Mustaqil ish
Aqli zaif va me`yorida rivojlanayotgan bolalar nutqiy rivojlanishini tavsiflab bering.
Tekshirdi:
Bajardi:
Mavzu: Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni logopedik tekshirish.
Reja:
Og’zaki nutqni tekshirish
Bog`langan nutqini baholash mezonlari
So`z boyligini baholashning mezonlari
Nutqning grammatik tuzilishini baholash mezonlari
Nutqi rivojlanmagan bolalarda so`zning bo`g`in tuzilishidagi xatoliklari
Yozishni tekshirish
Nutq bolaning yuqori psixik funksiyalarini shakllanishida alohida muhim rol o`ynaydi. Bola uchun kattalar bilan so`zlashuv funksiyasini bajarib, fikrlashni rivojlantirish, bolaning o`zini tutishini rejalashtirish va boshqarish, uning hayot davomidagi psixik faoliyatini tashkillashtirish uchun baza bo`ladi, shaxs rivojlanishiga to`liq ko`maklashadi. Shuning uchun zamonaviy maxsus pedagogika va psixologiyada bolaning anomal rivojlanishining odatiy xolatlarini, ya`ni ko`p bolalarda uchraydigan va nutq buzilishiga olib keladigan nuqsonlarni erta yoshda aniqlab ularni bartaraf etish tartiblari tasdiqlangan (V.I.Lubovskiy). Nuqsonlarning bir qismi faqatgina talaffuz etish jarayoniga tegishli va nutqning tushunish darajasi past bo`lgan paytda aniqlanadi. Boshqa nuqsonlar nutqning fonematik tomoniga mansub va nafaqat talaffuz paytida deffekt bilan gapirish, balki o`qish va yozish qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi so`zning jarangdorligini xis qilish sust ekanligini ham bildiradi.
Uchinchilari-bu kommunikativ nuqsonlardir, ular bolaning maktabda ta`lim olishiga va ijtimoiy muxitga moslashishiga yordam beradi.
Logopediyada nutqdagi nuqsonlarni taxlil qilish uchun asosiy metodika bo`lib R.YE.Levina tomonidan ishlab chiqilgan metodika hisoblanadi. Ushbu taxlilning asosida murakkab, ko`p bosqichli hisoblangan nutqdan foydalanishiga zamonaviy qarash yotadi. Bolada nutqi rivojlanishida ishtirok etadigan komponentlaridan biri shakllanmagan bo`lsa, natijasida o`zining orqasidan ikkinchi, uchinchi va h.q. komponentlarning o`zgarishini keltiradi. Shuning uchun, logopedik tadqiqot nutq tizimining komponentlarini o`rganishni o`z ichiga oladi:
-mustaqil, bog`langan nutq;
-so`z (leksika) boyligi;
-nutqini grammatik qurilishi;
-nutqning talaffuz tomoni (tovushlarni talaffuz qilish, so`zning bo`g`inlari bo`yicha tuzilishi, fonematik idrok etish).
Logopedik tadqiqot davomida aniq maqsadlar qo`yiladi:
-bolaning nutqiy ko`nikmalarining hajmini aniqlash;
-ko`nikmalarini yoshiga qarab hamda psixik rivojlanishiga qarab solishtirish,
-nuqsonlar,nutqiy faollik va psixik faoliyatining boshqa ko`rinishlarini solishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |