Tekis parallel chetlar bo’yicha uzunlik o’lchovchilar (andozalar). Tekis parallel chetlar bo’yicha uzunlik o’lchovchi andozalar



Download 261,63 Kb.
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi261,63 Kb.
#311926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’lchov asboblari

Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida h’osil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi. Sistematik (muntazam) xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o’lchaganda o’zgarmas bo’lib qoladigan yoki biror qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan o’lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo’ladi, ularni tuzatmalar kiritish yo’li bilan yo’qotish mumkin. Kattalikni o’lchash natijasida olingan qiymatga muntazam xatolikni yo’qotish maqsadida qo’shiladigan qiymat tuzatma deb ataladi.

Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:



Ўлчаш хатоликлари

Bunda: m – muntazam xatolik; t – tasodifiy xatolik; q – qo’pol xatolik Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo’lib, tah’lil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruh’lari quyidagilar h’isoblanadi:


  • Uslubiy xatoliklar;

  • Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;  Subektiv xatoliklar.  O’rnatish, metodik xatolik

O’lchash usulining nazariy jih’atdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.

O’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto’g’ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo’zg’aluvchan qismning noto’g’ri mah’kamlanishi va h’okazolar.

İnstrumental (o’lchash asboblari) xatolik deyilganda ishlatilayotgan o’lchov asboblari xatoliklariga bog’liq bo’lgan o’lchash xatoliklari tushuniladi.

O’lchash usuli xatoligi deyilganda usulning takomillashmaganligi orqasidan kelib chiqadigan xatoliklar tushuniladi.

Subektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir. Subektiv xatoliklar kuzatuvchining shaxsiy xususiyatlaridan masalan, biror signal berilgan paytda qayd qilishda kechikish yoki shoshilishdan (shaxsiy ruh’iyati xolatidan) shkala bir bo’limi chegarasida ko’rsatuvchi noto’g’ri yozib olishdan va boshqa sabablardan kelib chiqadi.



O’rnatish xatoligi o’lchov asbobi strelkasining shkala boshlang’ich belgisiga noto’g’ri o’rnatilishi natijasida yoki o’lchash vositasini etiborsizlik bilan o’rnatilishi natijasida kelib chiqadi.

O’lchash metodikasi xatoliklari kattaliklarni o’lchash shartlari (metodikasi) bilan bog’liq bo’lgan va qo’llanayotgan o’lchash asboblariga bog’liq bo’lmagan xatoliklardan iborat.

Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o’lchash mobaynida tasodifiy o’zgaruvchi o’lchash xatoligi tushuniladi.

Tasodifiy xato qilinganini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta o’lchagandagina sezish mumkin. Agar xar bir o’lchash natijasi boshqalardan farq qilsa, u h’olda tasodifiy xatolik mavjud bo’ladi.

O’lchashning qo’pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o’lchash xatoligi tushuniladi.

Umuman, muntazam xatolikni yo’qotish yo’li bir aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni bazi bir usullari mavjud.



  1. Xatoliklar chegarasini nazariy jih’atdan bah’olash, bu uslub o’lchash uslubini, o’lchash vositalarining xarakteristikalarini, o’lchash tenglamasini va o’lchash sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o’lchash asbobining parametrlari yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini bilgan h’olda biz uning tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning istemol qiluvchi quvvatidan, o’lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan h’osil bo’lishi mumkin.

  2. Xatolikni o’lchash natijalari bo’yicha bah’olash. Bunda o’lchash natijalari h’ar xil printsipdagi usul va o’lchash apparaturasidan (vositalaridan) olinadi. O’lchash natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi o’lchashlarda ishlatiladi.

  3. Har xil xarakteristikaga ega bo’lgan, lekin bir xil fizikaviy printsipda ishlaydigan apparatura yordamida o’lchash usuli. Bunda o’lchash ko’p marotaba takrorlanib, o’lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida h’am ishlanadi.

  4. O’lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o’tkazish. Bu usul h’am aniq o’lchashlarda ishlatiladi.

  5. Muntazam xatoliklarni keltirib chikaruvchi sabablarni yo’qotish yo’li. Masalan: tashqi muh’it temperaturasi o’zgarmas qilib saqlansa, o’lchash vositasini tashqi maydon tasiridan h’imoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi turg’unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h’.k.

  6. Muntazam xatolikni yo’qotishning maxsus usulini qo’llash: o’rin almashlash (o’rindoshlik), differentsial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usuli.

Adabiyotlar



    1. Abdurashidov Q.S., Hobilov B.A., Nazarova M.K. Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati. T.: “Faylasuflar milliy jamiyati”, 2011. - 212 b.

    2. Qurbanov A.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. T.: YAngi yo‘l poligrafservis, 2007.- 224 b.

    3. Nuriev K.K. O‘zaro almashuvchanlik metrologiyasi va standartlashtirish. T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.- 312 b.

    4. Abduvaliev A.A., Avakyan P.G. i dr. Osnovы obespecheniya edinstva izmereniy. T.: 2005.

Download 261,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish