Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/184
Sana22.01.2022
Hajmi9,47 Mb.
#399462
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   184
Bog'liq
texnik izhodkorlik va dizajn

2.90-chizma 
 
Popuk  merejka  ko`pincha  salfetkalar  yoki  dasturxonlarning 
chetini  bezashda,  ba‘zan  gazlama  ipidan  popuk  hosil  qilishda 
ishlatiladi. 
Ustuncha  merejka  (2.90-chizma,  b).  Bu  merejkani  tikish  uchun 
gazlamadan  4-5  ta  ip  sug`uriladi.  Bu  iplar  ham  popuk  merejkadek, 
lekin  ikki  tomonidan  boglanadi,  keyin  xuddi  shu  iplar  gazlamaning 
siyraklatilgan ikkinchi tomonidan bog`lanadi. Ipdan ustunchalar hosil 
bo`ladi. 
Ustuncha  merejka  bilan  bluzka,  ko`ylak  va  boshqa  buyumlarni, 
shuningdek, dasturxon, salfetka, poyandoz chetlarini bezash mumkin. 
Yorma  merejka  (2.90-chizma,  c).  Bu  merejkani  tikish  uchun 
gazlamadan  5-7  ta  ip  sug`uriladi-da,  oldin  popuk  merejka  tikiladi. 
Bunda har qaysi ustunchada juft iplar bo`lishini kuzatib borish kerak. 
Merejkaning  ikkinchi  tomonini  tikayotganda  bitta  ustuncha  ipining 
yarmidan  va  ikkinchi  ustuncha  ipining  ham  yarmidan  tutib,  ular 
ustunchalarni ikkiga yorgandek qilib birga bog`lanadi. 


~ 216 ~ 
 
To`shama  merejka  (2.90-chizma,  a).  Bu  merejkani  tikish  uchun 
gazlamadan  10-12  ta  ip  sug`uriladi.  Vertikal  iplarni  40-50-  raqamli 
ipda  3  tadan  ipli  ustunchalar  hosil  qilib  bog`lanadi.  Keyin  merejka 
ustunchalari  yo`g`onroq,  xurpaygan  ipda,  masalan,  2-4  qavat  mulina 
ipda  to`rlab  chiqiladi:  ip  petlya  qilib  ustunchaga  puxtalanadi,  ignani 
goh ustuncha tagidan, goh ustidan o`tkazib, kashta gulning oxirigacha 
puxtalanadi.  Qaytishda  ip  yopib  turmagan  ustunchalar  ustidan,  ip 
o`tmagan  ustunchalarning  esa  tagidan  o`tkaziladi.  Kashta  gul  taqab 
tushirilgan  qaviqlarni  gorizontal  bo`ylab  joylashtirib,  merejka 
ustunchalari tortilmaydigan qilib tikiladi. 
Merejka,  masalan,  terma  chok  singari  boshqa  chok  turlari  bilan 
birga  qo`shilib  tikishda  juda  mos  tushadi.  Bu  merejkani  oq  va  rangli 
mulina, iris va boshqa ipda tikiladi. 
Chalishma  ustunchali  merejkasi  (2.90-chizma,  b).  Merejka  8-10 
mm kenglikda bo`ladi. Oldin oddiy ipda gazlamaning bo`sh iplari 3-4 
tadan bo`lib olinadi. Keyin merejkaning o`rta chizig`i bo`ylab qalin ip, 
ba‘zan  rangli  ipni  gazlama  chetiga  puxtalab  olib,  har  2  ta  ustuncha 
chalishtiriladi.  Igna  bilan  ikkinchi  ustunchani  ilib,  birinchi  ustuncha 
o`rniga  o`tkaziladi.  Ayni  vaqtda  birinchi  ustuncha  ikkinchi  ustuncha 
o`rniga  o`tadi.  Ipli  igna  o`tkaziladida,  ip  tortiladi,  bunda  ikkinchi 
ustuncha iplari birinchi ustuncha ustiga yotadi. 
Merejkani  to`rtta  ustunchadan  hosil  qilish  ham  mumkin  (2.90-
chizma,  c).  Buning  uchun  merejka  kengligini  12  mm  gacha 
kengaytiriladi.  Ustunchalar  ikki  usulda  chalishtiriladi.  Oldin  uchinchi 
ustuncha  birinchi  ustuncha  bilan  oldingi  merejka  ustunchalaridek 
chalishtiriladi.  Ignani  gazlama  ustiga  chiqarib,  ip  tortiladi.  Keyin 
uchinchi  va  birinchi  ustunchalarni  ipiga  tegib  ketmaydigan  qilib, 
to`rtinchi bilan ikkinchi ustunchalar chalishtiriladi.  Ignani chiqarib ip 
tortiladi. 
O`ram  merejka  (2.91-chizma).  Gazlamadan  iplarni  sug`urib  olib, 
12-15  mm  siyraklantirilgan  yo`l  hosil  qilib,  ustunchalar  tikiladi. 
Ustunchalarga  uchtadan  ortiq  ip  olinmaydi,  chunki  ustunchalarni 
bog‘lamlarga  tortayotganda  merejka  tortilib  qolmasligi  kerak.  Ipni 
merejka  o`rtasidagi  1-nuqtada  puxtalanadi  va  bog`lamga  4  tadan 
ustuncha  bog`lanadi.  Ipni  chapga  tortib,  keyin  o`ngga  tortib 
taranglanadi-da,  ikkinchi  ustuncha  ustida  tugun  bog`lanadi.  Bunday 
tugunchalar 
birinchi 
bog`lamning 
to`rtala 
ustunchasi 
ustida 
bog`lanadi.  Ehtiyotlik  bilan  ikkinchi  bog`lamni  teshib  o`tib,  uchinchi 


~ 217 ~ 
 
bog`lamning ustunchalarida bog`lanadi. To`rtinchi bog`lamni o`tkazib 
yuborib, beshinchida tugunchalar bog`lanadi (2.91-chizma, a). 
Merejka  oxiriga  yetgach,  qo`yib  chiqilgan  o`ram  ustiga  ip  o`rab, 
2-nuqtaga  qaytib  kelinadi.  Keyin  3-nuqtaga  o`tib,  qarama-qarshi 
tomondagi xuddi shu bog`lamlar tugun qilib bog`lanadi. 1 - nuqtadan 
mulina  ip  (2  qavat)  puxtalanadi,  ikkinchi  bog‘lam  o`rtasigacha 
birinchi o`ram ip bilan o`rab chiqiladi. Ignani bog`lam tugunchasidan 
o`tkazib,  o`rgimchak  qilib  tikiladi.  Buning  uchun  merejkaning 
ustunchalari  bilan  bog`lamlari  terib  olinadi  (to`rlanadi),  ipli  igna  bir 
ustunchaning  ustidan,  keyingi  ustunchaning  esa  tagidan,  oldin  bir 
tomonga,  keyin  teskari  tomonga  o`tkaziladi.  Yana  to`rtinchi  bog`lam 
o`rtasigacha  birinchi  ustunchaga  ip  o`raladi-da,  ikkinchi  o`rgimchak 
tikiladi (2.91-chizma, b). 
O`ram  merejkalar  kengroq  bo`lib,  ularning  kengligi  4-5  sm  ga 
yetadi.  O`ramlari  5-7  va  undan  ortiq  bo`lishi  mumkin.  O`ramlar 
kesishadigan  joydagi 
ustunchalarga 
ko`pincha  o`ramli  katta 
o`rgimchak yoki beshta, oltita gulbargli gul tikiladi. 
 
 
2.91-chizma 
 
Qo`ng`izcha  merejka  (2.91-chizma,  b).  Bu  merejkaning  kengligi 
xuddi  o`ram  merejkadek  bo`ladi.  Qo`ng`izcha  merejkada  3  tadan 
ustuncha 
bog`lanadi, 
bunda 
bog`lamdan 
bog`lamgacha 
ip 
o`tkazilmaydi.  Ignadagi  ipni  birinchi  ustuncha  chetida  puxtalanadi, 
merejka  enining  yarmigacha  2  martadan  o`raladi.  Ustunchalarni  ip 
o`rtasidagi  ustuncha  ustidan  va  birinchi  bilan  uchinchi  ustuncha 
tagidan o`tadigan qilib to`rlanadi. 
Shu  ipdan  uchinchi  ustuncha  ustida  halqa  hosil  qilib,  ignani 
ustunchalar tagidan o`tkazib, halqa ichidan chiqariladi. Ipni taranglab 
ignani  ustuncha  tagiga  kiritib,  ipdan  hosil  qilingan  halqa  ichidan 
chiqarib,  ikkinchi  tuguncha  tikiladi.  Keyin  bog`lamning  uchinchi 


~ 218 ~ 
 
ustunchasi  o`rab  chiqiladi,  gazlamaga  bitta  qaviq  tushirib  (chetidan) 
merejkaning  o`rtasigacha  ikkinchi  bog`lamning  birinchi  ustunchasi 
o`raladi. 
Bo`g`ma  merejka  (2.92-chizma).  Bu  merejka  uchun  gazlamada 
ikkita  yo`l  sug`uriladi,  ularning  orasida  sug`urilmagan  ip  qoldiriladi: 
oldin  4  ta  ip  sug`urilib,  3-4  ta  ip  qoldiriladi,  keyin  yana  4  ta  ip 
sug`uriladi.  Gazlamada  qolgan  yo`lning  ikki  tomoni  baravar  popuk 
qilib  tikiladi.  Gazlamaning  o`rta  yo`lida  ipni  puxtalab,  pastdan 
yuqoriga  qaratib  (yo`lga  ko`ndalang)  qaviq  tushiriladi.  Teskari 
tomonda  ipni  yuqoridagi  chap  tomondan  pastdagi  o`ng  tomonga 
diagonal  bo`ylab  o`tkaziladi,  gazlama  yo`lidan  pastroqqa  birinchi  - 
vertikal  qaviqdan  to`rtta  ip  naridan  chiqariladi.  O`ng  tomonida  ipni 
o`ngdan  chapga  yo`naltirib  gorizontal  bo`ylab,  teskari  tomonda  esa 
ikkinchi  diagonal  bo`ylab:  pastning  chap  tomonidan  yuqoridagi  o`ng 
tomonga  o`tkaziladi.  Ipni  taranglab  merejkaning  o`ng  tomonidan 
o`ngdan  chapga  yo`naltirib,  gorizontal  qaviq  tushiriladi.  Teskari 
tomonda ipni yana birinchi diagonal bo`ylab joylab, gazlama yo`lidan 
pastroqdan birinchi popukning o`ng tomoniga chiqariladi. 
 
 
2.92-chizma 
 
Merejka  yupqa  gazlamaga  oddiy  ipda  (60-70-raqamli)  yoki 
zichroq  to`qilgan,  masalan,  lavsan  aralashgan  zig`ir  tola  polotno 
gazlamalarga  oq  yoki  rangli  mulina  ipda  (4  qavat)  tikiladi.  Jun 
gazlamaga  merejka  jun  ipda  yoki  gazlamadan  sug`urib  olingan  ipda 
tikiladi. 
Bo`g`ma  merejka  ko`pincha  boshqa  murakkabroq  merejkalarda, 
masalan,  о‘ram  merejka,  to`shama  merejka  va  hokazolarda  uchraydi. 
Bu  merejka  enli  merejkaning  ikki  tomondagi  chetiga  yaqin  joyda 
tikiladi.  Bo`g`ma  merejka  kiyim  chetlarini  popukka  o`xshatib 
bezatishda ham ishlatiladi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish