Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

Mualliflik  huquqidan  farqli  ravishda  sanoat  mulki  ob‟yektlariga 
huquqlar  bunday  ob‟yektlarga  muhofaza  hujjatlari  olingandan 
keyingina  huquqiy  muhofazalanadi. 
Qonunda  sanoat  mulkining  turli 
ob‘yektlariga  muhofaza  hujjatlarining  bir  necha  turi  ko`zda  tutilgan 
bo`lib, O`zbekistonda quyidagi muhofaza hujjatlari amal qiladi: 


~ 25 ~ 
 
-ixtiroga patent - ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma 
yil 
mobaynida 
amal 
qiladi, 
mohiyati 
bo`yicha 
ekspertiza 
o`tkazilgandan so`ng beriladi; 
-ixtiroga  dastlabki  patent  -  dastlabki  ekspertiza  o`tkazilgandan 
so`ng  beriladi  va  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  besh  yil  mobaynida 
amal  qiladi.  Talabnoma  beruvchining  mohiyati  bo`yicha  ekspertiza 
o`tkazish to`g`risidagi iltimosiga ko`ra patentga aylantirilishi mumkin; 
-sanoat  namunasiga  patent  mohiyati  bo`yicha  ekspertiza 
o`tkazilgandan  so`ng  beriladi  va  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  10  yil 
mobaynida  amal  qiladi,  patent  egasining  iltimosi  bilan  amal  qilish 
muddatini  yana  besh  yilga  uzaytirish  imkoniyatini  saqlab  qoladi; 
sanoat 
namunasiga 
dastlabki 
patent 
dastlabki 
ekspertiza 
o`tkazilgandan so`ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil 
mobaynida  amal  qiladi.  Dastlabki  patent  egasining  iltimosiga  ko`ra, 
patentga aylantirilishi mumkin. 
Foydali modelga patent dastlabki ekspertiza o`tkazilgandan so`ng 
beriladi  va  ustuvorlik  sanasidan boshlab  5  yil  mobaynida  amal  qiladi 
va  talabnoma  beruvchining  iltimosiga  ko`ra,  yana  uch  yilga 
uzaytirilishi mumkin. 
Tovar  belgisiga  guvohnoma  ekspertiza  o`tkazilgandan  so`ng 
beriladi  va  belgining  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  10  yil  mobaynida 
amal qiladi va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi. 
O`z  ixtiro,  sanoat  namunalari,  tovar  belgilarini  muhofazalash 
uchun qanday hatti-xarakatlarni qo`llash zarur degan savol tug`iladi? 
Qonun  bilan  muhofaza  hujjatlari  olish  uchun  zarur  maxsus 
tartiblar belgilab berilgan. 
Eng  avvalo,  muhofaza  hujjati  (patent,  dastlabki  patent, 
guvohnoma)  berishga  tegishli  talabnomani  tuzish  va  uni  Patent 
idorasiga taqdim etish zarur. Bunda, masalan, ikki ixtirochi bir-biridan 
mustaqil ravishda bir-biriga o`xshash ixtiro yaratgan bo`lsa, bu bir xil 
ob‘yektga  egalik  huquqi  kim  birinchi  bo`lib  to`g`ri  tuzilgan 
talabnomani  Patent  idorasiga  taqdim  etsa,  o`sha  kishiga  tegishli 
bo`ladi. Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi. 
Ob‘yektning  ustuvorligi  -  qonunchilikka  muvofiq  ravishda 
belgilanadigan vaqt bo`yicha birinchilikdir. 
Muhofaza  hujjatlari  olish  uchun  talabnoma  berish,  shuningdek, 
boshqa  yuridik  harakatlarni  va  tartiblarni  amalga  oshirish  uchun 
talabnoma  beruvchi  davlat  patent  bojlarini  to`lashi  zarurligini  qayd 


~ 26 ~ 
 
etib  o`tamiz.  Patent  bojlari  to`lanadigan  harakat  va  tartiblar  ro`yxati, 
ularning  miqdori  va  to`lash  muddatlari,  shuningdek,  bojlarni 
to`lashdan  ozod  qilish,  bojning  miqdorini  kamaytirish  yoki  qaytarib 
olish  uchun  asosnomalar  Patent  idorasi  tomonidan  Moliya  vazirligi, 
Adliya  vazirligi,  shuningdek,  boshqa  manfaatdor  davlat  boshqaruv 
organlari bilan kelishgan holda belgilanadi. 
Qonunga  muvofiq  patent  olish  uchun  quyidagilar  talabnoma 
berishi mumkin: 
-
 
sanoat  mulki  ob‘yekti  muallifi  (mualliflari)  yoki  uning 
merosxo`ri; 
-
 
muallifning  vorisi,  ya‘ni  muallif  shartnoma  asosida  o`z 
huquqlarini bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs; 
-
 
muayyan  ixtiro,  foydali  model  va  hokazo  xodim  o`z  xizmat 
vazifasini  bajarayotgan  vaqtda  yaratilgan  hollarda  muallifning  ish 
beruvchisi  (firma,  korxona).  Yana  bir  marta  qayd  etib  o`tamizki, 
huquqlarning  berilishi  muallif  hamda  ish  beruvchi  o`rtasidagi 
shartnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. 
Patent  idorasi  intellektual  mulk  ob‘yektlariga  talabnomalarni 
ko`rib  chiqish  uchun  qabul  qiladi  va  davlat  ekspertizasini  o`tkazadi. 
Davlat  ekspertizasini  o`tkazish  ko`p  bosqichli  jarayon  bo`lib,  unda 
talabnoma  berilgan  ob‘yektning  belgilangan  talablarga  muvofiqligi 
tekshiriladi. 
Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat  namunalariga  patent, 
dastlabki  patent  olish  uchun  berilgan  talabnomalar  bo`yicha  davlat 
ilmiy-texnika ekspertizasi o`tkaziladi, u rasmiy, dastlabki va mohiyati 
bo`yicha ekspertizaga bo`linadi. 
Ixtiro,  sanoat  namunalariga  dastlabki  patentlar,  shuningdek, 
foydali  modelga  patent 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish