Техник конструкциялаш ва моделлаш


-rasm. Arralangan materiallar assortimenti



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

3-rasm. Arralangan materiallar assortimenti
     a-plastinka;  b-choraktalik;d-tozalab  qirqilgan  taxta;  e-cheti  qirqilgan  reyka;  f-ikki  qirrali  brus;  g-
tozalab qirqilgan brus; h-kapantaxta; i-uch qirrali brus; g‘-shpala. 
materialar radial va tangentsial ko‘rinishda tilingan bo‘lishi mumkin. 
Randalangan  taxta  deb,  loaqal  bitta  yuzasi  yoki  chetiga  randalab  yoki  frezalab  ishlov  berilgan 
materialni aytiladi. 
Sinab  ko‘rish  usuli  bilan  yog‘ochning  ko‘rinishi  va  yaroqliligi  va  yaroqsizligi  hamda  qattiq-
yumshoqligi, zichligi, hamda xar turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi. 
Yog‘ochning  qattiqligini  unga  o‘zidan    qattiq  buyumlarning  uchini,  tig‘ini,  qirrasini  ma’lum 
miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan 
eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi. 
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va 
shu kabilar qurishda asosan tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday 
tajriba  va  hisob  kitoblar  asosida  xar    bir  maqsad  uchun  qanday  yo‘g‘onlikdagi  va  uzunlikdagi 
yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi. 


22 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yog‘och  daraxtni  hosil  qiluvchi  asosiy  material  bo‘lib,  daraxt  tanasidagi  suv  va  boshqa 
moddalarni  kerakli  yo‘nalishlarda  o‘tkazib  turish  xususiyatiga  ega,  ham  da  uziga  tushayotgan 
og‘irlikni  ko‘tarib  turish  vazifasini  bajaradi.  Daraxt  kesilgandan  keyin  yog‘och  tuqimalari  orasidagi 
suv  harorat  ta’sirida  tashqariga  chiqish  natijasida  yog‘och  Quriy  boshlaydi.  Bunda  suv  yog‘ochning 
hamma  to‘qimalari  orasidan  bir  tekisda  va  bir  xil  vaqt  oraliqlarida  chiqib  tursa,  yog‘och  tanasi 
yorilmasdan  quriydi.  Agar  aksincha  yog‘ochning  biror  qismidagi  to‘qimalari  orasidan  suv  ko‘proq, 
boshqa  qismidan  esa  kamroq    tashqariga  chiqa  boshlasa  hamda  bundan  tashqari,  yog‘ochning  turli 
qismlaridagi suv tashqariga bir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning natijasida 
yog‘och tanasida yoriqlar paydo bo‘lishi, yog‘ochning buralish yoki bukilish hodisalari kelib chiqadi 
(39-rasm). 
Yog‘ochning yorilishi. Bunday hollarning oldini olish uchun yog‘ochni to‘g‘ri quritish 
qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun xo‘l yog‘ochni to‘g‘ri holatda kerakli og‘irlikdagi yuk bilan 
bostirib  quyish  va  uning  sirtiga  havo  oqimi  bir  tekisda  tegadigan  bo‘lishini  ta’minlash  hamda  to‘liq 
qurigincha shunday holatda saqlash kerak. 
Bundan  tashqari,  agar  yog‘ochni  biror  buyumni  yasash  uchun  kerakli  shaklda  etarli  xolatga 
keltirish lozim bo‘lsa, xo‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan xolatga keltirib, tegishli og‘irliqdagi 
yuk  bilan  bostirib  yoki  tegishli  moslamalar  bilan  mahkam  uning  sirtiga  havo  oqimi  bir  tekisda 
bo‘lishini ta’minlab, qurigancha shunday xolatda saqlanadi. 
Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy 
mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akastiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, 
qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga  esa asosan qoqiladi. 
Hamma  yog‘och  turlari  yaxshi  yonadigan  material  xisoblanadi.  Shuning  uchun  yog‘ochdan 
tayyorlangan  maxsulotlarni  yong‘indan  saqlash  choralari  ko‘riladi.  Ustaxonada  yong‘in  chiqishiga 
qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart. 
2. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar 
Duradgorlikda  bir  necha  xil  daraxt  turlaridan  foydalaniladi.  Quyida  shulardan  ayrimlarini 
ko‘rib chiqamiz. 
Terak. Baqa va mirza terak turlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlaridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan 
farq qiladi. Baqa terakning po‘stlog‘i oq-ko‘kish rangli, silliq bo‘lib, tananing pastki qismida chatnog‘i 
bo‘ladi.  Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri  bo‘lmaydi. Mirza terakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash 
kam  uchraydi.  Tanasi  to‘g‘ri,  baqa  terakka  nisbatan  kam  shox  bo‘ladi,  undan  yaxshi  sifatli  xoda 
olinadi. 
Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizg‘ish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin 
silliq  randalaniladi  va  yaxshi  pardozlaniladi.  Mayin  tolali,  yillik  xalqalari  aniq  bilinadi,  tabiiy  guli 


23 
 
chiroyli.  Bug‘langan  holda  yaxshi  egiluvchan  bo‘ladi.  Shumtol  mebel  sanoatida,  faner  tayyorlashda, 
kemasozlik, vagonsozlik, samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi. 
Qarag‘ay.  Qarag‘ayning  po‘stlog‘i  qalin,  to‘q  jigar  rang,  yog‘ochi  oqqizg‘ish  rangli,  to‘g‘ri 
qatlamli, engil, puxta, smolali bo‘lib, namga chidamli. 
Buk  (qora  qayin).  Qora  qayin  sarg‘ish-qizg‘imtil  tovlanadigan  oqish  tusli,  radial  qirqimi  bo‘yicha 
chiroyli  tabiiy  gulli,  namga  chidamsiz,  qattiq  qovushoq  yog‘ochdir.  Shuning  uchun  undan  egib 
ishlanadigan  mebellar,  randalangan  faner,  chizmachilik  asboblari  tayyorlanadi,  mashinasozlik 
sanoatida ham ishlatiladi. 
Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va 
silliq yog‘och. Ishlov berish qulay. Nok 150-300 yilgacha yashaydi. 
Dub (Eman). Eman yog‘ochi to‘q-jigar rangli, yillik xalqalari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik 
tolali  bo‘ladi.  Mexanikaviy  xossalari  juda  yuqori,  ishlash  qiyin,  zichligi  katta.  Suvda  chirimaydi, 
namga  chidamli,  yaxshi  pardozlanadi.  Shuning  uchun  undan  yer  osti  qurilishlarida,  mashinasozlikda, 
mebellarni fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi. 
Chinor.  Chinor  daraxtining  po‘stlog‘i  qizg‘ish  sariq  tusli,  silliq,  yupqa  bo‘ladi.  Yog‘ochi  pishiq-
puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli,  yaxshi pardozlanadi. 
Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi. 
Mamlakatimiz o‘rmonlarida daraxtning 100 dan ortiq turlari o‘sadi. Daraxtning hamma turlari ikkiga: 
ignabargli  (qora  qarag‘ay,  qarag‘ay,  tilog‘och,  archa  va  hokazo)  hamda  bargli  (eman,  qora  qayin, 
qayin, tog‘terak va xokazo) daraxtlarga bo‘linadi. 4- rasmda daraxtning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan. 
Xar bir turining yog‘ochligida o‘ziga xos guli (teksturasi) bo‘ladi (4- va 5- rasm). 
Bargli  daraxt  yog‘ochliklarining  gullari  ignabargli  daraxt  yog‘ochliklarining  gullariga  nisbatan 
xilma-xil va chiroylidir. 
Ishlov  berish  qiyinligi  jihatdan  yog‘ochlik:  yumshoq  (tog‘terak,  jo‘ka,  qarag‘ay  va  hokazo),  qattiq  
(eman, qayin va hokazo), juda qattiq (oq akas, qora qayin va hokazo) yog‘ochlarga bo‘linadi. 
Yog‘ochlik  yuqori  darajada  mustahkam  bo‘lib,  unga  kesuvchi  asboblar  bilan  yaxshi  ishlov 
bersa  bo‘ladi.  Yog‘ochdan  yasalgan  detallarni  osongina  elimlash,  mixlar  va  burama  mixlar 
yordamida  biriktirish  mumkin.  Yog‘ochdan  yasalgan  buyumlarning  tashqi  ko‘rinishi  chiroyli 
chiqadi. Lekin yog‘ochning 4- rasm. Daraxtning  kamchiliklari  ham  mavjud  bo‘lib,  u  namlik    
tashqi ko‘rinishi.  ta’sirida buziladi, quriganida qiyshayadi, tezroq 
 
 
 
                

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish