa esa 1588-1590 yillarda barpo etilgan. Oradagi farq chorak asrga teng bo'lib, aynan shu 25 yil ichida Buxoro me'morligi kuchli rivojlangan. Abdullaxon madrasalar, masjid, darvishlar xonaqohi, ko'priklar, rabotu karvonsaroylar qurilishida behad matonat ko'rsatib, Buxoroning iqtisodiy rivojlanishiga oid ko'p islohotlar o'tkazgan. Ikkala binoning bosh tarzlari bir mujassamot oʻqi boʻylab bir-biriga qaratib qurilgan; majmua uchun ajratilgan joydan mohirona foydalanilgan. Abdullaxon madrasasining tarhi toʻrtburchak boʻlgan holda janubiy tomoni qisman ichkariga kirgan, gʻarbiy va shimoliy tomonlarida tashqarilariga turtib chiqqan boʻrtiq qismlari mavjud; boʻrtiq qismlarining oʻrtasida hovli boʻlib, u 2 qavatli ("yorugʻli") va gumbazlidir (gumbaz "Ablullaxon fonusi" deb yuritiladi).
Modarixon madrasasidan oʻtgan mujassamot oʻqi darvozaxonaning orqasida sinib davom etadi. Bu madrasani qibla tarafga qaratib qurish zaruratidan kelib chiqqan. Abdullaxon madrasasida ham masjid qiblaga qaratish zaruratidan madrasaning umumiy tarhiga nisbatan burchak ostida qurilgan. Qadimiy Oʻrta Osiyoning noyob meʼmoriy majmualari qa6toriga kiradi.
Buxoro. Baland masjid
XVI asr. Baland masjidning shimol va sharq tomonlari naqshinkor shiftli ayvon bilan o'ralgan. Mehrobning atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan, ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga to'g'ri burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi yuritilgan. Shifti ham naqshlar bilan qoplangan. Keyingi davrlardagi me'morlar Baland masjidning bezaklaridan namuna ko'chirganlar. Baland masjid— Buxoro shahridagi guzar masjidi (16-a.). Bino murabba tarhli (pishiq gʻishtdan qurilgan), qalin devorli. Masjid harsang toshlar ustiga qurilgan. Baland masjidining shimoliy va sharqiy tomonlari naqshin shiftli ayvon bilan oʻralgan. Ichki devorlarining pastiga chiroyli izoralar qoplangan. Sharq tomondagi toʻq yashil rangli izoralarga 6 burchakli koʻk sopol koshinlar terilgan. Gʻishtchalar atrofiga nozik oʻsimliksimon shakllar chizilib, ustidan oltin suvi yuritilgan (bular yaxshi saqlangan). Devorning gʻarbiy tomonidagi izoralar koshin bilan qoplangan va kundal usulidagi naqshlar bilan hoshiyalangan. Baland minora derazalaridagi panjaralar sopol gʻishtchalardan terilgan. Mehrobining atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan va ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga toʻgʻri burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi yuritilgan. Devorlardagi (janubiy devordan tashqari) rasmlar hali ham avvalgidek yaltirab turibdi. Baland minoraning shifti toqili, hovuzakli boʻlib, naqshlar bilan bezatilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan. Keyingi davrlardagi meʼmorlar Baland minoraning bezaklaridan namuna koʻchirganlar. Baland minora bezaklarining zarlari toʻkilib, naqshlari koʻchib, qorayib qolgan. Baland minora bir necha bor taʼmirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |