Техник конструкциялаш ва моделлаш


-Mavzu: O’quvchilarning texnikijodkorligini rivojlantirish



Download 1,15 Mb.
bet43/84
Sana24.11.2022
Hajmi1,15 Mb.
#871446
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
YANGISI TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH

15-Mavzu: O’quvchilarning texnikijodkorligini rivojlantirish.
Reja:
1. O’quvchilarning texnikijodkorligini rivojlantirish yo’nalishlari va asosiy bosqichlari.
2. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi.


Tayanch so’z va iboralar: texnik ijodkorlik, ijod, o’quvchilarningtexnik ijodkorligi

1. O’quvchilarning texnikijodkorligini rivojlantirish yo’nalishlari va asosiy bosqichlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. «Barkamol inson» deganda ham aqliy, ham axloqiy, amaliy va jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Milliy o’zlikni anglashga e’tibor kuchaygan hozirgi sharoitda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik sifatlari barkamollikning aosiy belgilari sifatida qaror topmoqda. Insonning o’z-o’zini anglashida hayotida tutgan o’rnini belgilashda, hayotning mohiyatini tushunishga nisbatan munosabat o’zgarmoqda. Zero, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’kidlanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir».
Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g’urur va o’z intellektual imkoniyatlariga ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo’lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining yechimini topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning mustaqil ta’lim olishi bilan bog’liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog’liq yaratuvchilik jarayoni sifatida o’rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o’quvchilar xulqida, ularning boshqalar bilan muloqotida, amalga oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari yetarlicha hal etib berilmagan.
Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko’z oldimizga keltiradigan bo’lsak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo’luvchi xususiyati ekanligini ko’ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta’lim tizimini ham o’z ta’sir doirasiga olgan. Shunday ekan, jahonda o’zining munosib o’rniga ega bo’lib borayotgan respublikamiz ta’lim tizimiga tatbiqan shaxs sifatlarining muhim qirralari bo’lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi.
Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida o’quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan.
Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:
- shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera olmasligi;
- ta’lim tizimida an’anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog’i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi;
- umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim o’quv rejalarida ko’zda tutilgan ta’lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko’lamda joriy etish yo’llarining asoslab berilmaganligi.
Bu esa o’quvchi va talaba yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini yaratish, uni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Qayd etilgan muammolar yechimini topishning ikki yo’nalishini taklif etish mumkin:

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish