Model va modellashtirish.Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u harakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy obyekt) ning funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Masalan, avtomobilning, traktorning modellari kiradi.
Maket - obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan, binolar, inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash.
Texnik modellar klassifikatsiyasi.
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi.
1 tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili, ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.
2 tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlarni tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi,
misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiqlik uzatilishi bilan va b.
3 tip - funkstional o‘xshashligi - tirik mavjudotlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustahkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish, joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Quldorlik davrida texnika atamasi yakka ustalik, mutaxassislikni egallash ma’nosini bildirgan.
O‘rta asrda, hunarmandchilik ishlab chiqarish hukmronligi davrida u texnologiya, usul, qolipni (retseptni) bildirgan.
Masalan, temirchilik texnikasi va hokazo.
Hozirgi sharoitda texnika atamasi mehnat vositalarini anglatadi. Ular yordamida inson nafaqat mehnat mahsulotlariga, balki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy shart-sharoitlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Texnikaning to‘rt fazilati va o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
Birinchi xususiyat - ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzum taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari bilan texnikaning o‘zaro bog‘liqligi.
Tarixiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida hayotga tatbiq etilmagan kashfiyotlar bunga misol bo‘la oladi (parashyut, vertolyot va boshqa mashinalar).
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning texnika rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning roli, uning taraqqiyoti ayniqsa, yaqqol ko‘rinmoqda. G‘arbning ilg‘or olimlaridan biri S.Lilli, hozirgi va ertangi kunimiz ilg‘or texnikasidan bahra olib foydalanadigan munosib iqtisodiy tuzumgina emas, oqibat natijasida butun jahon iqtisodiy tuzumni o‘zgartirishdan yangi jamiyat qurilishidan boshqa yo‘l yo‘q, deb yozgan edi.
Ikkinchi xususiyat - ma’lum ijtimoiy shakllantirish paydo bo‘lib, uning iqtisodiy qonunlari bilan o‘zaro bog‘langan holda texnika ijtimoiy tuzum boshqasi bilan almashganida saqlanib qoladi va yangi sinfga xizmat qiladi.
Olimlarimiz shu xususiyatlarni hisobga olib yozgan edilar: “yirik kapitalizm erishgan texnika va madaniyat yutuqlaridan foydalanmasdan yangi jamiyat qurish mumkin emas”.
Uchinchi xususiyat - shundan iboratki, texnika doimo tabiat qonunlariga to‘la muvofiq ravishda rivojlanadi.
Agar yaqin vaqtlargacha texnikada takomillashtirish paypaslash bilan, ongsiz o‘tib, so‘ngra ilmiy bilimlarda tasdiqlangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda har qanday mexanizmni loyihalash va muhandislik hisob-kitoblar, eng ilg‘or ilmiy-texnik kashfiyotlardan kelib chiqdi.
To‘rtinchi xususiyat - texnika taraqqiyoti sakrash yo‘li bilan bo‘layotganini ko‘rsatadi. Bu keskin o‘zgarishlar bilan amalga oshirilayotgan texnika taraqqiyot qonuniyatlaridan biridir.
Olov, bug‘, elektr quvvati, kashfiyoti, avtomatika, kibernetika, atom energiyasi sohalaridagi kashfiyotlar buning yorqin dalilidir. Texnikaning saqlash yo‘li bilan taraqqiyotini oddiy tarzda qayd etib o‘tish yetarli emas. Rassom loyihasi, muhandis, mexanik, texnolog oldingi loyiha eskirganligi aniq dalilga aylanganida emas, balki eskira boshlagan paytda uning oldini olishlari lozim.
Asrlar davomida texnika takomillashib, inson mehnatini yengillashtirib keldi. Har bir tarixiy bosqichda inson va texnika o‘rtasida muayyan munosabatlar shakllangan. Shu asosda, turli munosabatlarni ta’riflab beruvchi quyidagi tarixiy bosqichlar ajralib turdi:
Inson mehnat vositasiga bevosita ta’sir etib, oddiy qurollar yordamida ishlaydi.
Inson ancha murakkabroq mehnat qurollari yasaydi, ammo ularni avvalgiday o‘zi ishga soladi.
Inson mashina-dvigatellarni ixtiro etadi (suv parragi, bug‘ dvigateli), ammo qurollar, asboblar yordamida ishni avvalgiday inson qo‘llari bajaradi.
Inson mashina xizmatini qilar, anchagina qo‘l ishlarini bajarar, mahsulot yetkazib berar, tayyor buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilib olar va turli xil vazifalarni bajarar edi.
Inson mashinani boshqarishda.
Boshqaruv bir pultda joylashtirilgan, u yerda ishlab chiqarish texnologik jarayonini to‘la aks ettiruvchi asboblar mavjud. Inson mashinalar boshqaruvchisiga aylandi, mahsulotlarni olib berish, yarim tayyor mahsulotlarni bir mashinadan ikkinchisiga olib berish uzluksiz mashina yordamida amalga oshiriladi.
Oxirgi tarixiy bosqich-maxsus dastur va moslama yordamida mashinalarni avtomatik boshqarishni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichda endi ishlab chiqarishda uchraydigan barcha texnologik jarayonlarni dastur bo‘yicha bajaradigan texnik moslamalar (qurilmalar) ishlab chiqildi. Avtomatikaning bunday yuksak darajasida odam go‘yo mashinani boshqarishdan chetlashtiriladi.
Ammo bunday emas. Uskunalarni tekshiruvdan o‘tkazish va ta’mirlashdan tashqari inson dasturlar tuzadi va ularni maxsus qurilmalarga o‘tkazib qo‘yadi.
Inson va mashina o‘zaro munosabatlarining tarixiy bosqichlarini tahlil qilgan vaqtda shuni hisobga olish kerakki, birinchi to‘rtta bosqich vaqt o‘tishi bilan barham topishi kamdan-kam uchraydi, oxirgi ikkita bosqich esa hozirgi vaqtda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |