Moliyaviy tahlil fanida qo’llaniladigan usullar, ularning mazmuni va mohiyati.
Iqtisodiy tahlil jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarini kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.
Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ulaming o’zaro bog’liqligi. biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi. ya’ni ketma-ketligi aniqlanib. barcha omillar asosiy hamda asosiy bo’lmagan guruhlarga bo'linadi va ular o'zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
“Moliyaviy hisobotning maqsadi arzon kapitalni olishdir ... Oddiy qilib aytganda, korporatsiya qarz oladigan foiz stavkasi qanchalik past bo'lsa yoki aktsiyalarni yangi investorlarga sotishi mumkin bo'lgan narx qancha yuqori bo'lsa, aktsiyadorlarning boyligi shunchalik yuqori bo'ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, moliyaviy hisobotning eng yaxshi turi - bu korporatsiyaning holatini to'liq va adolatli aks ettiruvchi emas, balki eng yuqori kredit reytingini va narx bo'yicha daromadlarni ko'paytiradigan hisobot. Agar eng yuqori reyting va ko'payishlar rentabellik va moliyaviy ahvolni noto'g'ri ko'rsatadigan hisobotlar natijasida kelib chiqsa, aksiyadorlar oldidagi ishonchli majburiyat mantig'i rahbariyatni buxgalteriya darsliklarida namuna sifatida emas, balki bunday tartibda nashr etishga majbur qiladi”1.
Fridson M Alvarez F 2011 moliyaviy hisobot tahlili: Amaliyot bo'yicha qo'llanma
|
Tahlil usullarini qo’lash o‘rganilayotgan jarayonlaming bir-biriga bog'liqligi. o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo’shimcha sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko'rsatishmoqda. Iqtisodiy tahlilning usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Oddiy-an'anaviy (odatdagi) usullar guruhi.
Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.
Oddiy-an'anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo
bo’lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo'llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ulaming tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog'lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelatsiya, regressiya, integral, nazariy o'yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik usullarga misol bo‘ladi.
Xo‘jalik jarayonlarini o’rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma'noda tahlilda qo'llaniladigan iqtisodiy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin.
jadval
Tahlilda qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va ularni qo‘llash o‘rni
Iqtisodiy-matematik usullarni qo'llash asosida:
tahlilni bajarish muddati tezlashadi;
o‘zgarishlar va ulaming ta'sirini aniq hisoblash mumkin bo‘ladi;
oddiy-an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murakkab omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlarni to‘liq o‘rganish imkoni tug‘iladi;
har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati tug‘iladi;
hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va hokazolar.
Taqqoslash - inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir. Taqqoslash mohiyati - turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlami aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalami taqqoslash ishlari bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanishi qonuniyatlari, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi.
Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy va b.), taqqoslash ishlari bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona va boshqalar), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini tanlash, taqqoslash shkalasini tanlash.
Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli.
Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) absolut va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlaming qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillaming natijaviy ko‘rsatkich- laming darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi.
Trend tahlil o‘rganishda bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qoilaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi.
Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan kо’rsatkichlarning davriy o‘zga- rishini o‘rganish uchun qoilaniladi, statik taqqoslash - turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun.
Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash ishlari bajariladi.
Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyat natijalari taqqoslanadi.
Taqqoslash bazasiga bog‘liqligiga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi (2-jadval).
2-jadval
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan taqqoslashning asosiy turlari
Avval qayd qilinganidek, iqtisodiy tahlilning vazifalaridan biri tizimli nazorat va qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha korxonalar faoliyatini har tomonlama baholash hisoblanadi. Bunda haqiqatdagi ma’lumotlarni rejadagi bilan taqqoslash zarurligiga shartlangan. Bunday
taqqoslash oy, chorak yoki yil rejasini bajarish darajasini aniqlashga, mo‘ljal parametrlardan og'ishni aniqlash, yechimini talab qiluvchi muammolarni aniqlashga imkon beradi.
3-jadval
Dekabr* oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejaning
bajarilishi
Mahsulot
turi
|
Ishlab chiqarish hajmi, mln so‘m.
|
Rejadan og‘ishish (+;-)
|
|
reja
|
haqiqatda
|
mutlaq, mln so‘m.
|
nisbiy, %
|
A
|
300
|
327
|
+27
|
+9,0
|
В
|
250
|
225
|
-25
|
-10,0
|
va hokazo
|
|
|
|
|
Jami:
|
550
|
552
|
+2
|
+0,4
|
O‘tgan davr haqiqatdagi ma’lumotlari reja kо‘rsatkichlarining asoslanganligini tekshirish uchjun foydalaniladi. Buning uchin o‘tgan 5- 6 yil haqiqatdagi ma’lumotlarining o‘rtachasi joriy yilning reja ma’lumotlari bilan qiyoslanadi.
3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, reja bo'yicha A turdagi mahsulot ishlab chiqarish yetarlicha asoslangan hisoblanadi. В turdagi mahsulot esa to‘rt davr o‘rtachasidan oshiqcha bo'lib, bozor talabiga ham mos tushmagan. Shuning uchun mazkur ko‘rsatkich +39 (250-211) mln.so‘mga ko‘p belgilangan. Joriy yil rejaviy ko‘rsatkichlarini bajarilish holatini 4-jadvaldan bilib olsa bo‘ladi.
4-jadval
Mahsulot
TURI
|
O’tgan yillar
|
To’rt davr ucliun o’rtachasi
|
Reja
(kelgusi
davr)
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
|
A
|
280
|
300
|
300
|
320
|
300
|
300
|
В
|
200
|
205
|
218
|
221
|
211
|
250
|
va hokazo
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
480
|
505
|
518
|
541
|
511
|
550
|
Ko‘rsatkichlaming haqiqatdagi darajasiui rejadagi bilan qiyoslash korxona faoliyati samaradorligini oshirishda foydalauilmagan rezervlarni aniqlash uchun ham zarur. Agar reja bo'yicha qandaydir tadbir bajarilmagan bo‘lsa, u holda bum mahsulot ishlab chiqarish o‘sishida, lining taunarxini pasaytirish, foyda va rentabelligi o‘sishini foydalanilmagan rezervlari sifatida ko‘rib chiqish lmimkin. Misol uchun, aniq В mahsulot bo‘yicha inovatsion chora-tadbirlar rejasining bajarilishi (5- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |