140
kesiladi. Ishlov beriladigan detalning qo‘llanishiga ko‘ra, kesish toza yoki dag‘al bo‘lishi mumkin.
Birinchi holda zubiloning bir sidra harakatida metalldan 0,5 dan 1 mm gacha, ikkinchi holda esa 1,5 dan 2
mm gacha qalinlikdagi qatlam kesib olib tashlanadi. Aniq ishlovga 0,4—1 mm gacha kesish natijasida
erishish mumkin.
Chilangarlik ishlaridagi egovlash, parmalash, shabrovkalash, pritirka kabi kesish usullarida
detalning ortiqcha qismi qirindi, payraxa shaklida kesib olib tashlanadi. Bundan tashqari, listlar va metall
chiviqlarning ma’lum bir qismini qirqib tashlash ham kesish ishlariga kiradi.
Har qanday kesuvchi asbobniig (zubilo, keskich) kesuvchi (tig‘) qismi pona shaklida bo‘ladi.
Masalan, metchik, plashka, metall keskich va egovlarning kesuvchi qismi bir va bir necha ponasimon
elementlardan tashkil topgan (1-rasm). Zubiloning kesuvchi qismi ham pona shaklidan iborat (2-rasm).
Uning geometrik shakli 3-rasmda tasvirlangan,
Kesuvchi asbobning o‘tkirligi, uni kesiladigan sirtga qanday burchak ostida o‘rnatilishi va
kuchning qanday yo‘naltirilishiga bog‘liq holda kesish jarayoni ko‘p yoki kam jismoniy kuch talab
qiladi. Kesuvchi asbob qanchalik o‘tkir bo‘lsa, qirqish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi. Binobarin,
detal sirtini tarashlash uchun kamroq kuch sarflanadi.
Kesish nazariyasi va amaliyotida kesuvchi asbob tig‘ini o‘tkirlash uning qanday materialdan
tayyorlanganligiga bog‘liqligi aniqlangan.
Chilangarlikda ishlov beriladigan sirt deganda zagotovkadan payraxa yoki qirindi qirib
tashlanadigan detalni, ishlov berilgan sirt deganda esa sirtidan qirindi qirib tashlangan detalni
tushunmoq lozim. Kesish tekisligi deganda kesuvchi asbob tig‘i bilan zagotovkada hosil bo‘lgan yuza
(sirt) tushuniladi.
1-rasm. Chilangarlik asboblari kesuvchi qismlarining burchaklari:
a—zubilo; б—kreytsmeysel; в-shaber; г—egov; д— qularra polotnosi; e— parma; ё—yoygich;
ж— metchik.
Kesishda asbobdan qirindi chiqadigan sirtni oldingi sirt, unga qarama-qarshi joylashgan
tomonini orqa sirt deb aytiladi. Oldingi va orqa sirtlar o‘rtasida hosil bo‘lgan burchakni o‘tkirlik bur-
chagi deyiladi. Bu burchak R harfi bilan belgilanadi. Asbobning oldingi sirti va tekisligi bilan ishlov
berilgan sirtdan o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchakni oldingi burchak deb ataladi. Oldingi
burchak γ harfi bilan belgilanadi. Asbobda oldingi burchak qancha katta bo‘lsa, uning o‘tkirlik
burchagi shuncha kam bo‘ladi.
2-rasm, Pona zubilo (a)
3-rasm. Kesish elementlari
va zubilo
141
va uning o‘tkirlik burchagi (b).
kesuvchi qismining geometriyasi.
Kesuvchi asbobning orqa burchagi (α) 3°—8° bo‘lishi kerak. Agar kesuvchi asbobni katta
burchak hosil qilib, bolg‘ada zarb berilsa, asbobning tig‘i zagotovkaga botib ketishi, haddan tashqari
kichik burchak ostidagi zarbada esa zubilo zagotovkadan (sirpanib) chiqib ketishi mumkin. Oldingi va
ishlov beriladigan sirt oralig‘idagi burchakni kesish burchagi (a) deb ataladi. U o‘tkirlik burchagi bilan
orqa burchak yig‘indisiga teng.
Ponasimon kesuvchi asbobning ishlov beriladigan metallga ta’siri ponaning o‘qi va
yo‘naltiriladigan Р kuchga bog‘liqdir. Agar ponaning o‘qi va Р kuch zagotovkaga nisbatan
perpendikulyar zarba bilan yo‘naltirilsa, u holda zagotovka kesiladi; agar ponaning o‘qi va Р kuch
zagotovkaga nisbatan 90° dan kam bo‘lgan burchak ostidagi zarba bilan yo‘naltirilsa, u holda
zagotovkadan
qirindi ajraladi, ya’ni ponaning oldingi sirti metall qatlamini qirindi holida ko‘chiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: