Qishloq xo’jalik korxonalarining paxta va g’alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlash tartibining muhim xususiyati, ekinlarning har bir turini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning muddatlari va mikdorlari joriy yilga tasdiqlanadigan agrotexkartalar asosida belgilanishi deb hisoblanadi. Bundan kelib chiqib hisoblash mumkinki, fermer xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi shirkatlarining agrotexnik tadbirlar asosida ekinlarni yetishtirishlari uzluksiz va va doimiy asosda mablag’ bilan ta’minlangandir. Mamlakatimiz agrosanoat majmuining salohiyatini oshirishda «Ipotekabank» aktsiyadorlik-tijorat bankining o’rni alohida e’tiborga ega. Qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan korxonalar, agrofirmalar, dehqon va fermer xo’jaliklari «Ipoteka-bank» ATIB sarmoyalaridan samarali foydalanib kelmoqda. Bank kredit portfelida qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, zamonaviy texnika va ehtiyot qismlar sotib olishga yo’naltirilgan mablag’lari miqdori salmoqli o’rin tutadi. Ipoteka-bank ATIB ham o’zining eng muhim vazifasi sifatida qishloq xo’jaligi sohasini qay darajada qamrab olganligi bilan moliya bozoridagi o’rnini belgilaydi.