O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Concat funksiyasining vazifasi nimadan iborat?
2. Copy funksiyasi nima uchun qo`llaniladi?
Yangi mavzuni bayoni
Shakl chizish operatorlaridan foydalanish uchun dastur boshida Uses Graph; ko‘rsatmasi beriladi. Bu ko’rsatma uning tarkibidagi operator va funksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, xalos. Mazkur operatorlarning ishlashi uchun esa, ekran grafik holatga o‘tkazilishi zarur.
Grafik holatda kompyuter ekrani mayda nuqtalardan (piksel) tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo‘lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil bo‘ladigan barcha chizmalar yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo‘ladi. Yurgichning ekranda turgan o‘rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo’lgan (0,0) nuqtasi ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafik holatga o‘tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o‘qlari X va Y koordinata boshidan mos ravishda o‘ngga va pastga qarab yo‘nalgan, ya’ni qiymatlar shu yo’nalishlarda o‘sib boradi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekrandagi nuqtalar soni ko’pi bilan 640x480 ta (0..639x0..479) bo’ladi.
Ekranni grafik holatga o‘tkazish uchun Graph modulining InitGraph(GD,GM,); ko‘rsatmasidan foydalaniladi, bu yerda GD (GraphDriver) va GM (GraphMode) – butun sonli o‘zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bog’liq. Agar GD:=0; (yoki GD:=Detect;) deb olinsa, dastur tomonidan eng samarali grafik holat avtomatik aniqlanadi. – grafik holatda ishlashni ta’minlovchi BGI kengaytmali maxsus fayl joylashgan BGI katalogi adresi bo’lib, zamonaviy kompyuterlarda EGAVGA.BGI fayli qo’llaniladi. Bu fayl joriy katalogda joylashgan bo’lsa o‘rnida bo’sh satr yoziladi.
Grafik holatdan chiqish, ya’ni matn holatiga qaytish uchun CloseGraph operatoridan foydalaniladi. Grafika bilan bog’liq dasturlar, asosan, quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Uses Graph;
Var Gd, Gm : Integer; {Grafika bilan bog’liq masalaga mos o’zgaruvchilar tavsifi }
Begin
Gd := 0; { Grafik drayverni avtomatik ravishda aniqlash }
InitGraph(Gd,Gm, ‘‘); { Grafik holatga o‘tish }
{Grafika bilan bog’liq masala yechimi yoziladigan qism}
Readln; CloseGraph; { Grafik holatdan chiqish }
End.
Paskal tilida 16 xil rangdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan bo’lib, ular matn holatida ishlatiladigan ranglar bilan bir xil (ekran bilan ishlash mavzusidagi ranglar jadvaliga qarang).
Graph modulida 80 ga yaqin operator va funksiyalar mavjud. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |