Korxonaning iqtisodiy salohiyati 4 ta asosiy alomatlar bilan ta’riflanadi: Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatining u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo‘yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham. Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlari ko‘proq unda mavjud bo‘lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, ijtimoiy)ga bog‘liq. SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |