Uzun metallarni qirqish usuli. Listli metallni qirqish usuli
Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish
mumkin (11-rasm).
Quvurlarni qirqish uchun ularni tiskida gorizontal holatda o’rnatiladi. Devori ingichka bo’lgan
quvurlarni qirqish uchun yog`och bruslar yoki bo’lmasa, ingichka metall listlardan foydalaniladi (12-
rasm, a, b).
Quvurlarni temirarra bilan qirqish usullari:
a) yog`och bruslar bilan; b) metall list yordamida
Maktab ustaxonalarida qattiq metallarni maxsus abraziv doiralar yordamida qirqish mumkin.
Uning uchun abraziv doirani elektr charxlag`ich yoki elektrodrelga o’rnatish kerak bo’ladi.
Shpindelning aylanish chastotasi 1500-3000 ayl/min bo’lishi kerak.
Metallni doira bilan qirqish:
a) elektrodrel yordamida; b) elektrocharxlagich yordamida
O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |