Rasm
Rasm — tekis yuzaga qoʻlda chiziq va nursoya (oqqora boʻyoq dogʻlari) yordamida ishlangan
tasvir; rassomlik sanʼati (rangtasvir va grafika)nish ifoda vositasi. R.da asosiy ifoda vositasi
chiziq boʻlib, qoʻlda grafika vositalari qalam, pero va boshqa yordamida chegara chizik, (kontur
chiziq) yoki qisqa va yuliq chiziq (shtrix)lar hamda boʻyoq dogʻlarida bir xil (axromatik) rangda
bajariladi. Bu ifoda vositalarining turlicha qoʻshilishi natijasida (shtrixlar kombinatsiyasi, boʻyoq
dogʻlari va chiziqlarning uygʻunligi va boshqalar) R.ning nafis ishlanishi, tus, ranglarning
ohangdorligi, nursoyaning oʻta taʼsirchanligiga erishiladi. R. qogʻoz, mato, devor va boshqalarga
qalam, koʻmir, pero, sangina, moʻyqalam va boshqa vositasida, tosh, taxta, metall kabi qattiq
yuzalarga oʻtkir uchli buyum (qurol, bigiz va boshqalar) bilan oʻyib chiziladi. R., asosan, bir rangda
yoki turli ranglarni u yoki bu darajada qoʻllanishi bilan bajariladi. R.ning tugal mazmun, maʼlum
gʻoyaviy estetik qarashlarni ifodalovchi mustaqil (dastgoh) hamda biror sanʼatga bogʻliq (kitob
bezagi, ilmiy ishlarni izohlashga yordam beruvchi qoʻshimcha material va boshqalar) holda
yaratiladigan turi mavjud. Tasviriy, amaliy bezak sanʼati va meʼmorlikda R. muhim oʻrin egallaydi,
ularning asosini oʻrganish R.dan narsa, buyumlarni yuza (qogʻoz)da tasvirini ishlashdan
boshlanadi. Borliqni oʻrganish va bilish, real borlikdan abstrakt tafakkurga oʻtish jarayonida R.
katta imkoniyatga ega. Badiiy R. tekis yuzada ishlanadigan barcha tasvirlar (rangtasvir, grafika,
boʻrtma tasvir — relyef)ning asosini tashkil etadi, bajarilishiga koʻra tugallangan (portret,
manzara va boshqalar) hamda naturadan yaratilgan xomaki R., chizgi, eskiz, etyud va boshqa
turlari farqlanadi. Yagona nusxada yaratilishi bilan R. grafika, gravyura va litografiyadan farq
qiladi. R. rangtasvirda asar yaratishning dastlabki bosqichi boʻlib, unda boʻlajak asarning tuzilishi,
buyum va obrazlarning fazoviy joylanishi, koʻrinish chegara chiziklari, oʻlcham va uning nisbatlari
belgilab olinadi. Grafikada R. badiiy ijodning mustaqil va asosiy yoʻnalishi hisoblanadi hamda
uning turlari asosini tashkil etadi. Rassom gʻoyaviy estetik qarashlarini qalam, koʻmir qalam,
sangina, pastel va boshqa vositasida ifodalab, moʻʼjiza yaratishi va kishini hayratlantiradigan
darajadagi sanʼat asarini maydonga keltirishi mumkin. R. badiiy taʼlimning (asosan, naturadan
chizish, oʻquv mashqi) asosini tashkil qiladi. R. texnologik jihatdan quruq va suyuq holdagi boʻyoq
ashyolaridan foydalanib bajariladi. Eng qad. quruq boʻyoq — koʻmirga aylangan yongan yogʻoch
Soʻnggi tahrir 5 kunlar avval 213.230.82.16 tomonidan amalga oshirildi
qoldiqlari boʻlgan. Uoʻgʻonish davrida italyan qalami (qora boʻr) va sangina (qizil boʻr) ishlatila
boshlangan, 16-asr oxiridan grafit, 18-asrda bugungi kunda keng tarqalgan qalam amalda
qoʻllanila boshlagan. Suyuq boʻyoqlar (tush, siyoh, sepiya, bistr) yuzaga pero, qush pati,
moʻyqalam yordamida tushiriladi, bu boʻyoqlar alohida yoki aralashtirib ishlatilishi mumkin. R.
oʻrnida hozirgi kunda qalamtasvir, chizmatasvir iboralari ham keng ishlatiladi (Mas, rangtasvir R.i,
yaʼni uning qalamda ishlangan tasviri — qalamtasvir).
[1][2]
juda ajayib rasm bo'libdi
[3]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. "Rasm"
OʻzME
.
R-harfi (http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20
Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20R%20harfi.pdf)
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. Juda ajoyib rasm
Sanʼatga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Rasm&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Rasm&oldid=2438185
"
dan olindi
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |