Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

Ishni bajarish tartibi: 
1. Nazariy ma‘lumotlarni o`rganish. 
2.  Berilgan  nazariy  ma‘lumotlardan  foydalanib,  amaliy  ishlarni 
bajarish. 
3. Bajarilgan amaliy ishlarni topshirish. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
 
Gazlama bo ‗laklaridan qanday bezaklar tayyorlash mumkin ? 
2.
 
Ranglar haqida umumiy mа ‘lumot bering. 
3.
 
Qo`yma burmalar qanday tayyorlanadi? 
4.
 
Bezak tugmalar qanday tayyorlanadi? 
5. Turli tasmalardan gullar qanday tayyorlanadi?
 
 


~ 168 ~ 
 
9-LABORATORIYA ISHI 
 
MAKRAME TEXNIKASI 
 
Ishning maqsadi: 
Makrame texnikasini o`rganish 
Kerakli jihozlar: 
shnur, har xil iplar va hokazo 
 
Makrame haqida ma‟lumot 
Makrame  -  bu  tugunchadan  tashkil  topadigan  qo`l  ishi  (qo`lda 
to`qish), chevarlikning bir turi hisoblanadi. Makrame dastlab ikki ipni 
o`zaro  birlashtirish,  ulash  oddiy  funksional  zaruriyatdan  kelib 
chiqqan, lekin u asta-sekin bezak ahamiyatiga ega bo`lgan san‘at turi 
hamdir. 
«Makrame» so`zi turlicha talqin qilingan. Yevropada birinchi bor 
bu  so`zni  XIX  asrda  «tugunchali  to`qish»  mazmunida  ishlata 
boshlaganlar.  Arabcha  «migramax»  sozi  ancha  avval  paydo  bo‘lgan 
bo`lib,  bu  so`z  «ro`mol»,  turkchada  esa  «makrame»  so`zi  «chiroyli 
ro`mol», «duxoba ro`mol» ma‘nosini anglatgan. 
Tugunchali  to`qish  tarixi  insoniyat  tarixi  bilan  tengdoshdir.  Bu 
to`qish  san‘ati  ilk  bor  qadimgi  Xitoy  va  Yaponiyada  paydo  bo`lgan, 
degan  fikrlar  mavjud.  Lekin  boshqa  mamlakatlardagi  arxeologik 
topilmalardan  ma‘lum  bo`lishicha,  bu  san‘at  dunyoning  boshqa 
joylarida  ham  tarqalgan.  Masalan,  Misning  qadimgi  qabrlarida 
tugunchali  to`qilgan  buyumlar  namunalari  topilgan  bo`lib,  ularning 
yoshi 4 ming yildan oshganligi aniqlangan. 
Insoniyat tarixida to`qilgan tugunchalarning yana bir muhim o`rni 
bor, ular avloddan-avlodga axborot to`plash va yetkazish usuli bo`lib 
kelgan.  Ilk  qabilalarining  qadimgi  madaniyatida  tugunchali  yozuv 
rivojlangan  tizimi 
mavjud  bo`lgan,  arxeologik  qazilmalarda 
tugunchalardan  iborat  taqinchoqlar  ko`rinishida  tasbehlar  ham 
topilgan. Yozuvlar tizimini tugunchalarning shakli, kattaligi, rangi va 
o`zaro joylashishiga qarab tushunib olish mumkin bo`lgan. Mana shu 
texnikadan  foydalanish  turi  qadimgi  Xitoyda  va  Shimoliy 
Amerikadagi hindular qabilalarida ham topilgan. Shu kungacha esdan 
chiqarib  qo`ymaslik  uchun  tuguncha  bog`lab  qo`yish  odati  saqlanib 
qolgan. 
Qadimda  bo`lgani  kabi  hozirgi  kunda  ham  kiyimlarni  bezash 
uchun  tugunchali  bezakli  to`qishdan  foydalanish  saqlanib  qolingan. 


~ 169 ~ 
 
Makrame  texnikasidan  turli  kiyim  elementlari  yaratilgan:  yengsiz 
ustki kiyimlar, kapyushonlar, bezakli to`rlar, shokila va popuklar. Juda 
nafis  to`rlar  tilla  iplardan  to`qilgan  va  aslzoda  ayollar  kiyimlarini 
bezatish uchun qo‘llanilgan. 
XIII  asrda  tugunchali  to`qish  texnikasi  Sharq  mamlakatlaridan 
Ispaniya  orqali  Yevropaga  kirib 
kelgan.  Ushbu  jarayonga 
dengizchilarning  tuguncha  qilib  bog`lash  bilimlarini  bevosita 
o`zlarining ishlarida emas, balki kundalik foydalanadigan buyumlarini 
yaratishda  ham  qo`llaganliklari  makrameni  turli  mamlakat  bo`ylab 
tarqalishiga yordam bergan. 
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida tuguncha to`qish bezak san‘ati 
sifatida  Italiyada  rivojlana  boshladi,  XVIII  asrda  esa  G`arbiy 
Yevropada  juda  keng  tarqaldi.  Angliyadagi  viktorian  davri 
makramening  «oltin  asri»  hisoblanadi.  Bu  davrda  uy-ro`zg`or 
buyumlari  -  dasturxonlar,  pardalar,  choyshablar,  lampa  qalpog`ining 
qismlarini  yaratish  uchun  ushbu  texnikadan,  ayniqsa,  keng 
foydalanildi. 
Bugungi  kunda  tugunchali  to`qish  texnikasi  qo`l  ishi  hisoblanib, 
chevarlikning  boshqa  turlari  orasida  mustahkam  o`rin  oldi.  Makrame 
qo`llanilgan buyumlar ilgarigi ko`rinishlarini saqlab qolib, endi ularga 
yangi  predmetlar  ham  qo`shilmoqda.  Zamonaviy  turmushimizga 
kamarlar,  sumkalar,  hamyonlar,  soat  uchun  tasma,  ko`zoynak 
g`iloflari,  ro`molchalar,  galstuklar,  bezatish  buyumlari  -  yoqalar, 
manjet,  kulonlar  hamda  idishlar  ustiga  to`qish  mustahkam  kirib 
kelgan.  Hozirgi  zamonda  ayollar  kiyimlarini  turli-tuman  to`qilgan 
detallar  bilan  ko`rkamlashtirilib,  kiyimlarga  rang-barang  chiroy 
berilmoqda.  Shuningdek,  turmushimizni  to`qilgan  gilamchalar, 
devorlar va derazalar uchun osma bezaklar va boshqalar bezab turibdi. 
Tugunchali  to`qishda  chevarlikning  boshqa  turlarida  bo`lgani 
kabi,  o`zining  ijodiy  qobiliyatlarini  namoyon  etish  uchun  keng 
imkoniyatlar  mavjud.  Asosiy  tushunchalar  yordamida  yangi 
kompozitsiyalar  yaratish  va  yangi  predmetlarda  ularni  qo`llash 
mumkin. To`qish - bu yoqimli dam olish va foydali mashg`ulotdir. 
Ushbu  bo`limda  to`qish  texnikasi  (makrame)ning  asosiy 
ko`rinishlari  berilgan  bo`lib,  makramedan  foydalanishning  ba‘zi  bir 
imkoniyatlari ko`rsatilgan.

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish