4.Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida
Sanoat - texnik mahsulotlarining badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish - olimlar, muhandislar ishlab chiqarish xodimlarning muhim vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalashning diqqat markazida hamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o‘laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o‘zini go‘zal buyumlar bilan o‘rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni - foyda va go‘zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo‘lib, u hamisha muhim bo‘lmaydi va tarixan almashinib turadi.
Inson va mashinalarning o‘zaro munosabatini ifodalovchi texnika atamasi grek tilidan kirib kelgan bo‘lib, texnikaviy san’at ma’nosini bildiradi.
Tarixiy texnika so‘zining ma’nosi, ishlab chiqarish usuli o‘zgarishiga muvofiq yangilanib kelgan.
Quldorlik davrida texnika atamasi yakka ustalik, mutaxassislikni egallash ma’nosini bildirgan.
O‘rta asrda, hunarmandchilik ishlab chiqarish hukmronligi davrida u texnologiya, usul, qolipni (retseptni) bildirgan. Masalan, temirchilik texnikasi va hokazo.
Hozirgi sharoitda texnika atamasi mehnat vositalarini anglatadi. Ular yordamida inson nafaqat mehnat mahsulotlariga, balki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy shart-sharoitlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Texnikaning to‘rt fazilati va o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
Birinchi xususiyat - ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzum taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari bilan texnikaning o‘zaro bog‘liqligi.
Tarixiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida hayotga tatbiq etilmagan kashfiyotlar bunga misol bo‘la oladi (parashyut, vertolyot va boshqa mashinalar).
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning texnika rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning roli, uning taraqqiyoti ayniqsa, yaqqol ko‘rinmoqda. G‘arbning ilg‘or olimlaridan biri S.Lilli, hozirgi va ertangi kunimiz ilg‘or texnikasidan bahra olib foydalanadigan munosib iqtisodiy tuzumgina emas, oqibat natijasida butun jahon iqtisodiy tuzumni o‘zgartirishdan yangi jamiyat qurilishidan boshqa yo‘l yo‘q, deb yozgan edi.
Ikkinchi xususiyat - ma’lum ijtimoiy shakllantirish paydo bo‘lib, uning iqtisodiy qonunlari bilan o‘zaro bog‘langan holda texnika ijtimoiy tuzum boshqasi bilan almashganida saqlanib qoladi va yangi sinfga xizmat qiladi.
Olimlarimiz shu xususiyatlarni hisobga olib yozgan edilar: “yirik kapitalizm erishgan texnika va madaniyat yutuqlaridan foydalanmasdan yangi jamiyat qurish mumkin emas”.
Uchinchi xususiyat - shundan iboratki, texnika doimo tabiat qonunlariga to‘la muvofiq ravishda rivojlanadi.
Agar yaqin vaqtlargacha texnikada takomillashtirish paypaslash bilan, ongsiz o‘tib, so‘ngra ilmiy bilimlarda tasdiqlangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda har qanday mexanizmni loyihalash va muhandislik hisob-kitoblar, eng ilg‘or ilmiy-texnik kashfiyotlardan kelib chiqdi.
To‘rtinchi xususiyat - texnika taraqqiyoti sakrash yo‘li bilan bo‘layotganini ko‘rsatadi. Bu keskin o‘zgarishlar bilan amalga oshirilayotgan texnika taraqqiyot qonuniyatlaridan biridir. Olov, bug‘, elektr quvvati, kashfiyoti, avtomatika, kibernetika, atom energiyasi sohalaridagi kashfiyotlar buning yorqin dalilidir. Texnikaning saqlash yo‘li bilan taraqqiyotini oddiy tarzda qayd etib o‘tish yetarli emas. Rassom loyihasi, muhandis, mexanik, texnolog oldingi loyiha eskirganligi aniq dalilga aylanganida emas, balki eskira boshlagan paytda uning oldini olishlari lozim.
Asrlar davomida texnika takomillashib, inson mehnatini yengillashtirib keldi. Har bir tarixiy bosqichda inson va texnika o‘rtasida muayyan munosabatlar shakllangan. Shu asosda, turli munosabatlarni ta’riflab beruvchi quyidagi tarixiy bosqichlar ajralib turdi:
Inson mehnat vositasiga bevosita ta’sir etib, oddiy qurollar yordamida ishlaydi.
Inson ancha murakkabroq mehnat qurollari yasaydi, ammo ularni avvalgiday o‘zi ishga soladi.
Inson mashina-dvigatellarni ixtiro etadi (suv parragi, bug‘ dvigateli), ammo qurollar, asboblar yordamida ishni avvalgiday inson qo‘llari bajaradi.
Inson mashina xizmatini qilar, anchagina qo‘l ishlarini bajarar, mahsulot yetkazib berar, tayyor buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilib olar va turli xil vazifalarni bajarar edi.
Inson mashinani boshqarishda. Boshqaruv bir pultda joylashtirilgan, u yerda ishlab chiqarish texnologik jarayonini to‘la aks ettiruvchi asboblar mavjud. Inson mashinalar boshqaruvchisiga aylandi, mahsulotlarni olib berish, yarim tayyor mahsulotlarni bir mashinadan ikkinchisiga olib berish uzluksiz mashina yordamida amalga oshiriladi.
Oxirgi tarixiy bosqich-maxsus dastur va moslama yordamida mashinalarni avtomatik boshqarishni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichda endi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha texnologik jarayonlarni dastur bo‘yicha bajaradigan texnik moslamalar (qurilmalar) ishlab chiqildi. Avtomatikaning bunday yuksak darajasida odam go‘yo mashinani boshqarishdan chetlashtiriladi. Ammo bunday emas. Uskunalarni tekshiruvdan o‘tkazish va ta’mirlashdan tashqari inson dasturlar tuzadi va ularni maxsus qurilmalarga o‘tkazib qo‘yadi.
Inson va mashina o‘zaro munosabatlarining tarixiy bosqichlarini tahlil qilgan vaqtda shuni hisobga olish kerakki, birinchi to‘rtta bosqich vaqt o‘tishi bilan barham topishi kamdan-kam uchraydi, oxirgi ikkita bosqich esa hozirgi vaqtda keng tarqalgan.
Buyumning tashqi shakli - geometrik shakllar parallelopiped, prizma, silindr, konussimon.
Nisbatlar - bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan mustahkam bog‘liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarni, ranglarni). Hajmi fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o‘lchovga ega bo‘lib, bu o‘lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristika uning asosiy o‘lchovlariga bog‘liq bo‘ladi.
Material - obyekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik shakl va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik shakl go‘zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proporsional va ritmik bo‘lib, u odamga va atrofdagi bo‘limlarga mos plastik bo‘ladi, rangi ko‘zni quvontiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |