Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati 
Yoshlarga  gazlama  qoldiqlaridan  tayyorlanadigan  buyumlarni 
o`rgatish orqali ularga nafaqat bilim, balki iqtisodiy tarbiya ham berib 
boriladi. 
Gazlama 
qoldiqlari 
bilan 
ishlash, 
bir 
tomondan, 
isrofgarchilikning  oldini  olsa,  ikkinchi  tomondan,  yoshlarni  sabr-
toqatga,  nazokatga,  bo`sh  vaqtdan  unumli  foydalanishga  undaydi. 
Tayyorlanayotgan  buyumning  badiiy  yechimini  hal  qilish  orqali  esa 
ularda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi. 
Faqatgina  gazlama  qoldiqlaridan  emas,  balki  eski  kiyilmaydigan 
kiyimlardan  ham  uy-ro`zg`or  uchun  ko`plab  foydali  buyumlar 
tayyorlanadi.  Bunday  buyumlarni  bezashda  palto,  jaket,  ko`ylak, 
mexli  kiyimlar  bichiqlaridan  qolgan  gazlama,  charm  va  zamsh 
bo`laklaridan  foydalanish  mumkin.  Boy  fantaziya  va  ijodiy 
yondoshish orqali bunday ishda hamma material qoldiqlari o`z o`rnini 
topadi. 


~ 127 ~ 
 
Bizni  o`rab  turadigan  muhit  qulay  hamda  go`zal  bo`lishi  kerak. 
Shuning  uchun  nafaqat  xona  anjomlarini,  balki  oshxona  anjomlarini 
ham  badiiy  did  bilan  tayyorlash  zarur.  Oshxona  shinam  va  ozoda 
bo`lsa,  undagi  predmetlarning  barchasini  zamonaviy  uslubda 
joylashtirish  maqsadga  muvofiq  bo`ladi.  Shuningdek,  oshxonada 
bemalol  ishlashimiz  uchun  esa  bizga  yordamchi  ish  qurollar  kerak 
bo`ladi. Masalan, qozon, choynak ushlagich, fartuk va hokazo. 
Oshxona  uchun  komplekt  anjomlarga:  parda,  dasturxon  va 
salfetkalar,  sochiq,  choynak  uchun  isitgich,  choynak  ushlagich, 
fartuklar  kiradi.  Bularni  tayyorlash  uchun  och  rangdagi  zig`ir,  paxta 
tolali  matolardan  foydalansa  bo`ladi.  Ularning  kompozitsion 
yechimini  hosil  qilish  uchun  sanab  o`tilgan  buyumlarning  bir  xilda 
bajarilishiga ahamiyat berish kerak (2.10- chizma, a, b). 
 
 
2.10-chizma. A-Oshxona uchun komplekt anjomlar 
 
Parda  -  ikkita  asimmetrik  detaldan  bichiladi.  Undagi  kashtaning 
yechimi  ham  asimmetrik  bajariladi.  Pardaning  chap  bo`lagining 
yuqori qismi o`rtasida joylashgan, asosiy gazlamaga applikatsiya qilib 
tikilgan  fantaziyali  gul  kompozitsion  markaz  bo`ladi.  Guldan  tepa  va 
past  tomonga  chetki  qirqimlar  bo`ylab  barglar  tarqatilgan.  Pardaning 
ichki  qirqimlari  tishsimon  shaklda  petlya  chokda  kashta  bilan  ishlov 
berilgan. 


~ 128 ~ 
 
                 
 
 
 
                     
 
 
2.10-chizma. B-oshxona uchun komplekt anjomlar tayyorlash 
 
Dasturxon  to`g`ri  to`rtburchak  bo`lib,  stol  o`lchamlariga  mos 
bo`ladi.  Uning  chetki  qirqimlari  tishsimon  shaklda  petlya  chok  bilan 
tikiladi.  Dasturxondagi  kashta  asimmetrik  bo`lib,  pardadagi  tikish 
texnikasi va rasm elementlari takrorlanadi. 
Salfetkalar  35x35  sm  bo`lib,  to`rtburchak  shaklida  ozgina  gul 
barglari bilan bezatilgan (2.11-chizma). 
 
 
2.11-chizma 


~ 129 ~ 
 
Choynak  isitgich  2  detaldan  -  choynak  g`ilofi  va  choynak 
tagligidan  iborat.  Choynak  g`ilofi  issiq  astar  -  ostki  qismi  va  ustki 
qismi  bezatilgan  avradan  iborat.  Bunda  oval  shaklidagi  g`ilof 
ko`rsatilgan. 
Katta bo`lak g`ilofning ostki qismiga teng bo`ladi. Ostki qismi 2 
qavat  astardan  iborat  bo`lib,  uning  orasiga  vatin  yoki  porolon  qo`yib 
qo`lda  yoki  mashinada  qaviladi.  Ustki  qismiga  kashta  alohida  tikib 
olinadi  va  yon  tomonlari  alohida  petlya  chokda  tikiladi.  So`ngra 
kashta  tikilgan  avrani  ostki  qismiga  bostirib  tikiladi.  Ostki  qismidagi 
issiq vatin yoki porolondan 1 sm kesib tashlanadi, shunda biriktirilgan 
chok  qalin  bo`lmaydi.  G`ilofning  pastki  qismiga  mag`iz  bilan  ishlov 
beriladi. 
Choynak  tagligi  3  qavat  asosiy  gazlamadan  turli  shaklda 
bichiladi,  qo`lda  yoki  mashinada  qaviladi  va  atrofi  choynak  g`ilofi 
bilan bir xilda mag`iz bilan ishlov beriladi. 
Choynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi. 
Fartuklar  fantaziya  uslubiga  moslashtirilgan  asimmetrik  o`timli 
bo`ladi.  Chetki  qirqimlari  kashta  bilan  bezatilgan  bo`lib,  bichish 
vaqtida  gardish  bilan  tikishga  qulay  bo`lishi  uchun  2  sm  ortiq 
qoldiriladi. Cho`ntak pastki qirqimi  va yuqori burchak tomoni kashta 
bilan  tikiladi.  Cho`ntak  chetki  qirqimlari  bukilib  yopishtirib  tikiladi. 
Fartuk taqilmasini petlya va tugmacha bilan ishlov beriladi. 
Komplektga dekorativ sochiqni ham kiritish mumkin. Uning yon 
tomoni zig-zag chokda tikiladi, ikkita uchi esa oshxona anjomlarining 
boshqa komplektlaridek bezatiladi. 
Zig`ir,  paxta,  shoyi  tolali  gazlama  qoldiqlaridan  choynak  uchun 
isitgich tayyorlash mumkin (2.12-chizma). 
 
2.12-chizma 


~ 130 ~ 
 
Choynak uchun isitgich ikki qismdan: aylana shaklidagi choynak 
tagligi  va  qizaloq  choynak  g`ilofidan  iborat.  Choynak  tagligi  aylana 
shaklidagi  ikki  qavat  gazlama  bo`lagi  va  vatindan  tashkil  topgan. 
Bular  hammasi  birgalikda  qo`lda  yoki  mashinada  qavilib,  uning 
atrofini  rangli  mag`iz  bilan  ishlov  beriladi.  Choynak  g`ilofi  to`rt 
bo`lakli  avra-astar  hamda  ular  orasidagi  vatindan  tashkil  topgan. 
Vatinni  ham  xuddi  avra  yoki  astardek  to`rt  bo`lakdan  iborat  qilib 
bichiladi  va  bu  bo`laklar  bir-biri  bilan  qo`lda  uchma-uch  (biriktirma 
chok  bilan  qalin  bo‘lib  ketmasligi  uchun)  qilib  tikiladi.  Choynak 
g`ilofi avrasining bitta bo`lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloqni 
tikiladi. G`ilofning pastki qismi burma bilan bezatiladi. So`ngra g`ilof 
avrasi,  vatini  va  astari  bir-biriga  kiritilib,  pastki  qismi  rangli  mag`iz 
bilan  bezatilib  tikiladi.  G`ilofning  yuqori  qismiga  xuddi  soch 
turmagiga  o`xshab  turuvchi  sharcha-ushlagich  mahkamlanadi.  Bu 
sharchani  aylana  shaklidagi  gazlama  bo`lagiga  paxtani  o`rab  ham 
tayyorlash mumkin. 
 
 
 
 
2.13-chizma 


~ 131 ~ 
 
Rasmda  choynak  g`ilofining  turli  modellari  berilgan.  Bu 
g`iloflarning  tikilish  uslubi  bir  xilda,  faqatgina  ularga  ketadigan 
materiallar  ranglari,  g`ilof  o`lchamlari  va  shakllari  hamda  bezatilishi 
turlicha bo`ladi. 
2.13-chimada zardo`zlik bilan bezatilgan choynak g`ilofiga to`q 
rangdagi  duxoba  yoki  velyur  hamda  astarlik  gazlamalar  kerak 
bo‘ladi.  Choynak  g`ilofining  detallari  andozasini  tayyorlash  2.14-
chizmada  berilgan.  Bichilgan  choynak  g`ilofining  avra  qismiga 
avval zardo`zlik naqshi yoki applikatsiya tikib olinadi. So`ngra avra 
bo‘laklari  teskarisidan  uch  tomonlari  birlashtiriladi  va  o`ngiga 
ag`dariladi.  Astar  bo`laklariga  teskari  tomonidan  vatin  joylashtirilib 
qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi. 
Tayyorlangan  astar  qismi  avraga  kirgizib  olinib,  uning  uch 
tomonlari  avraga  mahkamlanadi.  Bu  vaqtda  choynak  g`ilofining 
uchlariga po`paklari ham ulanadi. 
Ular  rangli  ipak  iplar  yoki  simdan  tayyorlanishi  mumkin. 
G`ilofning etak qismiga zardo`zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab 
mag`iz bilan ishlov berish mumkin. 
 
 
2.14-chizma                                     2.15-chizma 
 
2.15-chizmada  gazlama  qoldiqlaridan  ranglarni  moslashtirishga 
mo`ljallab  tayyorlash  mumkin  bo`lgan  choynak  g`ilofining  andozasi 
berilgan. Bu choynak g`ilofining ko`rinishi 2.13- chizmada keltirilgan. 


~ 132 ~ 
 
Istalgan  gazlama  qoldiqlaridan  turli  shakldagi  qozon  yoki  choynak 
ushlagich tayyorlash mumkin. 
Choynak  ushlagichni  tayyorlash  uchun  avval  uning  chizmasini 
rasmdagidek qirqib olish zarur. Andoza bo`yicha ustki va ostki ikkita 
asosiy detallar bichib olinadi. Ustki qismiga rasmdagidek yoki boshqa 
turdagi  applikatsiya  tikiladi  yoki  yopishtiriladi  (choynak  g`ilofiga 
qaralsin). 
So`ngra ushlagich detallarini o`ngini ustiga qaratib 0,5 sm chokda 
aylantirib tikib chiqiladi. 
Choklar  va  ushlagichning  yuqori  qismi  rangli  tasma  bilan 
mag`izlab  tikib  chiqiladi.  Bunda  tikilayotgan  mag`izdan  halqa  qilib 
ushlagich burchagiga mahkamlab qo`yiladi (2.16-chizma). 
 
 
2.16-chizma 
 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish