Birinchi gumanoid nimadir deb g’o’ldiradi.
Ikkinchi gumanoid «Ulyagoidman» deyapti deb tushuntirdi.
Uchinchichi esa «Sen har doimgiday yog’lon gapiryapsan» debdi.
Sizning fikringizcha uchinchi gumanoid qaysi turga kiradi.
Bu kabi masalalar talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi va ularning darsdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Masalaning javobiga keladigan bo’lsak, uchinchi gumanoid jaboid bo’lib chiqadi. Zero, birinchi gumanoid jaboid bo’lsa, u faqat haqiqatni gapiradi va «men jaboidman» deb javob beradi. Agar u lyagoid
bo’lganida u baribir «men jaboidman» deb javob bergan bo’lar edi, chunki lyagoid hech qachon to’g’ri javob bermaydi. Demak, ikkinchi gumanoid yolg’on gapirgan. Uchinchi gumanoid haqli ravishda ikkinchisini yolg’onchilikda ayblayapti, demak u jaboid bo’lib hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan ikkinchi bir masalani qarab chiqaylik:
Samolyotning bir qanotidan ikkinchi qanoti uchlarigacha bo’lgan uzunlik 40 metrni tashkil qiladi.
Katta albatros qushining qanotlari yoyilganda esa 4 metrga yetadi.
Samolet va albatrosning yerga tushadigan soyalari o’zaro teng bo’lishi uchun ular qanday balandlikda parvoz qilishlari kerak?
Bu masalaning javobiga keladigan bo’lsak, qush va samolyotning soyasi bir xil bo’lishi mumkin emas. Zero, quyosh yerdan shu darajada uzoq masofada joylashganki, qush va samolyotning masala shartiga ko’ra talab qilinadigan balandlikda uchishi amalda mumkin emas. Ushbu masala o’quvchilarni har bir masala yechimi ustida jiddiy va tanqidiy mulohaza yuritishga o’rgatadi.
Maqolaning umumiy xulosasi o’rnida turli allomalar tomonidan, turli davrlarda bildirilgan quyidagi fikrlarni keltirmoqchimiz:
nimanidir boshqacha bajara olish uchun avvalo uni boshqacha tasavvur qila olish lozim;
raqobatda eng kuchli yoki eng aqllilar emas, balki yuz berayotgan o’zgarishlarga to’laroq javob bera oladiganlar g’olib chiqadi;
agar siz to’g’ri yo’lda bo’lgan chog’ingizda ham bir daqiqaga to’xtab qolsangiz, undan tushib qolishingiz mumkin;
kashfiyotlar davri nihoyalab, mahorat davri boshlanmoqda.
Yana shuni qayd etish joizki, agar siz nimanidir bajara olaman deb hisoblasangiz Siz haqsiz. Agarda, uni bajara olmayman deb hisoblasangiz, bu holatda ham Siz haqsiz. Demak, har birimiz davr va ta’lim islohotlari asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yetuk kasb egalarini tarbiyalashga intilishimiz lozim, chunki biz buni bajara olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |