16
materiallar tovushdan tez uchadigan samolyotlarda, dengiz texnikasida, qishloq xо‘jaligida, yengil
sanoat va hokazolarda foydalaniladi.
Yangi materiallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hisobga olinadi, masalan,
juda qattiq qotishmalardan zagotovkalar kesishda ularga nisbatan qattiqroq materialdan yasalgan
asboblardan foydalaniladi.
Yangi materiallar (plastmassalar, sintetik kauchuklar, smolalar, sun’iy olmos va boshqa) tufayli
yangi texnologiyalar vujudga keladi. Chunonchi mashinasozlikda sintetik olmoslardan foydalanish
detallar prokat qilinganidan sо‘ng tokarlik ishlarisiz silliqlash yoki issiqligiga pardozlash imkonini
berdi. Faqat yangi materiallar emas, balki energiyaning yangi turlari ham yangi texnologiyalar
yaratishga yordam beradi. Bu jihatdan lazer, elektron nur, plazma texnologiyalari alohida e’tiborga
loyiqdir.
Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy qilish fan – texnika taraqqiyotini
jadallashtirishning muhim yо‘nalishidir. Sizlar metall qirqish stanoklarida ishlayotganingizda
anchagina metall qirindiga aylanishini kо‘rgansiz. Kо‘p hollarda dastlabki materialning 70–80 foizini
chiqindilar tashkil etadi. Xuddi shu sababli xususan mashinasozlikda metallarni qirqish bilan ishlash
о‘rniga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qо‘llash nihoyatda muhim ahamiyatga
egadir.
Mazkur usullaridan biri – detallarni metall kukunlaridan tayyorlash – kukunli metallurgiya
bо‘lib, bu usul ilgari minutlar, ba’zan soatlar sarflanadigan detallar tayyorlashni aniq forma va
о‘lchamlar bilan sekundlarda bajarish imkonini berayotir. Ana shu usulda metall poroshogi (yoki
kukunlar aralashmasi) pо‘lat press – qolipga solinadi va katta bosim bilan presslanadi. Shunda metall
zarralari bir – biriga jipslashadi, natijada geometrik parametrlari bо‘yicha tayyor detallga mos
zagotovka hosil bо‘ladi. Keyin zagotovkani maxsus pechlarda juda yuqori temperaturada qizdiriladi
(yaxlitlanadi) – metall zarralari birlashib, jips bir jinsli massaga aylanadi. Bu usul bilan
tayyorlanadigan detallar uchun kerakli asbob – uskunalar ayrim hollarda odatdagi metall qirqish
stanoklariga qaraganda soddaroq va arzonroq bо‘ladi. Kukunli metallurgiyadan issiqqa, korroziyaga
chidamli yangi materiallar olishda ham foydalaniladi. Bu esa yangi texnologiyalar yangi materiallar
yaratishga xizmat qilishining misolidir.
Ma’lumki metallarni bosim bilan ishlash metall qirqish stanoklarida detallar tayyorlashga
nisbatan ancha tejamlidir. Mexanik shtampovka о‘rnini asta – sekin suv zarbi, magnit maydoni,
portlatish bilan shtampovkalash egallamoqda.
Sovuq va issiq holda hajmli shtampovkalash, aniq quyish, erigan suyuq materiallardan detallarni
shtampovkalash va hokazolar ham nihoyatda tejamli texnologiyalardir.
Sо‘nggi yillarda metallarni qirqish tezligini oshirish, ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtirish va
hokazolar hisobiga an’anaviy texnologik jarayonlarni intensivllashtirishdan ham keng
foydalanilmoqda.
Kо‘p operatsiyalarni birlashtiradigan uzluksiz texnologik jarayonlarni qо‘llash katta samara
beradi. Uzluksiz texnologiya texnologik operatsiyalarni qо‘shish orqali zagotovkalarni detallar va
materiallarni bir ish о‘rnidan ikkinchi ish о‘rniga tashish hamda boshqa qator yordamchi
operatsiyalarni bartaraf etadi, masalan, kukunli metallurgiya usulida detallar tayyorlashda kо‘pincha
presslash va qizdirish jarayonlari qо‘shiladi: metall kukunlari presslanadi va bir yо‘la qizdiriladi.
Zamoanviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish,
an’anaviy texnologik jarayonlarni intensivlashtirish, xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida
samaradorligini ishlab chiqarishni oshirishning asosiy yо‘nalishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: